Davlatimiz raxbarining ta’kidlashicha, “….yurtimiz xalqaro axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 2019-yilda 8
pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar,
korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’
va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu
ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois,
raqamli iqtisodiyotga faol o’tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri
bo’ladi.
Raqamli iqtisodiyotning o’sishi uchun mamlakatning barcha imkoniyatlarini
ochib berishga to’sqinlik qilayotgan O’zbekistonning
telekommunikatsiya bozorida
muammolar
mavjud.
Bozorni
cheklovchi
asosiy
omil
investitsiyalarni
kuchaytiradigan va narxlarni ko’taradigan raqobatbardosh raqobatdir. Natijada IP
tranziti narxi dunyodagi eng qimmat bo’lib qolmoqda va aholi jon boshiga nisbatan
mamlakatning o’tkazish qobiliyati juda past. UzTelecom shuningdek, mamlakatda
uzoq masofalarga xizmat ko’rsatuvchi va eng keng tarmoqqa ega. Garchi 2018-yil
iyun holatiga ko’ra mamlakat uchun qaryb 24,500 ta ichki tolali kilometr xizmat
ko’rsatadigan bo’lsa, bu mamlakat uchun bu ko’rsatkich past.
Garchi bozorga
kiradigan boshqa operatorlar, shu jumladan xorijiy kompanyalarga nisbatan xech
qanday qonuniy cheklovlar qo’llanmasa ham, UzTelecom ISP ulanish uchun
imtiyozli foydalanish va narxlarni olishiga oid aniq dalillar mavjud. Uyali aloqa
operatorlari (MNO) uchun
litsenziyalashning murakkab, noan’anaviy jarayonlari
o’tmishda ba’zi xorijiy kompaniyalarni bozorni butunlay tark etishga majbur qildi va
mavjud soliq tuzilmalari xususiy MNO o’sishiga to’sqinlik qilmoqda.
Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu
bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy
noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv
faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni
chuqurroq tushunishga
intilishlari kerak.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qiladigan bo’lsak, har bir mamlakatning o’sishi,
rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har bir sohada yangi-yangi o’zgarishlar, g’oyalar
va vaqti-vaqti bilan o’zgartirilib turadigan yangicha tartiblar bo’lishi lozim. Bugungi
davrda Raqamli iqtisodiyot va uni rivolanishi zamon talablaridan biridir.
Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va
raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi.
Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’
va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli iqtisodiyotni
shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan
"Science and Education" Scientific Journal
January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz
204
boshlashimiz lozim.
Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs
mas’ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy qarashimiz lozim. Prezidentimiz
SH.M.Mirziyoyevning
2020-yil
24-yanvardagi
Oliy
Majlisga
yo’llagan
Murojaatnomasida 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda O’zbekiston hayotida global
taraqqiyotga hamohang ravishda yarixiy burilish davri boshlanganligini tasdiqladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojklantirish to’g’risidagi har bir qonunlar va taklif,
tavsiyalar o’z vaqtida amalga oshirilishi va keng targ’ib qilinishi lozim.
Mamlakatimiz hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim
elementlari allaqachon
muvaffaqiyat
bilan
faoliyat
ko’rsatmoqda.
Jumladan,
hujjatlar
va
kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishini hisobga
olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron
platformalarga o’tkazilmoqda. Albatta bu to’xtab qolmasligi lozim va boshqa
sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o’tish ishlari jadal ravishda amalga oshirilishi
kerak.
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizmni qo’llab-quvvatlash
sohasida raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo’llab-quvvatlashi, innovatsion
xizmatlarni samarali tartibga solish
normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni
o’zlashtirishda ko’maklashishi hamda texnologikk jarayonlarning chuqurlashuvida
yuzaga chiqadigan rikslarni pasaytirish choralarini ko’rishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: