Qiyaliklar tikligi.
Texnika xavfsizligi sharti bo‘yicha kotlovan va
transheyalarning tik devorlarini mahkamlamay qazish faqat gruntni tabiiy xoldagi
namligi va quyidagi chuqurlik ko‘rsatgichlardan yuqori bo‘lmaganda ruxsat etiladi:
tukiladigan, qumli, va shag‘alli gruntlarda – 1 m; loyli qumlarda – 1,25 m; qumli
loylarda va loylarda – 1,5 m; juda zich qoyamas gruntlarda – 2.0 m.
Juda zich qoyamas gruntlarda, chuqurligi 3 m gacha bo‘lgan transheyalarni
mahkamlamasdan qazishga ruxsat etiladi, shu shart bilankim, grunt mexanizmlar
yordamida qaziladi va bu transheyaga ishchilar tushmaydi.
Kotlovan va transheyalarning chuqurligi ko‘rsatilgan qiymatdan katta
bo‘lganda, devorlar mahkamlanib yoki qiyalik (nishab) bilan qaziladi.
Gruntlarning tabiiy namlikdagi ruxsat etilgan qiyalik tikligi ishlarni
bajarishdagi xavfsizlik sharoitiga, qazilayotgan qazilma chuqurligi va ko‘tarma
balandligiga bog‘liq holda 5.2 –jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
5.2 jadval
Ruxsat etilgan qiyalik tikligi.
Gruntlar
Qiyaliklar tikligi qazilma chuqurligida, m
1,5 gacha
1,5dan 3 m
gacha
3 dan 5 m
gacha
To‘kma, tabiiy namlikdagi
1:0,25
1:1
1:1,25
Qumli va shag‘alli namli
1:0, 5
1:1
1:1
Loyli qum
1:0,25
1:0,67
1:0,85
Qumli loy
1:0
1:0,5
1:0,75
Loy
1:0
1:0,25
1:0,5
Sog‘ tuproq (lyoss)
1:0
1:0,5
1:0,5
115
5.5. Yer ishlarini bajarishda tayyorgarlik jarayonlari
5.5.1. Yer inshootlarini rejalash (o‘rnini belgilash)
Inshootlarni rejalash (o‘rnini belgilash) ularning holatini joyida o‘rnatish va
mahkamlashdan iborat. Rejalash geodezik instrumentlar va turli xil o‘lchov
moslamalari bilan amalga oshiriladi.
Kotlovanni rejalash qurilish loyihasi asosida asosiy ishchi o‘qlarni ya’ni
binoning asosiy o‘qlarini joyiga ko‘chirib ularni mahkamlashdan boshlanadi.
Keyin bo‘lajak kotlovanning chetlaridan 2..3 m masofada asosiy rejalash o‘qlariga
parallel qilib obnoskalar o‘rnatiladi.
Bir marta ishlatiladigan
obnoska
gruntga urib kirgizilgan metall ustunlar
yoki yerga ko‘milgan yog‘och qoziqlar va ularni biriktiruvchi taxtadan iborat.
Qalinligi 40 mm dan kam bo‘lmagan taxta yuqoriga qaratilgan arralanadigan
qirraga ega bo‘lishi kamida uchta qoziqqa qat’iy gorizontal holatda biriktirilishi
kerak. Inventar metall obnoska yanada mukammal hisoblanadi. Transport
vositalarini utkazish uchun obnoskalarda uzilishlar hosil qilinadi.
Obnoskaga asosiy rejalash o‘qlari ko‘chiriladi va ulardan boshlab binoning
barcha asosiy o‘qlari belgilanadi. Hamma o‘qlar obnoskada mixlar bilan yoki
qisqacha arralanib mahkamlanadi va raqamlanadi. Metall obnoskalarda o‘qlarni
belgilash bo‘yoq bilan amalga oshiriladi. Kotlovanning o‘lchamlari yuqorisi
bo‘ylab, qazilgandan so‘ng pasti bo‘ylab, hamda boshqa ahamiyatli no‘qtalari
ko‘zga yaxshi ko‘rinadigan qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi.
Binoning yer ostki qismi barpo etilgandan so‘ng asosiy rejalash o‘qlari uning
tsokol qismiga ko‘chiriladi.
Uzun o‘lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko‘ndalang obnoskalar
o‘rnatilib, trassaning to‘g‘ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda
har 20 m da o‘rnatiladi. Shuningdek, obnoskalar har bir piketda, trassa profili
keskin o‘zgargan no‘qtalarda urnatiladi.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |