183-mashq.
Bog‘lovchilarni topib, tagiga chizing, qanday vazifa
bajarayotganini ayting. Pashshaning gapi to‘g‘rimi? Siz qanday munosabat
bildirasiz?
Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan bolarini ko‘rib:
«Oh birodar! Bir boshing uchun buncha harakat qilasan! Sen
ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi, chunki mening
hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q. Insonlar tomonidan
hozirlangan dasturxonlardan har xil taomlarni yeb-ichib, umr
o‘tkazaman. Ba’zi vaqtlarda sen yig‘gan bolingdan ham
to‘ygunimcha yeyman. Yashamoq mana! Umr kechirmoq
uchun olamda bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi? Menda na
bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor», –
dedi. («Gulxan»dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |