II BOB. TUPROQQA SAYOZ ISHLOV BERADIGAN
MASHINALAR
Plug bilan shudgorlangan
yerlarda yirik kesaklar, g ‘ovaklar
paydo bo‘ladi va dala yuzasi yetarli darajada tekis bo‘lmaydi.
Bunday yerlarga urug‘larni sifatli ekib bo‘lmaydi. Shu sababli
shudgorlangan yerdagi tuproqni ag‘darmasdan qo‘shimcha sayoz
ishlov berib, uni yumshatish, tekislash ham lozim.
Shudgorlangan yerlarda ekish mavsumigacha ayrim begona o ‘t
nihollari paydo bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, ularni yoppasiga yo‘qotish,
ildizlari bilan sug‘urib dala chetiga chiqarib tashlash kerak.
Kuchli
yog‘ingarchilikdan so‘ng havo harorati baland bo‘lib ketsa,
qatqaloq hosil bo‘lishi mumkin, uni buzish talab qilinadi.
Yerdagi namlik bug‘lanib ketishini kamaytirish uchun uning
ustki qismini yumshatish zarur. Sug‘oriladigan yerlardagi dehqon-
chilikda ekin qator oralig‘idagi begona o‘tlarni yo‘qotish, tuproqni
yumshatish kabi ishlar bajariladi. O‘tloq yerlardagi pichanning
rivojlanishini kuchaytirish uchun yer usti sayoz yumshatiladi.
Yuqoridagi
ishlarni bajarishda tishli, rotatsion tishli (sirkon),
disksimon tirmalar va kultivatorlardan foydalaniladi.
1-§. T irm alar
Tirmalar
tishli
(66-rasm) va
disksimon
turlarga bo‘linadi.
Tishli tirmalar
bitta tishga tushadigan og‘irlikka qarab og‘ir
(16-20 N), o ‘rta (12-15 N) va yengil (6-10 N) turlarga bo‘linadi.
Tishli tirma shudgorlanib qo‘yilgan yerdagi
kesaklarni maydalab,
dala yuzasini ekin ekishdan oldin tekislash, qatqaloqni buzish,
sepilgan urug‘ va sochilgan o ‘g‘itni
tuproq bilan aralashtirib
ko‘mish, begona o ‘tlarni yo‘qotish, o‘tloq yerlarni qisman
yumshatish uchun ishlatiladi.
123
Tirma tishi ikki yonli pona kabi ishlaydi,
agregatning harakat
yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilganligiga ko‘ra, tuproqni yon tomon-
ga surishi, qisman zichlashi, tuproqni maydalab yumshatishi, ara-
lashtirishi mumkin. Dala yuzasining mikrorelyefiga moslanib,
yerga bir tekis ta’sir qilishi uchun, tirma qamrov kengligi birmun-
cha ensiz (1,0 m atrofida) yasalib, dala
yuzasining notekisligiga
moslanadigan qilib ular bir-biriga yon tomonlari bilan erkin ulan-
gandan keyin, katta qamrov kengligiga ega bo‘lgan agregat tuziladi.
Tishlar konstruksiyasi bo‘yicha tik, o ‘q yoysimon (D), bukil-
gan prujinasimon (J) kabilarga bo‘linadi. Tishlarining ko‘ndalang
kesimi kvadrat (A),
dumaloq
(Bi),
ovalsimon (B), to‘rtburchak-
simon
(E, J),
uchburchaksimon bo‘lishi mumkin (67- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: