Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Nima bo„layotganini 
eshiting: suveren davlat hududiga olti yuz yoki ming kishidan iborat 
qurollangan to„da kirmoqda... Axir har bir davlatning o„z qadr-g„urur tuyg„usi 
bo„lishi kerak, uning har bir fuqarosida esa xavfsizligi sirtdan 
himoyalanganligiga ishonch tuyg„usi bo„lishi kerak»
– deydi. 
Jangarilar Qirg„iziston hududiga kirgach, go„yoki ular O„zbekistonga o„tish uchun 
faqat «yo„lak» so„rashgan emish. Balki shundaydir. Lekin masalaning mantiqsizligi 
shundaki, qanday qilib qonxo„r, jallod, manfur kimsalarga o„z uyingdan joy berasan? 
Eshigingdan kiritib, qornini to„yg„izib, ustini but qilib, cho„ntagiga pul solib, 
teshikdan chiqarib yuborish mumkin? Bu qo„ynida ilonni olib yurish bilan barobar 
emasmi? Ana shu mantiqdan kelib chiqib, sodir etilgan voqealarni Prezident Islom 
Karimov shunday izohlaydi: 
«O„zbekiston bilan Qirg„izistonni gijgijlatishga 
qaratilgan urinishlar deb bilaman va ularni tamoman inkor etaman. Agar bu 
haqiqat bo„lganda edi, bo„lmasa nima uchun jangarilar Qirg„izlarni talon-taroj 
va qatl etishni boshladilar?»

Pokiston–Afg„oniston–Tojikiston–Qirg„iziston hududini egallab olgan qonxo„rlik 
«o„yin»lari va ana shu mamlakatlarning o„zi ham ayni xalqaro terrorizmning uzviy, 
bir-biriga bog„langan zanjir halqalari ekanligi bugun hech kimga sir emas. Agar ular 
qaysidir darajadagi moddiy, ma‟naviy, harbiy sohadagi «hotamtoy» homiylarga 
suyanmasa, terrorizm bu qadar tez rivojlanmagan, bu qadar tez urchib ketmagan va 
xalqaro maqomga ega bo„lmagan bo„lardi. Agar ana shu bog„liqlik bo„lmaganida edi, 
ularning o„zaro munosabatlarida, faoliyatlarida hamkorlik bo„lmaganida edi, ular 
bunchalik emin-erkin harakat qilishmagan bo„lardilar. 
Jangarilar Qirg„izistonga bostirib kirgan paytlari, ularning aksariyati o„zbek 
millatiga mansub emish, degan mish-mishlarni ham tarqatishdi. Go„yoki, bunday 
terrorchilik harakati o„zbeklarning o„zining ishi va ularga daxldor bo„lgan fojia emish. 
Keyinchalik ma‟lum bo„ldiki, ular tarkibida tojiklar, chechenlar, afg„onlar, arablar, 
qirg„izlar va hatto ruslar ham bor ekan. To„g„ri, Islom dini panasida turib, o„zining 
g„arazli maqsadlarini amalga oshirishga intilayotgan «musulmon»lar orasida 5–10 ta 
o„zbek ham bo„lishi mumkin. Biroq, o„zbek millatiga mansub bo„lgan aholi 
Qirg„iziston, Tojikiston, Afg„oniston hududlarida ham yashamoqda-ku! Nima uchun 
biz bitta yo ikkita o„zbek millatiga mansub jangarini ushlab olib, uni butun o„zbek 
xalqiga va O„zbekistonga nisbat berishimiz kerak? Shuning o„zi g„oyaviy 
qo„poruvchilik, uydirma emasmi?! 


271 
XX asrning o„rtalarida dunyoga juda katta talofat keltirgan va insoniyat hayotiga 
xavf-xatar solgan fashizmni esga olaylik. Gitler va uning gumashtalari g„oyasiga ko„r-
ko„rona yondashgan, uning manfaatlariga xizmat qilgan millionlab buyuk nemis 
millatiga mansub bo„lgan kishilar bor edi. Biroq, hech kim hech qachon fashizmni 
buyuk nemis millatiga dog„ sifatida nisbat bermaydi-ku? Nega endi, Botken fojialarini 
tashkil etgan va amalga oshirganlar orasida qayerda tug„ilgani va yashayotganidan 
qat‟i nazar, qaysi mamlakat fuqarosi bo„lganini inobatga olmay o„zbeklar va 
O„zbekiston boshiga mag„zavalar quyishi kerak ekan? 
O„zbekiston davlatining qudrati, uning yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi 
borasidagi siyosiy yo„li ana shunday qat‟iy! Zotan, O„zbekiston Mustaqil Davlatlar 
Hamdo„stligi orasida o„zining barqaror rivojlanish yo„liga chiqib olganligi, jahon 
siyosiy maydonida o„z so„zi va o„z fikri bilan alohida mavqega ega bo„layotganligi, 
dunyo voqealariga qat‟iyat va nihoyatda aniqlik bilan yondashayotganligi bois juda 
katta nufuzga ega bo„lmoqda. Ana shularning hammasining tagida juda katta e‟tiqod, 
tanlab olingan yo„lga sobitlik fazilatlari yotadi. Xalq ishiga, Vatan osoyishtaligiga 
qaratilgan siyosat yuksak e‟tiqod darajasiga ko„tarilgan taqdirdagina u har qanday 
tahdidga tahdid sola biladigan, har qanday tajovuzni yenga oladigan, uni barbod 
qilishga qodir bo„lgan mo„jizaga aylanadi. 
1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropada 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig„ilishi bo„ldi. Anjumanda 
asosiy muhokama qilingan masala Yevropada Xavfsizlik Xartiyasi bo„ldi. Xartiya 
nafaqat tashkilotga a‟zo bo„lgan 54 mamlakatning, balki butun dunyoning kelgusi 
asrdagi xavfsizligini ta‟minlash borasidagi muhim hujjatdir. Ushbu anjumanda 
birinchi bo„lib O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovga so„z berildi. O„zbekiston 
rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ko„targan muammolar, ilgari surgan 
g„oyalar naqadar real ekanligini vaqt yaqqol ko„rsatib berdi. 
Prezident Islom Karimov xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojarolar xususida 
gapirar ekan, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish