O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


II-BOB.  QURILISH TEXNOLOGIYALARINI LOYIHALASH



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

II-BOB. 
QURILISH TEXNOLOGIYALARINI LOYIHALASH 
2.1. Qurilish texnologiyalari struktura (tuzilish)sini 
modellashtirish 
Ob’ektni qurishga tayyorgarlik ko‘rish va uni barpo etishda amalga 
oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tarkibini tahlil qilib, ularning ikki asosiy 
guruhini: moddiy va axborot guruhini o‘rnatish mumkin.
 
Moddiy jarayonlarni
qurilish jarayonlari deb atash qabul qilingan bo‘lib, 
ular qurilish ishlab chiqarishining moddiy elementlariga yo‘naltirilgan barcha 
amallarni qamrab oladi. Ular qurilish texnologiyalari tarkibiga kiradi. 
Axborot jarayonlari 
axborot texnologiyalarining
– hisob-kitob metodlari, 
axborot-hisoblash texnikasi metodlari, dasturlari va vositalari yordamida amalga 
oshiriladi hamda qurilish texnologiyalarini yanada samarali amalga oshirish 
bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish maqsadida ideal buyumlar 
(axborot, son, dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar)ni qayta ishlashga yo‘naltirilgan. 
Axborot texnologiyalari real qurilish jarayonlariga emas, balki modellarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Model deganda real jarayonni, uning parametrlari orasidagi 
aloqalarni tavsiflovchi strukturaviy (tuzilmaviy) sxemalar, matematik ifodalar, so‘z 
bilan berilgan ta’riflar yordamida rasmiy aks ettirish tushuniladi. Umumiy 
ko‘rinishda bu real jarayonni soddalashtirish bo‘lib, olingan natijalarning 
haqqoniyligini keyin baholash bilan maqbul yo‘l qo‘yishlarni qabul qilishdir

2.1-rasm. Qurilish texnologiyasi strukturasi modelining grafik tasavvuri 


40 
2.1-rasmda grafik ravishda taqdim etilgan qurilish texnologiyalari struktura 
(tuzilishi) sining modelini ko‘rib chiqamiz. Qurilish texnologiyasining ta’rifidan 
kelib chiqqan holda u o‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi: 
qurilish 
jarayoni
({R} simvoli bilan belgilaymiz), 
texnik vositalar
{M}, 
mehnat resurslari
{Q}, 
moddiy elementlar
{L}, 
konstruktsiya
{K}. 
Loyihaviy konstruktsiyani yaratish uchun uning parametrlari, murakkabligi, 
konfiguratsiyasi, fazodagi vaziyatiga bog‘liq holda tegishli qurilish jarayoni 
shakllantirilishi kerak bo‘lib, u unga kiruvchi oddiy jarayonlar va operatsiyalarning 
ma’lum ketma-ketligiga ega bo‘ladi. Qurilish jarayonini ifodalovchi parametrlar 
yig‘indisiniquyidagi tarzda belgilaymiz 
{R}= {R
1
,R
2
,..,R
m
}. 
Qurilish jarayoni texnik vositalar yordamida bajarilishi mumkin bo‘lib, ular 
bir turli yoki xar xil turli mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar yordamida bir 
yoki bir nechta oddiy jarayonlarni yoki operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 
Texnik vositalarni ifodalovchi parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz 
{ M}= {M
1
, M
2
,..,M
k
}. 
Maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar ketma-ketligi, texnik vositalarni 
boshqarish, konstruktsiyani va moslamalarni o‘rnatishni zveno va brigadalarga 
birlashtirilgan ishchilar amalga oshirishadi. Mehnat resurslarini ifodalovchi 
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz 
{Q}={Q
1
, Q
2
,..,Q
l
}. 
Qurilish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri moddiy buyumlar 
bo‘lib, ulardan loyihaviy konstruktsiya shakllanadi. Moddiy parametrlarning fizik-


41 
mexanik, texnologik, geometrik va boshqa tavsiflari hamda parametrlarining 
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz 
{L}={L
1
,L
2
,…,L
l
}. 
Loyihaviy konstruktsiya o‘z ichiga konstruktsiyaning qismlarini olib, ular 
strukturaviy (tuzilish) belgisiga ko‘ra ham (oraliqlar, bloklar, sektsiyalar va h.k.), 
tashkiliy belgisiga ko‘ra ham (yaruslar, qamrovlar, uchastkalar, zonalar va h.k.) 
qismlarga ajratilishi mumkin. 
Qurilish jarayonining bir maromda amalga oshirilishi barpo etilayotgan 
ob’ektning hajmiy makonini gorizontal tekislikda qamrovlarga va uchastkalarga, 
vertikal bo‘yicha esa yaruslarga ajratish bilan bog‘liq fazoviy parametrlarini 
tegishlicha tanlash bilan ta’minlanadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish