30
planli, tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi. Davlat tomonidan bunday
ishlarni amalga oshirilishi natijasida ancha ijobiy, yaxshi natijalarni olishga
muvaffaq bo`lindi. Jumladan, 1753 yilda shahar tashqarisida
quriladigan villaga
o`xshagan bino bilan birgalikda butun boshli kutubxona, haykallar galereyasi kabi
topilmalarni topishga muvaffaq bo`lindi. Lekin, nima bo`lganda ham bu davrda
olib borilgan qazishmalarning asosiy maqsadi qimmatbaho buyumlarni topib uni
pullashdan iborat bo`ldi.
1938-yilda Gerkulanum bilan bir davrda Vezuviy vulqoni natijasida
ko`milib qolgan Pompey shahri topildi. Bu erdagi qazishmalar ham
Gerkulanumdagi singari asosan yodgorlikni talan-taroj qilishdan iborat bo`ldi va
bunga ham faqat davlatning aralashishidan keyingina uni to`xtatish
imkoniyati
tug`ildi.
Yuqoridagilarga qaramasdan bu ikki buyuk shahar xududida olib borilgan
qazishma ishlari natijasida ilmli, tushungan odamlar o`rtasida tarixiy
yodgorliklarga bo`lgan munosabat biroz o`zgardi. Arxeologik yodgorliklarni
qazish va ulardan to`g`ri xulosalar chiqarish bo`yicha yangi fikrlar paydo bo`ldi.
Jumladan, Gerkulanum va Pompey shaharlarini
ellinizm davri tarixi va
madaniyatini o`rganishdagi ahamiyatini nihoyatda kata ekanligini tushunib
etadigan ham etishib chiqdi. Chunki bu har ikki buyuk shaharlardek ellinizm davri
madaniyatini, kundalik turmushini, jamoa hayotini, ayniqsa shaharlardagi hayotni
qanday bo`lgan bo`lsa, shundayligicha qotirib qo`yilganday ko`rsatib
beradigan
boshqa shahar yo`q edi.
Pompey shahrida ham olib borilgan arxeologik qazishma ishlari Gerkulanum
xarobasini qazishdan ko`ra yaxshi bo`lmadi. Bu erda davlatni aralashiga to`g`ri
keldi. Lekin shu ikki shaharda olib borilgan ishlar natijasida o`z davrining ilg`or
arxeologlari orasida ellinistik shaharning tirikligidagi qiyofasi namoyon bo`ldi.
Shuning uchun o`sha tushungan odamlarda yodgorlikni saqlash, uni kelgusi
avlodlarga etkazish to`g`risida qayg`urish kerakligini anglaydiganlari paydo
bo`lishdi.
Gerkulanum va Pompeyni ko`milib qolishi to`g`risida yozgan mualliflar
Vezuviy
vulqonini yozishar ekan, go`yoki vulqondan ko`tarilgan juda kata lava
oqimi kul bilan ko`milgan emish. Buday bo`lishi mumkin emas, chunki shahar
31
xarobalarida hattoki kitoblar ham saqlangan. Yozma manbalarning to`g`ri yoki
noto`g`riligini tushunishda vulqan otilishi bilan bog`liq bo`lgan tabiiy hodisalarga
e`tibor bersak masalani tushunishga biroz bo`sa ham yordam beradi. Jumladan,
agar lava oqib kelib bu shaharni ko`mganda edi, bu har ikki shahar ham 100%
yonib, barcha
narsa erib, shahar toshday qotgan jism bilan ko`milib qolishi kerak
edi. Juda ham ko`plab narsalar erib, yonib ketgan bo`lar edi.
Aslida vulqon otilgan payitda juda ham katta fizik jarayonlar yuz beradi.
Vulqon yuqori qatlamlarga issiq lava kul qatlamlari ko`tarilib atrofdan
momaqaldiroqli yomg`ir chaqiradi. Natijada yomg`ir o`zi bilan kulni yopishtirib
yog`ishi natijasida qattiq massaga aylanib butun boshli shaharlarni ko`mib
yuboradi. Shuning uchun bu shaharlardagi barcha buyumlar shikastlangan bo`lsa
ham, lekin butunlay buzilib ketmagan edi. Shuning uchun ham bu yodgorlikdan
faqat qimmatbaho topilmalarni sug`urib olib, qolgan topilmalarni toshlab yuborish
insoniyatga qarshi qilingan juda katta jinoyat ekanligini Gerkulanum va Pompey
tufayli tushunib etdilar. Aynan shu shaharlarda saqlangan osori-atiqalar tufayli bu
shaharlar xududida arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi va shuning uchun ham
bu har ikki obidani ko`rgan minglab turistlar, tarixchilar va arxeologlar hozirgacha
kelib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: