Statik aniqmas sistemalarni xisoblash metodlari:
1. Kuchlar metodi. Bu metodda sistemaning ortiqcha bog’lovchilarida xosil
bo’ladigan zo’riqish nomalum zo’riqishlar deb qabul qilinadi.
2. Ko’chishlar metodi. Bu metodda statik aniqmas sistema tugunlarining chiziqli va
burchakli ko’chishlari nomalum deb qabul qilinadi.
3. Aralash metod. Aralash metodda sistemaning bir qismida ortiqcha
bog’lovchilarning zo’riqish kuchlari, qolgan qismida èsa sistema turlarining
ko’chishlari nomalum deb qabul qilinadi. Demak, ramaning bir qismi uchun
kuchlar metodi , ikkinchi qismi uchun èsa ko’chishlar metodi tatbiq qilinadi.
4. Ketma ket muvozanatlash usuli. Bu usul ko’chishlar metodining
takomillashtirilgan ko’rinishidir . Statik aniqmas sistemalarni xisoblashda
èlektron xisoblash mashinalarida foydalanish uchun yo’qoridagi metodlarni
matritsa formasida ifodalash kerak.
STATIK ANIQMAS SISTEMALARNING XUSUSIYATLARI .
Statik aniqmas sistemalar quyidagi xususiyatlarga èga:
1.Statik aniqmas sistema èlementlaridagi zo’riqish kuchlarining miqdori, ularning ortiqcha
bog’lovchilari soniga va èlementlarning kundalang kesim o’lchamlariga, shakliga xamda
materialiga bog’lik. Xar bir ortiqcha bog’lovchi sistemaning bikrligini oshiradi.
2.Tashqi temperaturaning o’zgarishi natijasida statik aniqmas sistema èlementlarida
qo’shimcha zo’riqish kuchlari xosil bo’ladi.
3.Statik aniqmas sistemaning biror tayanch cho’kishidan uning èlementlarida qo’shimcha
zo’riqish kuchlari xosil bo’ladi. Statik aniq sistema èlementlari èsa temperatura o’zgarishi natijasida
va tayanchlarning cho’kishidan zo’riqish kuchlari xosil bo’lmaydi.
4.Statik aniqmas sistema èlementlarida boshlang’ich zo’riqish kuchlari bo’lishi mumkun.
Statik aniq sistemalarda èsa bu zo’riqishlar nolga teng bo’ladi.
5.Statik aniqmas sistemalarni xisoblashdan oldin , ularning èlementlarining uzunliklari va
kundalang kesmining shakli belgilangan bo’lishi kerak. Agar bu o’lchamlar èlementning
mustaxkamlik shartlarini qanoatlantirmasa, u xolda èlementlar kundalang kesimning yangi
o’lchamlarini belgilab,konsturktsyani qaytadan xisoblashga to’g’ri keladi.
TEKIS RAMALARNI KUCHLAR METODI BILAN XISOBLASH.
Statik aniqmaslik darajasi.
Qurilish praktikasida asosan fazoviy ramalar uchraydi , lekin bu ramalarni xisoblashni
osonlashtirish uchun ularni tekis ramalarga ajiratib aloxida tekshirish tavsiya qilinadi.
Agar tashqi kuchlar va rama èlementlarning o’qi bir tekislikda etsa ,bunday ramalar tekis
ramalar deyiladi .
Sanoat va grajdan qurilishlarida bir kavatli va ko’p kavatli
5
ramalar ishlatiladi . Ko’p bir kavatli ramalar èsa ko’pincha ko’pirik qurilishida qo’llaniladi
(6.5 rasm). Rama usullarining asos kesimlari fundamentga absalyut bikir eki sharnir vositasida
maxkamlangan bo’lishi mumkin 6.5 rasm ).
Bu bayon etilgan ramalarni kuchlar metodi bilan xisoblashning asosiy maqsadi, ularning
èlementlari uchun eguvchi mament M, kundalang kuch Q va bo’ylama kuch N èpyuralarini
ko’rishdur.
Kuchlar metodining xarakaterli xossalaridan biri ramaning statik aniqmaslik darajasidur
ramaning statik aniqmaslik darajasi qancha bo’lsa, uni xisoblash shuncha osonlashadi . Kuchlar
metodi nazariyasi statik aniq sistemalarning ko’chishlarini aniqlashga asoslangan .
Statik aniqmas sistemalarning ortiqcha bog’lovchilarning soni n quyidagi formulaga
asosan aniqlanadi .
n=St+2SH-3D,
bunda St –tayanch bog’lovchilarning soni SH –odiy sharnirlar soni , D – statik disklar
soni .
Ramalarning statik aniqmaslik darajasini belgilash uchun quyidagi muloxazalarga
asoslanib uning yangi ifodasini olamiz . Masalan 6.6-rasm a da ko’rsatilgan to’g’ri turt burchakli
èpik konturli rama uch marta statik aniqmasdir, uni sitatik aniq sistemaga aylantirish uchun
èlementlardan birini kesish kerak (6.6- rasm b) u xolda bu kesilgan kesimda ortiqcha uchta
bog’lovchi yo’qotilgan bo’ladi . Demak, xar qanday epik konturli rama uch marta statik aniqmas
bo’ladi . Sharnirsiz rama
( 6.7-rasm ,a) xam epik kontur xisoblanadi ,chunki uning ustunlarining asos kesimlari absalyut bikr
bo’lgan fundamentga maxkamlangan
6
Agar epik konturning elementlaridan biriga sharnir kiritilgan bo’lsa, u xolda ramaning statik
aniqmaslik darajasi bittaga kamaytirilgan bo’ladi ( 6.7-rasm ,b). Demak, konturli ramalarning statik
aniqmaslik darajasi n ni quyidagi formula orqali aniqlash mumkun
n =3K –SH
(1/2)
Bunda K –epik konturlar soni SH-odiy sharnirlar soni
7
Masalan, 6.8-rasimdagi ramaning statik aniqmas darajasini (1.1) va (1.2) formulaga asosan
aniqlasak (1.1) formuladagi oddiy sharnirlarni soni SH=8 rasmdagi ramaning statik aniqmaslik
darajasini (1.1) va (1.2) formulalarga asosan aniqlasak (1.1) formuladagi sharnirlarni soni SH=8,
St=7, disklar soni D=5. u xolda n=7+2*8-3*5=8 bo’ladi
(1.2) formulaga asosan, berilgan ramaning statik aniqmaslik darajasini belgilaymiz. Ramada
epik konturlar soni K=6, oddiy sharnirlar soni SH=10=8.
Demak ,berilgan rama sakkiz marta statik aniqmasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |