TAQLID SO‘ZLAR
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi taqlid so‘zlarni aniqlang.
1) Dupur-dupur ot keldi, Ko‘chaga qarang, kim keldi? (Qo‘shiq)
2) Tashqaridan gurs-gurs qadam tovushi eshitildi.
2-topshiriq. Aniqlangan so‘zlarning nimaga taqlidni ifodalashini
ayting.
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan
so‘zlar taqlid so‘zlar hisoblanadi.
Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki
xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘z-
lar.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar to-
vushga taqlid so‘zlar sanaladi. Masalan, g‘a-g‘a (o‘rdak
ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid).
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar
holatga taqlid so‘zlar hisoblanadi. Masalan, lip-lip
Do'stlaringiz bilan baham: |