Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Mavzuga doir materiallar 
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim 
imtiyoz, kafolat va qo„shimchalarning ro„yxati: 
* oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish haqi miqdorida yordam 
puli to„lash. Ushbu to„lovlar hajmi uzluksiz oshmoqda, 1998-yilda 521 ming nafar 
ayolga 10,4 mlrd. so„m miqdorida nafaqa to„landi; 
* homiladorlik va farzand ko„rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni 
uchun o„rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish; 
* bolalikdan nogiron bo„lib qolganlarga beriladigan yordam puli; 
* kommunal xizmat ko„rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 
% miqdorida haq to„lash (nogironlar oilasi uchun); 
* qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko„rsatish va kvartira 
haqlaridan to„la ozod etish va shaharlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab 
o„qituvchilari, bog„cha tarbiyachilari va o„qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o„rta 
maxsus o„quv yurtlari o„qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish; 
* kommunal xizmat ko„rsatish va kvartira haqi to„lashdan to„liq ozod etish (1-
darajali «Sog„lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolg„iz 
pensionerlar); 
* elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 
kv.s.) (nogironlar oilasi); 
* yer solig„i to„lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo„lgan 5 va undan ortiq ko„p 
bolali oilalar, nogironlar oilalari); 
* olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 
4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo„lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg„iz onalar); 
16 yoshgacha bo„lgan 2 va undan ortiq farzandi bo„lgan yolg„iz ota, bevalar va 


223 
boquvchisini yo„qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % 
dan; yoshligidan nogiron bo„lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan 
birortasi daromad solig„ining 30 % ni to„lashdan ozod etiladi. 
* * * 
Serfarzand va kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o„ziga xosligi 
bilan ajralib turadi. 
Kam ta‟minlangan oilalarga va ko„p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam 
to„lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet 
vositalaridir. Kam ta‟minlangan oilalarga 1998-yilda to„langan nafaqalarning umumiy 
miqdori 3 mlrd. so„mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo„lgan farzandli oilalarga 
to„langan nafaqalar – 15,6 mlrd. so„mni tashkil qildi. 
1998-yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O„rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga 
deyarli 1483 so„mga to„g„ri keladi yoki (1996-yilga nisbatan) besh barobar o„sdi. 
1998-yilda mahalliy o„z-o„zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming 
yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta‟minlangani uchun moddiy yordam 
ko„rsatildi. Ko„rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisoblaganda har oyda 
1730 so„mdan ortiqni tashkil etadi. 
O„zbekistonda aholining ijtimoiy muhofazasi haqida gap ketganda keyingi yillarda 
bu borada amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, mamlakatimizda 
aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan yolg„iz keksalar, pensionerlar va 
nogironlarni ijtimoiy-muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e‟tibor 
qaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006-yil 7-
sentabrdagi «2007–2010-yillarda yolg„iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq 
ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko„rsatishni yanada kuchaytirish 
chora-tadbirlari dasturi to„g„risida»gi qarori buning yana bir yorqin dalilidir. 


224 


225 
Bugungi kunda yurtimizda istiqomat qilayotgan faxriylar orasida 22 ming nafardan 
ziyod kishi urush qatnashchisi va nogironi, 256 ming nafardan ortiq front ortida 
mehnat qilgan nuroniy, 30 ming nafardan ziyod yolg„iz nogiron pensioner bor.
Xususan, 2005-yil – Sihat-salomatlik yilida 1,9 ming nafar yolg„iz nuroniyning uy-
joyi ta‟mirdan chiqarildi, kam ta‟minlangan oilalar va keksa fuqarolarga 5 milliard 
so„mlik moddiy yordam ko„rsatildi. Yakka-yolg„iz keksalar, pensioner va nogironlar, 
shuningdek, ko„p bolali oilalarga ko„rsatilgan ijtimoiy yordam hajmi shu kungacha 47 
milliard so„mdan oshdi. 
«Nuroniy» jamg„armasi hisobidan 2005-yilda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamlariga 104 million so„m sarflangan bo„lsa, birgina 2006-yil davomida ushbu 
xayrli maqsadlarga yo„naltirilgan mablag„ miqdori 112 million so„mni tashkil etdi. 
Faxriylarning davolash maskanlariga, «Sahovat» va «Muruvvat» uylariga 16 million 
so„mlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi. 
O„zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda 
Sog„liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo„limlari bilan hamkorlikda nuroniylar 
to„liq dispanser ko„rigidan o„tkazildi. 
Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o„rinli «Nuroniy» 
shifoxonasi 
beminnat 
xizmat 
qilmoqda. 
Viloyat 
shifoxonalari 
qoshidagi 
kasalxonalarda jamg„armaning viloyat bo„limlari hamda mahalliy hokimliklarning 
amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg„iz keksalar va nogironlarni bepul 
davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko„rsatmoqda. 
Sakkiz ming nafar yolg„iz pensioner va nogiron yashab turgan o„ttizdan ziyod 
«Sahovat» va «Muruvvat» uylarining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi. 
Bu boradagi tadbirlarning tegishli vazirlik va idoralar, hokimlik va muassasalar 
bilan hamkorlikda tashkil qilinishi o„zining ijobiy samarasini beryapti. 
Dasturda nazarda tutilgan yolg„iz nogironlar va keksa fuqarolarga ijtimoiy xizmat 
ko„rsatish tizimini yanada takomillashtirish, yolg„iz keksalar, pensioner va 
nogironlarni davolash-profilaktika xizmati bilan qamrab olishni kengaytirish bo„yicha 
keng ko„lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ularga gerontologiya va geriatriya 
sohasida ko„rsatilayotgan yordam sifati hamda uy-joy maishiy sharoitini yaxshilashga 
ko„maklashish, «Sahovat» va «Muruvvat» uylarining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash hamda ijtimoiy xizmat ko„rsatishning yangi shakllari, usul va 
texnologiyalarini keng tatbiq etish yuzasidan ham tegishli davlat va jamoat 
tashkilotlari bilan o„zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 
Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimizning iqtisodiy salohiyati osha 
borgan sari uning xalqparvarlik siyosati yanada kuchayib bordi. 1995-yil 20-dekabrda 
qabul qilgan «Aholining omonatlardagi va davlat sug„urtasi bo„yicha pul 
mablag„larini indeksatsiya qilish to„g„risida»gi Farmoni ana shunday insonparvar 
siyosatning yorqin dalili bo„ldi. Farmonga binoan 1992-yilning yanvariga qadar 
jamg„arma bankiga pul qo„ygan millionlab fuqarolarning mablag„lari qaytarib berildi. 
Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va 


226 
qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksa-yu yoshni befarq qoldirmadi.
5 milliondan ortiq omonatchilar, o„z pullarini qaytarib oladigan bo„ldi. 
Shuni alohida aytish kerakki, Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab, 
hukumatimiz ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan har bir chora-tadbirni o„z 
vaqtida amalga oshirib, xalq oldida bergan va‟dasini qat‟iy ravishda bajarib keldi.
Indeksatsiyalangan pul mablag„larining 1996-yil 1-iyuldan fuqarolarga qaytarila 
boshlagani ham ushbu insonparvar siyosatning yorqin namunasidir. 
1994-yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo„yicha 1989-yilga 
nisbatan qariyb 2 barobar pasayib ketdi. 
1997–99-yillarda davlatning daromad siyosati mamlakat umumiy iqtisodiy 
rivojlanishi darajasini hisobga olgan holda aholi daromadini ko„paytirish, inflatsiya 
darajasini 
tushirish, 
qishloq 
xo„jaligidagi 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, 
tadbirkorlikning barcha turlarini, o„rta va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan. 
Ijtimoiy himoya siyosati izchil va tadrijiy rivojlanish orqali keyingi yillarda ham 
diqqatga loyiq ko„rsatkichlarga erishildi. Buni quyidagi jadvalda ko„rish mumkin. 
 
 
 
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1996–
2002-yillar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2003-
2004-yillar ma’lumotlari asosida hisoblangan.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish