BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichida berilgan yordamchi
so‘zlarni qo‘yib, gaplar qatorini hosil qiling.
1. Men Pirimqul Qodirov ... Said Ahmad asarlariga qiziqaman.
2. Saidiy borib qishloqning ruhini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgisi
keldi, ... borishga yuragi betlamas edi. (Abdulla Qahhor) 3. Da-
raxtlarning barglari sarg‘aya boshladi, ... kuz keldi.
(bilan, va, lekin, chunki)
2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘yilgan yordamchi so‘zlarning
vazifasi va gap ma’nosiga qanday ta’sir etayotganini ayting.
86
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki qo‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat
qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Masalan:
va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo, dam... dam,
goh... goh singari.
178-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |