E nergetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Texnologik va energetik jih o z la m i no iq tisod iy ishlash
rejimlarini aniqlash, bu korxonaning elektr energiya iste’moli va
ishlashini tekshirish asosida va natijalarining tizimli tahlili asosida
amalga oshiriladi;
2. Energiya tashuvchilarning turlari b o ‘yicha korxonalarda
mumkin b o ‘lgan energiya tejash potensialini aniqlash va energiya
tejovchi tadbirlarga investitsiya o ‘lchamini baholash;
3. Korxonalam ingrivojlanish dinamikasi vatuzilm asini o'zgar-
tirishni hisobga olgan holda aniq tadbirlar qoTlashning sam ara
dorligini texnik iqtisodiy asoslashni o ‘z ichiga oladigan energiya
tejamkorlik bo‘yicha majmuaviy dasturlar ishlab chiqish;
4. K orxona energiya x o ‘ja lig i to ‘g ‘risid a b arch a asosiy
m a’lumotlarni aks ettiradigan energetika pasportini tuzish va YOER
dan korxona obyektlari b o ‘yicha foydalanish sam aradorligini
baholash.
149
Energetika auditining maqsadi:
• ishlatilayotgan energiya shaklini aniqlash;
• elektr energiya iste ’m olini o ‘rganish, energiya sarflari
bo‘yicha m a’lumotlar y ig ‘ish;
• energetika b o ‘yicha joriy axborotlarni tekshirish va ishchi
jarayon hamda operatsiyalarni tatbiq etish;
• elektr energiyaga b o ig a n ta’riflar tuzilmasini aniqlash;
• energiya sarflarini yozishni bajarish uslubiyatini ishlab
chiqish va takomillashtirish;
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to ‘g ‘ri keladigan
elektr energiya iste’m olini aniqlash (solishtirm a elektr energiya
iste’moli);
• elektr energiyaning eng k o ‘p y o ‘qotishlari b o ‘lgan ishlab
chiqarish potensial zonalarini aniqlash;
• elektr energiya iste’molini qisqartirish bo‘yicha tadbirlarni
ishlab chiqish.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Yoqilg‘i energetika resurslari
iste’m olining ekspertizasini va energetik tekshirishni o ‘tkazish
qoidalarini tasdiqlash to ‘g ‘risida»gi 2006-yil 7-avgustda qabul
qilingan № 164 sonli qonuniga m uvofiq m ajburiy energetik
tekshiruvdan YOERlaming yillik iste’moli 6 ming.t.sh.yo dan k o ‘p
bo‘lgan korxonalami o ‘tkazish majburiydir.
Energetik tekshiruv natijalari b o ‘yicha korxonalar tomonidan
energetik resurslarni (qattiq yoqilg‘i, neft, gaz, elektr va issiqlik
energiyalari va h.k.) ishlatish sam aradorligini baholash am alga
oshiriladi. YOERlami ishlatishdagi aniqlangan buzilishlar asosida,
energiya resurslarini iqtisod qilish zaxiralarining borligi haqida
takliflar tayyorlanadi hamda energiya tejashning texnik va tashkiliy
tadbirlari taklif qilinadi.
Energetika resurslaridan ratsional foydalanish va energiya tejash
b o ‘yicha berilgan takliflar, texnologik jarayonlar va jihozlarning
ekologik tavsiflarini, ishlayotgan xodimlaming xavfsizligi, mahsulot
sifatining yomonlashuviga olib kelmasligi kerak.
150
Energiya auditini o ‘tkazish, uslubiy jihatdan, obyekt va uning
cicktr energiya iste’moli tizimi va uskunalari bilan tanishishni o ‘z
ichiga oladigan dastlabki bosqich, energiya auditining o ‘zidan iborat
b o ‘lgan asosiy bosqichdan iborat (batafsil audit).
Dastlabki bosqich energiya auditini keng k o ‘lamli dasturini
tuzish uchun xizm at qiladi. D astlabki audit, o ‘rnatilgan vaqt
davrida ishlab chiqarishning m a’lum uchastkasida elektr energiya
iste’molining tahlilini va yozuvini am alga oshirishdan iborat. Bu
bosqichda, obyekt uning tizimi va uskunalarining asosiy energetik
tavsiflari aniqlanadi, energiya iste’mol qilishning eng energiya
sig‘imli tizimi, elektr energiya iste’molining eng iste’molli joylari
ajratiladi. Dastlabki audit uchun mavjud m a’lumotlar yoki eng oddiy
o ic h o v la r natijasida olingan m a’lum otlar to ‘planadi. Dastlabki
auditning asosiy maqsadi bu m a’lumotlarni ishlatish uchun foydali
b o ‘lgan axborotga o ‘zgartirishdan iborat. Bunday o ‘zgartirishlar
jo riy elektr energiya iste’m olini k o ‘z oldiga keltirishni beradi.
Audit uskunalarni, energiya ta’minoti tizimini va yoqilg‘iga bo‘lgan
hisoblarni tez ko‘rikdan o ‘tkazish bilan bajarilishi mumkin. K o‘z
bilan tekshirish energiyani iqtisod qilish imkoniyatlarini aniqlash
maqsadida va batafsil tahlil etish zarurligini o ‘m atish maqsadida
o ‘tkaziladi. Dastlabki bosqichda energiya audit ekspertlari korxona
xodim lari bilan birgalikda bajaradilar. A xborotni maxsus ishlab
chiqilgan jadval shaklida va yozma ravishda keltirish kerak. Dastlabki
audit natijalari bo ‘ у icha korxona rahbariyati bilan kelishilgan batafsil
energetik auditni o ‘tkazish dasturi tuziladi. Dastlabki bosqichning
oxirida energiya auditini o ‘tkazish dasturi tuziladi va u obyekt
m a’muriyati bilan muvofiqlashtirilib, ikki tomonlama imzolanadi.
Korxonaning murakkabligiga qarab auditning bu bosqichiga 1-3 kun
ketadi.
Batafsil audit ishlab chiqarishning har bir uchastkasida har
bir vaqt davri uchun iste’mol etilayotgan energiya to ‘g ‘risida
to ‘liq axborot energetika balanslari va energetik sam aradorligi
151
ko‘rsatkichlari bilan y ig ‘ishdan iborat. Batafsil auditni o ‘tkazish
uchun zaxiraviy ixcham nazorat-o‘lchov asboblaridan foydalaniladi.
Batafsil audit o ‘tkazish davomiyligi haftalar, ba’zida oylami tashkil
etadi.
Energetik tekshiruv davomida ishlab chiqilgan dasturga muvofiq
axborot y ig‘ish am alga oshiriladi. Axborot manbalari quyidagilar
b o iish i mumkin:
• rahbariyat va texnik xodimlami so‘rov qilish va anketalash;
• energiya resurslarini hisobga olish va energiya ta ’minoti
sxemalari;
• energiya resurslari sarfini kommersiyali va texnik hisobga
olish b o ‘yicha hisobot hujjatlari;
• energiya resurslarini yetkazib beruvchilardan hisoblar;
• vaqt b o ‘yicha (soat, kecha-kunduz, oy) elektr energiya
iste’molining yuklama grafigi;
• zarur iqtisodiy m a’lumotlar (narxlar, ta ’riflar, tannarx);
• elektr energiya iste’mol qiluvchi uskunalarga texnik hujjatlar
(pasportlar, formulyarlar, tasniflar, texnologik reglamentlar, rejim
kartalari);
• energiya tejash tadbirlash bo‘yicha hujjatlar;
• kelajakka m o ‘ljallangan dasturlar va korxonaning qayta
tuzilmasi loyihalari yoki uning ayrim ishlab chiqarishini moderni-
zatsiyalash dasturlari.
Yuqorida keltirilgan axborot eng kam ida oxirgi 24 oy uchun
to ‘lanadi va quyidagi b o ‘limlar bo‘yicha guruhlanadi:
• im o ratlar ( to ‘suvchi k o n stru k siy ala rn in g iz o ly atsiy a
sifatini tekshirish, oynavandligini, eshik va romlarning tirqishlari
zichlanganligini, chordoq va podval xonalarini tekshirish);
• bino va sexlaming markaziy isitish tizimi;
• issiq va sovuq suv ta’minoti tizimi;
• korx onanin g suv aylanishi sik llari tizim i (tex nik suv
ta’minoti);
152
• majburiy va tabiiy shamollatish tizimlari;
• obyektlarning gaz ta ’minoti tizimi;
• obyektlarning energiya ta’minoti tizimi;
• energiya tashuvchilarning sarfini texnik va komm ersiyali
hisobga olish tizimlari.
Energiyadan foydalanish samaradorligini baholash uchun zarur,
lekin yo'q boMgan axborotni to ‘ldirish uchun asbobiy tekshirish deb
nomlanadigan tekshirish qo ‘llaniladi. Asbobiy tekshiruv mavjud
axborotning aniqligi shubha tug‘dirgan hollarda ham q o ‘llaniladi.
Batafsil energetik auditni o ‘tkazish uchun oldindan energetik
k o ‘rikni am alga oshirish kerak. D astlabki energetik k o ‘rikda
energiyani y o ‘qotishning eng mumkin b o ‘lgan joylari aniqlanadi,
ya’ni quyidagilar:
• issiqlik y o ‘qotishlar;
• bug‘ning sizib chiqishi;
• issiqlik izolyatsiya qilish kerak b o ‘lgan, yuzalam ing ochiq
issiq uchastkalari;
• rostlanmaydigan yondirgichlar;
• chiqishda gazning yuqori harorati;
• uskunalaming salt ishlashi;
• siqilgan havo va gazning sizib chiqishi;
• mahsulot chiqindilar;
• materiallaming kerak bo‘lmagan uzatilishi;
• ishlab chiqarishning tez-tez to ‘xtatilib turilishi;
• bosimni pasaytirishning kerak bo‘lmagan qurilmalari;
• nosoz nazorat asboblari;
• havo puflagichlaming tiqilib qolgan filtrlari (shu jumladan,
kompressorlarniki);
• ish joyidagi iflosliklar;
• kondensatning sizib chiqishi;
• suvning sizib chiqishi;
• haddan tashqari yoritilganlik;
• keragidan ortiqcha konditsionerlash (havoning qizdirilishi).
153
Tekshirish b o ‘yicha ishlami yengillatish uchun odatda oldindan
barcha energetik k o ‘zdan kechirishda zarur axborot yoritilishi
kerak bo‘lgan shakllar tayyorlab qo‘yiladi. Shundan so‘ng ko‘zdan
kechirishda tayyorlangan shakllarga axborotni yozish am alga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |