1-Ma’ruza
Mavzu: Borland C++ Builder komponentlar palitrasi. Hodisa jarayonlarini yaratish.
Standard komponentlar palitrasi.
Reja:
1.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining interfeysi.
2.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining menyular satri.
3.
Borland C++ Builder dasturlash
muhitining tezkor tugmalari
4.
Borland C++ Builder muhitining Standard komponentlar palitrasi.
Ixtiyoriy dasturlashdan minimal bilimga (dasturlashdan maktab kursidan) ega
foydalanuvchi ham Borland C++ Builder 6 muhitni tezda o’rgana oladi. Bu muhitning soddaligi
professional programmist bo’lishga xalaqit qilmaydi.
Dasturlash muhitlari ichida eng sodda muhitlardan biri hisoblanadi, bir nechta mashqlarni
mustaqil bajargandan keyin, muhitdan kishining ajralgisi kelmaydi.
Umuman har qanday yangi texnologiyani o’zlashtirayotganda bilgan o’rgangan bilimlarni
amalda tez-tez takrorlab turmasa xotirada saqlab qolishning iloji bo’lmaydi. Yangi tushunchani
takrorlab xotiraga joylash va uni tadbiq qilishni bilgandan keyingina xotirada mustahkam
joylashadi. Har bir dasturlash tili, muhiti o’zidan oldingi tillarning mukammal tomonlarini o’zida
mujassamlashtiradi, uncha muvaffaqiyat qozonmagan tomonlarini mukammallashtirish hisobiga
rivojlantiriladi. Shunga ko’ra bitta zamonaviy tilni mukammal bilgan dasturchi ikkinchi tilni
katta kuch va vaqt sarflamasdan o’rgana oladi. Dasturchilar tillarni o’rganayotganda
birini
ikkinchisi bilan solishtirib o’rganishadi. Masalan, Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OYD)
zamonaviy dasturlash tillarining asosini tashkil qiladi. Demak barcha zamonaviy dasturlash
tillari umumiy qoidalarga bo’ysunadi.
OYDda har bir dasturlash elementi obyekt sifatida qaraladi. Bunda obyekt, barcha
hollarda ma’lum umumiy qoidalarga va xususiy qoidalarga ega bo’ladi.
Bu obyektlar oynalar,
tugmalar, konteynerlar va Canvas lar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Bunda har bir ilova kichik qismlarga ajratiladi va yakunida bu qismlar birlashtiriladi.
Borland C++ Builder 6 muhitida Windows osti ilovalar yaratish juda oson.
OYD da qadamba qadam alohida uncha katta bo’lmagan dasturlarni funktsiya metodlari
amalga oshirsa, harakatlanuvchi jarayonlarni qayta ishlash uchun xodisa amalidan, chaqiriluvchi
obyektlarni tugmalar va oynalar bilan ifodalaydi.
1.1-rasm. Borland C++ Builder 6 interfeysi
Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi muhit RAD (Rapid Application
Development) deb atashadi. Bunga sabab bu muhitda dastur, ilova
tuzish va uning dizaynini
qurishda tayyor obyektlar va kutubxonada mavjud metodlardan foydalanish mumkin.
Masalan, kompyuter avtomatik ravishda xodisani qayta ishlovchi funktsiya dasturi
matnini hosil qiladi.
Interfeysning tepasi 1.2-rasmda C++ Builder 6 – Project1 asosiy oynasi
–
joylashgan
1.2-rasm. Interfeysning asosiy oynasi
Ilova bu – tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo’ladigan
barcha fayllar
to’plamidir. Masalan, ilova tarkibiga dastur matni, tovush fayllari, ikonka rasmlari va shu kabi
ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun alohida papka hosil qilish
maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki ilovani boshqa kompyuterga o’tkazmoqchi bo’lsak va
papkada saqlamagan bo’lsak, ularni yig’ishimizga to’g’ri keladi. Bunda interfeysning o’zi
ilovani saqlashni talab qiladi, ammo papka hosil qilishni o’zimiz bilishimiz kerak.
Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi,
ilovani tiklash, berkitish
tugmalari joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu menyu orqali
muhitning barcha funktsiya va komandalarini ishga tushirish mumkin. Asosiy menyuning tagida
tez tugmalar joylashgan. Bu tugmalar ma’nolariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar
orqali tez-tez ishlatiladigan komandalarni ishga tushirishimiz mumkin. Bu tugmalarning o’ng
tomonida vizual komponentalar VCL (Visual Component Library
- vizual komponentlar
kutubxonasi) palitrasi joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday dasturlash
komponentalariki, bular yordamida Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin.
Komponentalar yordamida har xil tugmalar, rasmlar, yozuvlar,
taymerlar, kalendar va
hokazolarni ilovaga kiritishimiz mumkin. Vizual komponentalar palitrasi ma’nosiga va
vazifasiga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
Bu muhitning barcha oynalarini berkitish mumkin faqat asosiy oynani berkitsa ilovadan
chiqib ketiladi, boshqa barcha oynalar o’lchamlarini kattalashtirish
va kichiklashtirish
imkoniyatiga egamiz.