9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK
INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
Tayanch atamalar va iboralar
: agrar inqiroz, bug‘doy, yer rentasi,
texnika qoloqligi, ilmiy inqilob, ichki yonish dvigateli, radio, domna pechi,
transport, harbiy texnika, aksioner mulk, kooperativ mulk.
Reja:
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning
ahamiyati.
9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning
ahamiyati.
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapitalistik
inqirozlar ishsizlik, ish haqini pasayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘lov
qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq xo‘jalik sohasida qisman yoki to‘liq
ortiqcha ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi.
Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
agrar inqiroz
deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi
kapitalizm qarama-qarshiliklari
natijasida paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular
asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi.
XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mamlakatlari,
Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo
bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom etdi.
Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l tarmog‘ini
kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va
Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va non kirib kelishi natijasida
yuzaga keldi.
Yangi unumdor yerlarni o‘zlashtirilishi va absolyut renta olinmaydigan
bo‘sh yerlarni mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi.
Rossiya va Hindiston G‘arbiy Yevropaga past narxlarda bug‘doyni eksport
qilishiga asosiy sabab rus va hind dehqonlari katta soliqlar bosimi ostida
ezilib bug‘doyni juda arzon sotishga majbur edilar.
Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi
mavjudligida yuqori renta sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng, aholining to‘lov qobiliyatini keskin
qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar inqirozi yuzaga kelib, u
Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatdi (AQSh, Kanada,
Argentina, Avstraliya).
Qishloq xo‘jaligi agrar inqirozdan o‘ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada,
AQSh, Braziliya va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi.
Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning
asosiy mamlakatlarini qamrab o
ldi. Inqiroz qishloq xo‘jaligining barcha
tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib
ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi.
Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sabablari:
Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar
davrida ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to‘lashga
majburlaydi. Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlarini pasayishi yer rentasi ish
haqini pasayishi, hamda foyda va ba’zan ijarachilarning avanslangan
kapitali hisobiga amalga oshiriladi. Natijada takomillashgan texnika va
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan inqirozdan chiqish
murakkablashadi.
Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo‘jaligi sanoatga nisbatan
qoloq tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchilik, feodal munosabatlar
qoldiqlari, yer egalariga absolyut va differensial rentani to‘lash zarurati –
bularning barchasi qishloq xo‘jaligiga kapitalni erkin oqib kirishiga to‘siq
bo‘ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda
texnika o‘ta qoloq edi. Qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi
sanoatdagidan ko‘ra pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi
hisoblangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida kam
rol o‘ynaydi.
Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
– dehqonlar inqirozlar
davrida juda og‘ir mehnat, kam ovqat iste’mol qilish, yer va uy
hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish evaziga o‘z yerlarida yoki
ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi
hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘p
ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan xarakterining
umumiy asosi bo‘lib yerga xususiy mulk monopoliyasi, u bilan bog‘liq feodal
sarqitlari va kapitalistik mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ta qoloqligi
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |