9.32 – rasm.
Devor panellarini montaj qilishga mo‘ljallangan qulflovchi shtiftli tirgak:
1 –himoyalovchi vtulka; 2 – tortish gaykasi; 3 – ichki gayka; 4 – ilgakli vint; 5 –
cheklagich; 6 – qulflovchi (taqaluvchi) shtift(metall o‘zakcha); 7 – teleskopik shtanga.
460
9.3.5. Ichki devor panellari va pardevorlarni montaj qilish
Panellarni o‘rnatish joyida dastlab o‘q belgisi chiziqlari tekshiriladi, ushbu
zona qurilish axlatlaridan tozalanadi, zarur bo‘lgan jihozlar va asboblar keltiriladi
hamda joylashtiriladi. So‘ngra o‘rnatilgan markalardan 3...5 mm baland qilib
qorishma bir xil qalinlikda yoziladi. Panel o‘rnatilayotgan yuzadan 20...30 sm
balandlikda qabul qilinib, zarur bo‘lgan yo‘nalishga buralib asta-sekinlik bilan
yoyilgan qorishma ustiga tushiriladi. Agar ichki devor panellari va pardevorlarda
montaj halqalari bo‘lmasa, u holda inventar halqalar qo‘llaniladi, ulardan ham
montaj moslamalarini vaqtinchalik mahkamlashda foydalanish mumkin.
9.33-rasm.
Ichki devor panelini montaj bog‘lamasi va montaj tayanchi yordamida
vaqtinchalik mahkamlash sxemasi:
1 – tashqi devor paneli; 2 – montaj bog‘lamasi; 3 – ichki devor paneli; 4 – montaj
tayanchi.
Stropning tarang tortilgan holatida panelning pastki qismini o‘rnatish uning
loyihaviy holatini geodezik rejalashning o‘q belgisi chiziqlari bo‘yicha shablon
yordamida nazorat qilgan holda amalga oshiriladi. Panel asosining to‘g‘ri
o‘rnatilganligi, og‘ishlar tekshiriladi va montaj lomi yordamida to‘g‘irlanadi.
461
9. 34-rasm.
Montaj bog‘lamasi:
1 – o‘q; 2 – teshik, halqa; 3 – ilmoq; 4 –himoyalovchi vtulka; 5 – tortish gaykasi; 6 –
vintli rezba; 7 – tortish muftasi; 8 – vintli tayanch; 9 – strubtsina.
Undan keyin montaj bog‘lamasi o‘rnatiladi (9.33-rasm). Montaj stolida turib
strubtsinani ichki devor paneliga mahkamlanadi, xuddi shu bog‘lagichning
qamragichi (ushlagichi) tashqi devor paneliga biriktiriladigan panelning ko‘tarish
halqasiga mos ravishda mahkamlanadi (9.34-rasm). Stroplarning bo‘shashgan
holatida panelning vertikalligini reyka-shovun bo‘yicha to‘g‘irlashga kirishiladi –
panelning vertikal holati tekshiriladi, sezilarsiz og‘ish montaj bog‘lamasining
tortqili muftasi yordamida to‘g‘irlanadi. Panel to‘g‘ri holatga keltirilgandan keyin
devor panelining eshik o‘rniga montaj tayanchi qo‘yiladi va mahkamlanadi (9.33-
rasm). Ichki devorlarning ustivorligini ta’minlashga mo‘ljallangan montaj tayanchi
quvurlardan payvandlab ishlangan uchburchak ramadan va ikkita mahkamlovchi
strubtsinadan iborat bo‘lib, bu ramaga tayanch boshmoqlaridan 0,35 va 0,95 m
balandlikda bikr qilib payvandlanadi.
Montaj tayanchi o‘rnatilgandan va vintli tiragichlar bilan bikr mahkamlab
qotirilgandan keyin (bunda montaj tayanchining ikkala boshmog‘i ham bevosita
orayopma ustiga tayanishi lozim), ilmoqlarni distatsion yechish qurilmasi
yordamida panel stroplardan ozod etiladi. Montajchilar panel ostidagi qorishmani
ikkala tomondan podshtopka bilan zichlashtirishadi.
462
Do'stlaringiz bilan baham: |