2.6-rasm. Bazalt (mineral) tola.
Shisha tolalar
— suyuqlantirilgan shishadan tayyorlanadigan tolalar, diametri 3—100
mkm, uz. 20 km va undan uzun (uzluksiz shisha tolalar) yoki diametri 0,5—20 mkm,
uz. 1—50 sm (shtapel shisha tolalar) qilib ishlab chiqariladi. Uzluksiz shisha tolalar
tashqi koʻrinishidan tabiiy yoki sunʼiy ipak tolalariga, shtapel shisha tolalar esa ip yoki
jun ipga oʻxshaydi.
Uzluksiz shisha tolalar suyuqlantirilgan shisha massasini filyerlardan (teshiklar soni
200—2000) mexanik qurilmalar yordamida choʻzib tola shakliga keltirilib, gʻaltaklarga
oʻraladi. Shtapel Shisha tolalar bir bosqichli usulda — suyuqlantirilgan shisha massasi
oqimini bugʻ, havo yoki issiq gaz bilan ajratib hosil qilinadi.
Shisha tolalar xossasi, kimyoviy tarkibi, issiqqa chidamliligi, elektr tokini
oʻtkazmasligi,
issiklik
oʻtkazuvchanligining
pastligi,
termik
kengayish
koeffitsiyentining kichikligi, kimyoviy chidamliligi va mexanik puxtaligi bilan
belgilanadi.
Uglerod tolasi
-yuqori haroratda xom ashyoni issiqlik bilan ishlov berish natijasida
ugleroddan olingan modda.Mexanik yuklarga va kimyoviy reaksiyalarga nisbatan
yuqori qarshilikka ega.
Afzalliklari:
a)
korroziyaga uchramaydi;
b)
gidroksidli va kislotali muxitga chidamli;
c)
olovbardosh (yonmaydi).
Uglerod tolalarining elastiklik moduli po‘lat tolalarining egiluvchanligidan ancha
yuqori va ularning kuchi shisha tolaning kuchiga muttanosibdir. Ushbu materialdan
foydalanishning ideal xususiyatlari va yuqori samaradorligiga qaramay
,narxi ishlatilishini cheklaydi. Shuning uchun uglerod tolalari faqat iqtisodiy
maqsadlarga muvofiq bo‘lganda ishlatiladi.
Polipropilen tolasi
-kesish va burish orqali polipropilen plyonkadan olingan 0,02-0,038
mm diametrli sintetik tolaning alohida turi. Beton qorishmasida bu tolalar ochilib,
to‘rsimon tuzilish xosil qiladi. Natijada temir-betonning tarkibi va fizik kimyoviy
xususiyatlari sifat jihatdan yaxshilanadi. Bosimga chidamliligi yuqori bo‘ladi
armaturalanmagan betonga qaraganda.
Kamchiliklari
a)
siqilishga va chozilishga mustahkamligi pastligi;
b)
materialning yomon namlanishi;
c)
yuqori haroratga chidamsizligi.
Viskoza (selluloza) tolalar
— tabiiy sellyulozani kimyoviy usulda qayta ishlab
olinadigan sunʼiy tolalar. Yogʻoch sellyulozasi, arzon ximikatlar viskoza (selluloza)
tolalar uchun xomashyo hisoblanadi. Viskoza (selluloza) tolalar olish uchun sellyuloza
18% li ishqor eritmasiga solinadi. Ishqorlangan sellyuloza uglerod sulfid bilan
ishlanib, sellyuloza ksantogenati hosil qilinadi. Viskoza (selluloza) tolalarni sanoatda
i.ch. dastlab 1905 y. da Angliyada boshlangan. Suvda erimaydi va kislotaga nisbatan
chidamli. Beton kirishishini sekinlashtiradi.
Beton qorishmasiga ko‘p miqdorda tolali agregatlarni qoshish natijasida beton
mustaxkamligi yomonlashadi. Suv-sement nisbatini yaxshilash yoki maxsus super
plassifikatorlar qo‘shish orqali beton mustahkamligini saqlab qolish mumkin (2.7, 2.8,
2.9 va 2.10-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |