166
guruhning funksional tuzilishi ham tashkil topadi. Har
bir yangi jinoyat
guruh ishtirokchilarining vazifalarini yanada aniqroq belgilab beradi:
ayrimlar qilmishni bevosita bajaradi, boshqalar jinoyat obyektini qidirib
topadi, yana boshqalari o‘g‘irlangan narsalarning o‘tkazilishini ta’min-
laydilar va hokazo. Funksional tuzilish jinoiy guruhning shaxsiy tarkibi,
sodir etilayotgan jinoyatning turi, tajovuz obyekti va boshqa omillar
bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Yetakchilik qobiliyati va atrofdagilarni boshqarish mahorati yetak-
chining qayg‘udosh bo‘lish subyektiv imkoniyatlarini jiddiy ravishda
cheklovchi yoki bunga to‘sqinlik qiluvchi hissiy sovuqqonlik bilan
ta’minlanadi. Ayni vaqtda bu jihat atrofdagilar bilan zarur
ijtimoiy-
psixologik masofani saqlab turish, yuzaga kelayotgan vaziyatning barcha
muhim jihatlarini inobatga olgan holda tahlil qilish hamda shu asosda
oqilona qaror qabul qilishga imkon beradi. Yetakchilarning ushbu
guruhlari o‘rtasida raqobat, yashirin dushmanlik mavjud,
ammo maqsad-
lar va unga erishish yo‘llari umumiyligi sababli ular hamkorlik qiladilar.
«Yetakchi» ko‘pincha sudlanmagan, juda aqlli, ma’lumotli, tashkilot-
chilik qobiliyatiga, maslahatchilar sifatida esa «obro‘mandlar» va hatto
«qonundagi o‘g‘rilar»dan iborat tajribali professional jinoyatchilarga ega
bo‘ladi
1
.
Jinoiy guruhlar Yetakchilari qo‘l ostidagilar ustidan ruhiy hoki-
miyatga egadirlar. Uyushgan jinoiy guruhlar yuzaga kelishi va mavjudli-
gining o‘zi ana shu hodisaga asoslanadi. Psixologiyada «hokimiyat»
tushunchasining shunday ta’rifi mavjud: individ o‘zini o‘rab turgan
dunyoga ta’sir ko‘rsatib hosil qiladigan har bir samara (effekt) uning
qobiliyat, kuch, bilimdonlik sifatida tushuniladigan hokimiyati bilan
bog‘liqdir. Hokimiyatning manbalari – hokimiyatni qo‘llayotgan
subyekt
boshqa birovning tegishli motivlari qondirilishini ta’minlashiga, ushbu
qondirilishning ushlab turilishi yoki oldi olinishiga yordam beradigan
vositalardir. Mavjud tasniflardan biriga ko‘ra hokimiyatning oltita
imkoniyatdagi manbai ajratiladi
2
.
Jinoiy guruh tashkilotchilari uning a’zolari o‘rtasida yetakchiligini
saqlab qolish uchun foydalaniladigan hokimiyat manbalarini ko‘rib
chiqamiz.
1
Qarang:
Гуров А. Организованная преступность: не миф, а реальность.
– М., 1992. – С. 23.
2
Qarang:
Хекхаузен Х. Мотивация и деятельность. – М., 1986. – С. 354–
362; Политическая психология. – СПб., 1992. – С. 7.
167
Mukofotlash hokimiyati. Uning kuchi
guruh talablari hokimiyat
obyektlari (jinoiy guruh a’zolari)ning umidlarini qanchalik qondirishiga,
shuningdek yetakchi bunday qondirishni guruh a’zosining o‘zi uchun
istalgan xatti-harakatiga bog‘lab qo‘yishiga bog‘liq. Aslida jinoiy guruh
a’zosining g‘arazli motivlari faqat yetakchi qo‘ygan vazifalar benuqson
bajarilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Ushbu hokimiyat
kutiladigan mukofot miqdori bilan birga oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: