iborat.
Pedagogik texnologiyalarning predmeti - ta‘lim tizimini konseptual asoslariga dalil
keltirishdan, maqsadlarni qo‗yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‗quv materialini tanlash va
strukturalashtirishdan, ta‘lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning
optimallik va samaradorlik darajasini baxolashgacha loyixalashtirishdan tarkib topgan.
Bizning ta‘lim nazariya va amaliyotimizda, o‗quv jarayoniga texnologik xarakterni
kiritish 50 – yillardan boshlangan. Ular, an‘anaviy o‗qitish uchun texnik vositalar majmuasini
yaratishda o‗z ifodasini topgan. Xozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «ûqitishning
texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish soxasidagi tadqiqotlar sifatida
qaralmaydi: bu, o‗qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni taxlil qilish va qo‗llash yo‗li bilan
xamda qo‗llanilayotgan usullarni baxolash vositasida ta‘lim jarayonining tamoyillarini aniqlash
va optimallashtirish usullariniishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir». V. P. Bespalko bo‗yicha,
barcha ta‘lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‗liga o‗tkazish – o‗quv amaliyotni,
pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning xar bir elementini va
bosqichini tartibli asoslashga, ob‘ektiv tashxis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin
ravishda burilishiniifodalaydi.
Ta‘lim berish, xar bir mavzuning mag‗zini talabalar ongiga yetkazish maxorati
o‗qituvchidan ko‗p izlanishni, ko‗p mutolaa qilishni talab qiladi. Bilim ummoniga boy bo‗lgan
ustozgina mavzuni mag‗zini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maqsadiga
qarab, ta‘lim usullarini tanlay biladi.
Ta‘lim usullaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o‗tish, o‗quvchilarni xayotda o‗z
o‗rnini topishga, ongining shakllanishiga katta asos bo‗lib xizmat qiladi. O‗qituvchilarning
ma‘lum fan ilmini o‗quvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o‗quvchilarni bo‗lg‗usi xayot
yo‗llarini tanlashda muxim axamiyatga ega. Oldin bayon qilganimizdek, ta‘limning
moxiyatiinson kamolotini shakllanishiga xizmat qiladi. Ta‘lim usulini tanlash ta‘limning
maqsadi va vazifalariga bog‗liqdir. Usullar o‗quvchilarning yoshiga, ta‘limning mazmuniga va
funksiyasiga qarab tanlanadi. O‗qituvchi o‗zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga
o‗rnak bo‗lishi, ta‘limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad mutanosibligi, fan asoslari va
g‗oyalarni chuqur bilishi bilan talabalarga o‗rnak bo‗lishi talab qilinadi.
Bunday o‗qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilishi kerak ekanliginiidrok
qilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko‗chirilganda, uni aniq xis qilib, tasavvur qilib
o‗zlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar, so‗ngra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar.
Shu mavzu bo‗yicha aniq ko‗nikmaga ega bo‗ladilar. Shu asnoda boshqa fanlardan xam bilim
olish va amaliy mashg‗ulotlar bajarish evaziga ularda ko‗nikmalari boyib boradi.
Talabalar o‗zlashtirib olgan bilimlariniimkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga
qo‗llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‗lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida
o‗qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta‘lim tarbiya jarayoni uzviy
jarayondir. Ta‘lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim.
Suxandonlik, kinoyasiz so‗zlash, o‗qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va
uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari o‗quvchilar uchun amaliy ko‗rgazma ekanligini
unutmaslik kerak. Ta‘lim berishda o‗qitish usullari asosiy o‗rinni egallaydi.
Pedagogik fan va amaliyotda, «Pedagogik texnologiya», «Ta‘lim texnologiyasi»,
«O‗qitish texnologiyasi» kabi atamalar kengg foydalaniladi. Shu bilan birga, ularni tushunish
paytida aloxidaa farqlar mavjud. Avvalambor, «Texnik texnologiya» va «Pedagogik
texnologiya» tushunchalarining nisbatini aniqlaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: