Savol va topshiriqlar
1. Qanday yuklamalar ayiruv-chegaralov yuklamalari deyiladi?
2. -gina, (-kina, -qina) qo‘shimchasi yana qanday xususiyatga ega?
Misollar bilan tushuntiring.
240-mashq.
Uyga vazifa. -gina yuklamasi va -gina erkalash
qo‘shimchasini bir-biridan farqlovchi so‘zlar qatnashgan gaplar yozib,
ularning farqini tushuntiring.
KUCHAYTIRUV-TA’KID
YUKLAMALARI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi yuklamalarni tushirib qoldiring.
1. O‘shanda dadam ham frontda edilar. (O‘. Umarbekov) 2. Necha
marta uchrashay dedim-ku. (Oybek) 3. Yurtimiz yaqin kunlarda
bundan-da go‘zalroq, bundan-da farovonroq bo‘lishiga ishonaman.
(I. To‘lakov)
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini
kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-
ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |