254-mashq.
Chu, o‘h-ho‘, labbay, ey undovlarini qatnashtirib, gaplar
yozing. Undov so‘zlarning turini ayting.
255-mashq.
Gaplarni o‘qing. Undov so‘zlarni ajratib, ma’nosini
tushuntiring. Ulardan nutqingizda foydalanib ko‘ring.
1. – Hay, shoshma, – dedi Zebi. (Cho‘lpon) 2. Hoy, nima
balo bo‘ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad)
3. Voy, nimalarni o‘ylayapman men? (Asqad Muxtor) 4. Oho,
jiyaningiz vazir bo‘pti-ya! – deya xursandchiligimni izhor
qildim. (Sh. Bo‘tayev) 5. O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomon-
dan teshilgan. (Abdulla Qahhor) 6. O‘h! – deb yubordi bir
yigitcha. (Said Ahmad)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlar undov so‘zlar deyiladi?
2. Undovlar ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Misollar
bilan tushuntiring.
256-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |