Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar, -ku, -u
(-yu), -da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid
yuklamalaridir.
Yozuvda -ku, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha
bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi.
241-mashq.
Yuklamalarni turlarga ajratib, gaplarni ko‘chiring. Nut-
qingizda qaysi yuklamalarni ko‘proq ishlatasiz?
1. Mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!
(Sh. Xolmirzayev) 2. Shundoq deydi-yu, egasi ming poylasin,
o‘g‘ri – bir. (O‘. Hoshimov) 3. – Bu nima gap, taqsir, – deb
so‘rashibdi, – mehmonga izzat-hurmat shumi? (N. Aminov)
4. – Ikkinchiga o‘t, hisobni bilmaysan. – U pakana kishiga
qaradi: Shunday qilsin-a? (O‘. Hoshimov) 5. Nahot, axir,
so‘nggi dam ham Farzandingni o‘ylasang. (A. Oripov) 6. Ajra-
lishar, ular, hattoki, Ismlarin so‘rashmaslar ham. (A. Oripov)
Do'stlaringiz bilan baham: |