Quldorchilik davriga kelib quldorning bolasiga beriladigan tarbiya bilan qullarning
bolasiga beriladigan tarbiya o‗rtasida tafovut vujudga keldi. Bu davrga kelib ta‘lim-tarbiyaning
kamol topishini belgilaydigan qonun-qoidalar, urf-odatlar tizimi shakllandi va taraqqiy etdi.
O‗qituvchi-tarbiyachi faoliyati bilan shug‗ullanuvchi kasb egalari, maktablar paydo bo‗la
boshladi.
Feodalizm jamiyati davriga kelib ta‘lim-tarbiya mazmuni xayotda aloxida yuqori
darajaga erishdi. Dexqonchilik, chorvachilik, katta-katta yer maydonlarini boshqarish ko‗plab
bilim talab eta boshladi. Ilm-fan, madaniyat, san‘at taraqqiy etdi, vujudga keldi. Ayniqsa islom
dinining kirib kelishi jamiyatning ma‘naviy xayotiga tub o‗zgarish yasadi. Bu orada o‗zbek xalq
pedagogikasi shakllandi va o‗z tarbiyaviy vazifasini o‗tadi. O‗sha davr ta‘lim-tarbiyasi ta‘siri
ostida Markaziy Osiyoda Al-Xorazmiy, Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Buxoriy kabi ko‗plab
allomalar yetishib chiqdilarki, ularni aytib ado qilib bo‗lmaydi.
Xozirgi pedagogika fani jaxon pedagogikasining yetakchi bir qismi xisoblanib,
pedagogika fani tarixi bilan mustaxkam bog‗likdir. Pedagogika tarixi zsa pedagogika fanining
tarmoqlaridan biridir. Ilmlar tarkibiniishlab chiqish bilan faylasuflardan tashqari xar xil
yunalishdagiilm namoyondalari shug‗ullangan. Shu bilan birga pedagogika fanining
tarkibiniishlab chiqish necha yillardan beri davom etib kelmokda. Ilmlarni turkumlashda boshqa
fanlar bilan birga pedagogika fani xam xisobga olingan. Lekin uni fan sifatida aniqlashda
olimlarning qarashlari bir xil bulmagan.
Pedagogika fanini mustaqil fan sifatida ajratishga xarakat qilganlardan biriFreensns
Bekkon (1561—1626) bo‗lib, u pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismini falsafa fani tarkibiga
kiritgan. Natijada pedagogika faniikkita (falsafa va ta‘lim berish nazariyasi) xar xil sinflar
turkumiga kiritilgan. Shuningdek, Bekkonning fikrlariga Deni Didro (1713—1784) xam
qo‗shilgan. Pedagogikaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga Iogani Fridrix Gerbat (1776—
1841) va Andre Mari Amper (1775—1836) lar xam katta xissa qo‗shganlar.
Gerbat pedagogika fanining chegarasini kengaytirib unga ta‘lim berish va tarbiya
nazariyasidan tashqari ta‘lim-tarbiya jarayonini boqarish nazariyasini xam qo‗shgan. Amper xam
pedagogikani neologik (neologizm - yangi so‗z yokiibora) fanlar (odamning ruxi va ma‘naviy
xayoti to‗g‗risidagi fan) guruxiga qo‗shib, maorif to‗g‗risidagi fan sifatida ta‘riflagan.
Shunday qilib, Gerbat va Amper fanlar tizimida pedagogikaning tutgan o‗rnini va
mavqeini bir xil aniqlashdi. Shundan so‗ng "pedagogika" mustaqil fan sifatida tan olinib, uning
asosiy tavsiflariniishlab chiqish boshlandi. U, asosan jamiyatda shaxsning ma‘naviy xayotini
tashkil etish xakidagi fan sifatida tan olingan. Pedagogikani yagona bir butun fan sifatida tan
olish 200 yilga yakin davom etdi.
XX asrning birinchi choragida N.M. Somov tomonidan yaratilgan tasniflagichda
pedagogika fani kutubxona va ijtimoiy pedagogikaga ajratilib, birinchisi "umumiy fanlar",
ikkinchisi "ijtimoiy fanlar" guruxlariga kiritilgan. Keyinchalik barcha fanlar: tabiiy, ijtimoiy va
texnik guruxlarga bo‗linib: pedagogika ijtimoiy fanlar guruxining psixologiya sinfiga kiritilgan.
Bu yerda shuni ta‘kidlash joizki, pedagogika va psixologiya fanlarining vazifasiikki xil bo‗lib,
ularni biriga o‗qitish maqsadga muvofiq emas. Pedagogikani faqat ijtimoiy fanlar turkumiga
kiritish xam unchalik to‗g‗ri emas, chunki, pedagogika fani kasbiy ta‘lim berishda matematika,
fizika, texnika, o‗qitish metodikasi, ishlab chikarish ta‘limi va boshqa fanlar bilan bog‗langan
xolda o‗tkaziladi.
Yuqoridagilarni taxlili shuni ko‗rsatadiki, fanlarni turkumlash jarayonida pedagogika
fanining o‗rni va moxiyatini belgilashda ma‘lum noaniqliklarga yo‗l qo‗yilgan. Shu paytga qadar
ishlab chiqilgan tasniflagichlarning birontasi o‗quv predmetlarning aniq o‗rnini aniqlashga qodir
emas, ayniqsa u fanlararo bog‗lanishni xisobga olmay tuzilgan bo‗lsa.
Jamiyat xayotini qayta qurish, o‗sib kelaetgan yosh avlodni, shuningdek xamma
mexnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda
pedagogikaning tadqiqot soxalari doirasi kengaya boshladi.
1. Umumiy pedagogika. U tarbiyaning asosiy konuniyatlarini tadqiq qiladi.
2. Yoshlar pedagogikasi. U kishilarni xar xil yosh guruxlarida tarbiyalashning o‗ziga
xos xususiyatlarini o‗rganadi.
3. Maktab pedagogikasi. U ommaviy o‗rta maktabda o‗quvchilarga ta‘lim berish va
tarbiyalashning qonuniyatlarini tadqiq etadigan bo‗lsa, kasbiy ta‘lim pedagogikasi umumiy
maktablarning yuqori sinf o‗quvchi yoshida bo‗lgan bolalar, o‗quv-tarbiyaviy jarayonining
o‗ziga xosligini tadqiq etadi.
4. Maxsus pedagogika - u o‗z navbatida qator soxalarga bo‗linib ketadi: kar, soqov
bollarni tarbiyalash va o‗qitish masalalari bilan surdopedagogika; ko‗r va ko‗zi ojizlar bilan
tiflopedagogika; aqli zaif, aqliy jixatdan qoloqlar bilan oligofrendo pedagogikasi; nutqi yaxshi
rivojlanmagan bolalarni tarbiyalash va o‗qitish masalalari bilan logopediya shug‗ullanadi.
5. Metodika. Muayyan o‗quv predmetining (til, matematika va x. k) larni o‗qitishda
ta‘lim berishning umumiy qonuniyatlarini qo‗llash xususiyatlarini tadqiq qiladi.
6. Pedagogika tarixi. Turli tarixiy davrlarda pedagogik g‗oyalarni va tarbiyalashning
taraqqiyotini o‗rganadi.
7. Bundan tashqari pedagogikaning milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan
xarbiy o‗quv yurtlari yoshlariga ta‘lim-tarbiya berish muammolari bilan shug‗ullanadigan xarbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |