58-mashq.
O‘zlik olmoshini qatnashtirib gaplar tuzing. Tuzgan
gaplaringizdagi o‘zlik olmoshlari o‘rniga kishilik olmoshlarini qo‘yib
ko‘ring.
59-mashq.
Tarkibida o‘zlik olmoshi qo‘llangan topishmoqlarga misol-
lar ayting.
N a m u n a: O‘zi pishiq,
Burni qiyshiq (no‘xat).
Savol va topshiriqlar
1. O‘zlik olmoshi deb nimaga aytiladi?
2. O‘zlik olmoshi ishtirokida gaplar tuzing.
3. O‘zlik olmoshini qaysi olmoshlar o‘rnida ishlatish mumkin?
60-mashq.
Uyga vazifa. O‘qing. Gaplarda qo‘llangan o‘zlik olmoshining
ma’nolarini izohlab bering.
1. O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi.
(Abdulla Qahhor) 2. O‘zim ham hayronman. (Cho‘lpon)
3. Qimirlamang, biroz o‘zingizga keling, – dedi yigit mehri-
bonlik bilan, – uyingizga o‘zim kuzatib qo‘yaman. (S. Zun-
nunova) 4. Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan
edi. 5. Bu ishlarni qilgan o‘zi. (Cho‘lpon)
?
28
Do'stlaringiz bilan baham: |