Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, O„zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta 
investitsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi. 
Ikkinchidan
, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchilar ta‟biri bilan 
aytganda, doimo o„zaro o„rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish holati mavjud bo„lishi 
lozim edi. Buning ma‟nosi avtomobillar modelini juda to„liqlari bilan almashtirib 
turishni, xaridorlar talab-istaklarini o„z vaqtida qondirishni taqozo etadi. Bunda kuchli 
injener-konstruktorlik ishini qat‟iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-texnologik jarayonni 
doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib borishning zaruriy choralarini ko„rish talab 
qilinardi. 
Uchinchidan
, xomashyo mahsulotlari, ehtiyoj qismlar yetkazib beruvchilarni, 
ya‟ni ta‟minlovchilarning avtomobil biznesiga ta‟siri katta bo„lganligi uchun ular 
ishonchini qozonmoq kerak edi. 
O„zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga qodir 
ekanligini amalda ko„rsatdi va bunga boshqa mamlakatlardagi hamkorlarini ishontira 
oldi. U qiyinchiliklarni oqilona yengib, muammolarni cho„chimay hal qilib, biznes 
bozoriga dadil kirib bordi. 
Hozirgi kunda «O„zDEUavto» korxonasida kuniga 290 ta dunyo andozalariga 
javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi 
NEXIA modeli bo„lib, u AQSH va Yaponiya talablariga to„la javob beradi. Uni 
ma‟lum takomillashtirish hisobiga Yevropa standartiga ham to„la javob beradigan 
darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o„z xaridorlarini 
kutilgandan ham tezroq topmoqda. 
1996-yil noyabr oyigacha 18000 dan ortiq avtomobillar sotilgan bo„lsa, ulardan 15 
ming 700 tasi ichki bozorga va 2300 tasi chet ellarga eksport uchun chiqarildi. 
Shulardan NEXIA va TICO avtomobillariga talab tobora kuchaydi.
Tashqi bozordagi katta ulgurji savdo Rossiya hissasiga to„g„ri kelmoqda. Ayni 
paytda O„zbekistonga avtomobil eksport qiluvchi Rossiya O„zbekiston 
avtomobillariga xaridor bo„lmoqda va undan ko„p miqdorda olishni taklif qilmoqda. 
O„zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirishga respublika rahbariyati, shaxsan 
Prezident I.A.Karimov muntazam e‟tibor berib kelmoqda. Buni Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan birgina 1995-1996-yillarda qabul qilingan qarorlardan ham bilsa bo„ladi. 
Jumladan, O„zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda 
avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 30-mayda «Avtomobillar uchun butlovchi 


358 
buyumlar ishlab chiqaradigan O„zbekiston– Koreya Qo„shma korxonalarini tashkil 
etish to„g„risida» qaror qabul qildi. 
Unda O„zbekiston tomonidan «O„zavtosanoat» uyushmasi va «O„zsanoatqurilish» 
davlat korporatsiyasining «Andijon qurilish zavodi» aksionerlik jamiyati hamda 
Koreya tomonidan «Dongju end Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan lak-bo„yoq 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan Nizom jamg„armasi 4 million AQSH dollari 
miqdorida bo„lgan «O„z-Dongju Ko» Qo„shma korxonasi, O„zbekiston tomondan 
«O„zavtosanoat» va «O„zmashsanoat» uyushmalarining «Andijon zavodi» aksionerlik 
jamiyati hamda Koreya tomonidan «Tong Xong» Elektrik o„rindiqlari ishlab 
chiqaradigan, Nizom jamg„armasi 6,42 million AQSH dollari miqdorida bo„lgan 
«O„z-Tong Xong Ko» Qo„shma korxonasi O„zbekiston tomonidan «O„zavtosanoat» 
uyushmasi va Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirligi SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmasining tajriba-eksperimental zavodi hamda Koreya tomonidan «Kodam 
Plastik Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan bamperlar va pribor panellari ishlab 
chiqaradigan, Nizom jamg„armasi 5 million AQSH dollari miqdorida bo„lgan «O„z-
Kodam Ko» Qo„shma korxonasi tashkil etilishi ma‟qullandi. 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi «O„zDEUavto» qo„shma korxonasi ishlab 
chiqargan avtomobillarni samarali sotish va ularga texnik xizmat ko„rsatishni tashkil 
etish maqsadida 1996-yil 3-sentabrda «O„zDEUavto» Qo„shma korxonasida 
avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat ko„rsatishni yanada 
yaxshilash to„g„risida qaror qabul qildi. 
Ushbu qarorda «Mersedes Bens» va «DEU» kompaniyalarining va boshqa yirik 
avtomobil kompaniyalarining mutaxassislarini jalb etgan holda «O„zDEUavto» 
qo„shma korxonasi avtomobillarini ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida
sotish bo„yicha marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish ko„zda tutildi. Ayni 
chog„da bu markaz «DEU» korporatsiyasi bilan kelishgan holda avtomobil Model-
larini yangilashga doir tadbirlar ishlab chiqishi kerakligi nazarda tutildi. 
Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, «O„zDEUavto» qo„shma korxonasini to„la 
quvvat bilan ishga tushirish, ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun zarur ehtiyot 
qismlar tayyorlash, sotish va sotuvdan keyin servis xizmati ko„rsatish, marketing 
xizmatlarini yo„lga qo„yish choralari ko„rilmoqda. 
Shu kunlarda korxonada 4000 ga yaqin ishchi ishlayotgan bo„lsa, yaqin kelajakda 
taxminan 55–65 ming kishi ishlaydigan yirik avtomobilsozlik markaziga aylanadi. 
1999-yil 16-mart kuni Samarqandda ham qalbimizni g„urur nashidasidan 
entikadigan quvonchli voqea ro„y berdi. Bu yerda O„zbekistonning yana bir 
avtomobil zavodi ish boshladi. Qisqa muddatda qad rostlagan mazkur avtomobil 
zavodi qurilishiga 1995-yili «O„zavtosanoat» uyushmasining Turkiyadagi mashhur 
«Koch xolding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishilgan edi. 
«SamKochavto» qo„shma korxonasi zavodida yiliga minglab turli rusumdagi qulay 
va ixcham avtobuslar, turfa xil yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarish ko„zda 
tutilgan. Xalq xo„jaligining barcha jabhalarida foydalanish mumkin bo„lgan bu 
mashinalarning e‟tiborli jihati shundaki, ular «Iveko» Italiya-Ispaniya firmasining 


359 
ixcham konstruksiyalariga asoslangan hamda «Koch xolding» kompaniyasi a‟zosi– 
«Otoyo„l» zavodida yanada takomillashtirilib, O„zbekiston sharoitiga moslashtirildi. 
Dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 25 foizi o„zimizda ishlab chiqarildi. 
2000-yildan boshlab bu ko„rsatkich 35 foizga yetishtirildi. Ma‟lumki, Asakadagi 
avtomobil zavodida ham dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 15 foizi mahalliy 
korxonalarda tayyorlanar edi. Hozirga kelib bu ko„rsatkich 55 foizdan oshib ketdi. 
Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent traktor 
zavodi kabi yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga, «O„zqishloqxo„jalik» 
mashinasozligi esa «O„zqishloqxo„jalik mashinasozlik xolding» – xolding 
kompaniyasiga aylantirildi. 
Hozirgi paytda faqat dunyoning ikki mamlakatida, aniqrog„i AQSH va 
O„zbekistonda paxtachilik mashinalari va uskunalari to„liq ishlab chiqarilmoqda. 
Ayni paytda bu yirik korxonalar AQSHning «Keys» va «Magnum» korporatsiyalari 
bilan hamkorlik qilib, qishloq xo„jaligini zamonaviy traktorlar bilan ta‟minlashga 
harakat qilmoqdalar. 
O„zbekiston ipakchilik va pillachilik texnikalari ishlab chiqaruvchi Markaziy 
Osiyodagi yagona davlatdir. 
Shu tariqa O„zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil industriyasiga ega 
rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o„rin oldi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish