«Biz madaniy inqilobning g„alabasi haqida gapirmoqdamiz. Madaniyat va
san‟at esa hozir og„ir tanglikka duchor bo„lgan. Bu mafkuraviy zulmning
oqibatidir. Partiya shu yillar mobaynida «sotsializmning asoslarini bunyod etish,
371
«keng ko„lamda kommunizm», «rivojlangan sotsializm» qurish bilan mashg„ul
bo„lib ketaverdi. Har xil «izm»lar, orzu-havaslar, maqsadlar haqida gapirar
ekanmiz, nihoyat shuni uqib olishimiz kerakki, bu yorug„ dunyoda insonning
hayotidan ko„ra qadrli boshqa hech narsa yo„q. Uning ahvoli yomon edi, hozir
ham o„zgargan emas».
Prezident o„z fikrini davom ettirib
«Kommunistik partiya
bosib o„tgan yo„lni tahlil etish va unga baho berishdan maqsadimiz shuki, har
bir kishi endi nihoyat ko„zni katta ochib, turmushga razm solsin. Mafkuraviy
aqidalardan voz kechsin, haqiqatga ro„yirost qarasin»
, degan edi.
Shu bois respublikada mafkuraviy aqidalarga va bir qolipdagi safsatabozlikka
bo„ysunadigan, inson, xalq, jamiyat manfaatlariga putur yetkazayotgan siyosiy,
mafkuraviy va davlat tuzilmalaridan dadil voz kechila boshlandi. Ijtimoiy adolatni,
xavfsizlik, ijtimoiy muhofazani, millati, dini va e‟tiqodidan qat‟i nazar, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini, sha‟ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ta‟minlashga
kafolot berish talabi muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Demokratiyaning asosiy
xususiyatiga – adolat va qonunning ustuvorligini ta‟minlashga qaratilgan choralar
ko„rildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo„lida birlashish, kuchlarni uyg„unlashtirish,
barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay aql-idrok bilan foydalanish yo„li tutildi.
Shunday bo„lsa-da joylarda 1991-yil 31-avgustda qo„lga kiritilgan tarixiy voqea –
O„zbekiston mustaqilligining ahamiyati va mohiyatini mafkuraviy vositalar orqali
xalq ongiga yetkazishda, ularni istiqlolni mustahkamlash uchun fidoyilik bilan
mehnat qilishga safarbar qilishda sustkashlik hollari ko„rina boshladi. Ana shunday
sharoitda O„zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va tashkilotchisi Prezident
I.A.Karimov birinchilardan bo„lib jamiyatda ma‟naviy poklanishni amalga oshirish,
eski aqidalardan xoli bo„lish zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini
yaratish lozimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo„ydi. Ochig„ini aytish
kerak, mazkur muhim masalani to Prezidentning o„zi dolzarb vazifa qilib
ko„tarmaguncha hech kim bu haqda jiddiy qayg„urmadi. Bu o„rinda 1992-yil 2-iyulda
bo„lgan O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining O„ninchi sessiyasi hujjatlarini
alohida ta‟kidlash lozim. Unda Prezident respublika hukumati o„tkazayotgan ichki va
tashqi siyosatning asosiy yo„nalishlari, O„zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
haqida axborot berdi. Ma‟ruzada Prezident bozor munosabatlariga o„tishda muqarrar
tarzda hisobga olinadigan ijtimoiy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e‟tibor berdi.
Jumladan, u O„zbekiston Respublikasi o„z taraqqiyotining yangi davriga kirganiga,
kishilarda shubhasiz yangi tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni talab qila
boshlaganiga e‟tiborni qaratdi. O„z fikrini rivojlantirib, Prezident avvalgi
yakkahukmron mafkura mulkka munosabatda egasizlik tushunchalarini kishilar
ongiga singdirib kelganini, u tadbirkorlikka yo„l ochmasligini ta‟kidladi.
Haqiqatan ham sho„rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik,
boshqacha qilib aytganda, boqimandalik tushunchasini, ya‟ni yaxshi ishlasam ham,
yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi.
Bunday yondashish kishilarda tashabbusni bo„g„ib qo„yardi. Chunki kishi o„zining
samarali mehnatidan manfaatdor bo„lmasa unda halol mehnatga intilish, ish natijasi
372
uchun mas‟uliyatni oshirish tuyg„usi yo„qoladi. Shuning uchun ham Oliy Kengash X
sessiyasida chinakam mustaqil O„zbekiston davlatini barpo qilish yo„lida barchaning
birlashishiga erishish kunning dolzarb vazifasi qilib qo„yildi. Bunday vazifani esa
barcha uchun muqaddas hisoblangan milliy istiqlol mafkurasi, mustaqillikni
mustahkamlashga qaratilgan g„oyalar orqali uddalash mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |