Go’zallik dunyoni qutqaradi”
degan naqlni unutganimiz yo’q.
Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go’zal bo’lishga intiling. Bunga esa agar istasa, har
qanday ayol tinimsiz o’z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u kunda o’zining tabiatini
tarbiyalab borsa. Agar u o’ziga va qalbiga oz bo’lsa ham erinchoqlikka yo’l bermasa. Agar o’z-
o’ziga nisbatan talabchan bo’lsa. Agar odamlarni hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan
rahm-shafqatli bo’lishga o’zini o’rgatsa.
Agar o’z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab, ularni janjal bilan
qiynamasa, o’ziga o’zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga aylanmasa. Aynan mana
shulardan keyingina ayol kishiga xos bo’lgan latofat boshlanadi. Va hech qanday bashang
liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g’azab, surbetlik, qo’pollik, hasad,
xo’jayinchilikka bo’lgan ehtiros va boshqa inson gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo’lgan)
qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan berkitib bo’lmaydi.
Uyda
ayniqsa ayol kishi uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o’chib
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O’zimizga mos tarzda
kiyinishimiz to’satdan mehmonlarni kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi kayfiyat bilan
yurishga kerakdir, Ro’zg’or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan liboslarni yaxshi uyda
kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay, balki zamonaviy bo’lmog’i ham
lozimdir. Ayol kishining shalviragan kiyimlarni kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov
bergach, uni “
uy kiyimiga ko’zi qiymay”
shkafga ilib qo’yuvchilarni hech narsa bilan oqlab
bo’lmaydi.
Bir qancha tajribadan o’tgan maslahatlar
.
O’zimizga kiyim tanlar ekanmiz
dugonalarni emas, o’z didimizga tayanib ish tutganimiz ma’qul. Libosning ranginafaqat
zamonaviy tusda, balki o’ziga tushadigan rang bo’lishi lozim. To’q rangdagi kiyimlarni afzal
ko’rarkansiz, och rangdagilarda ham, to’qda ham kirlik bir xil hajmga ega ekanligini yodda
tutish lozim. Uning farqi faqat och rangdagi yubka ko’zga tezroq tashlanishidadir. Kiyim
tanlashda ansamblni ushlashga (birining ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat qilish kerak.
Kiyimni rangiga mos keluvchi jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni tanlashda o’ta ideallikka
erishishga harakat qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim uchun qo’shimcha narsa olish –
isrofgarchilik hisoblanadi.
Libosni yanada ko’rkam qilib ko’rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va boshqa
narsalar muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo’lishi shart emas, bu bachkanalikni
ham paydo qilish mumkin. Asosiy gap ranglarning uyg’unligi, andozalarning mutanosibligida.
Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan farqli o’laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik
kamroq, ularda o’z kamchiliklarini berkitgan holda hamda o’z afzallik jihatlarini alohida
ta’kidlagan holda, o’z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda
ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iyroq qo’yiladi.
Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o’zini erkin va o’ziga
nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir. Libos tanlayotganingizda
yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham kiyimini inobatga olgan yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |