Mineral o‘G‘itlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi 52 5–mavzu: karbamid (mochevina) ishlab chiqarish


 Karbamid ishlab chiqarish usullari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana16.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#557172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МУ ва ТКТ УУМ 6-семестр 2021-52-65

 
3. Karbamid ishlab chiqarish usullari.
 
Karbamid sintezi natijasida suv, karbamid, ammoniy karbamat va ammoniy 
karbonatlari suyuqlanmasi va ortiqcha ammiak hosil bo‘ladi. Ammoniy karbamati va 
karbonatlarini termik parchalash hamda ammiak va karbonat angidridni ajratish uchun 
suyuqlanmani distillyatsiya qilinadi. Olingan karbamidning suvli eritmasi qattiq 
mahsulotga aylantiriladi. 
Ammiak va karbonat angidridning karbamidga o‘tishi muvofiq ravishda 50% 
va 70% dan oshmaydi. Shuning uchun karbamid ishlab chiqarish faqatgina sintez 
sharoitlari (harorat, bosim, NH
3
:CO
2
nisbati) bilangaina farqlanmay, balki 


MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 
58 
suyuqlanma distillyatsiyasi gazlari bo‘lmish ammiak va karbonat angidridni tutib 
qolish va ishlatish usullari bilan ham farqlanadi. 
Yuqori quvvatli ammiakli selitra ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashgan kichik 
karbamid ishlab chiqarish korxonalarida distillyatsiya gazlari karbamid sintezi 
jarayoniga qaytarilmagan holda yopiq (tutashgan) sxemada ishlaydi. Bunday holda 
distillyatsiya jarayoni bir bosqichda o‘tkaziladi va gazlar aralashmasidagi 
ammiakning barcha qismi nitrat kislotasi bilan absorbsiyalanadi. 
Hozirgi zamon yuqori quvvatli takomillashgan karbamid ishlab chiqarish 
korxonalari yopiq (tutashgan) sxemada ishlaydi va bunda barcha distillyatsiya 
mahsulotlari karbamid sinteziga qaytariladi. Bunday sxemalarning takomillash 
agregatlar quvvatini oshirish va jarayon energiyasi zaxirasidan unumli foydalanish 
yo‘lidan bormoqda. 
Distillyatsiya gazlarini resirkulyatsiyasi (siklga qaytarish) turli usullar bilan 
amalga oshiriladi: 1) gaz resikli – distillyatsiya mahsulotlari gaz holida qaytariladi; 2) 
qisman yoki to‘la suyuq holdagi resikl – siklga suyuq ammiak yoki ammoniy 
karbonat tuzlarining eritmalari (suspenziyalari) qaytariladi. 
Ammiak va karbonat angdridni to‘g‘ridan-to‘g‘ri siklga qaytarish ancha 
mushkuldir. Chunki qattiq holatdagi ammoniy karbamat hosil bo‘lishini oldini olish 
maqsadida suyuqlanma yuqori haroratda siqilishi kerak. Buning natijasida 
kompressorlar kuchli korroziyaga uchraydi. Shuning uchun gazlarni selektiv 
absorbentlar bilan ajratib olinadi. Absorberda gazlarni karbamid nitrat eritmasi bilan 
yuvish natijasida ammiakni tutib qolinadi. Gazlar aralashmasi tarkibida qolgan CO
2
siklga qaytariladi. Absorbatni desorberda regeneratsiya qilinganda ammiak ajralib 
chiqadi va siklga qaytariladi. Absorbent sifatida monoetanolamin NH
2
CH
2
CH
2
OH 
ishlatilganda esa, distillyatsiya gazi tarkibidagi CO
2
tutib qolinadi, ammiakni esa 
suyuqlantirilib siklga qaytariladi. Absorberdan chiqayotgan absorbatni qizdirish 
natijasida CO
2
ajratib olinadi va siklga qaytariladi. Regenerat esa yana absorberga 
qaytariladi. 
Suyuqlik resiklli jarayonlar amalda ko‘proq tarqalgandir. Bunda distillyatsiya 
gazlari suvga yuttirilib, hosil bo‘lgan ammoniy karbonat tuzlarining konsentrlangan 
eritmasi karbamid sinteziga qaytariladi. 
Eng takomillashgan usulda suyuqlanma distillyatsiyasi, ya’ni ammoniy 
karbamatning parchalanishi va ammiakni haydash NH
3
va CO
2
muhitidagi sintez 
bosimi ostida amalga oshiriladi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish