328
zavod texnik nazorat bo‘limi TNB muxrining mavjudligi;
o‘q belgilarining mavjudligi va konstruktsiyaning og‘irlik
markazining holatini aniqlovchi sath belgisi;
bir tomonlama armaturalangan elementlar uchun montaj
belgilarining mavjudligi;
shikastlangan joylarning yo‘qligi, geomterik o‘lchamlarning
to‘g‘riligi, singan joylarning yo‘qligi, payvandlash detallarning
mahkamlanganligi va joylashishi,
kanallar, teshiklar va h.z.larning
mavjudligi va ular ichining ochiqligi.
buyumlar tashqi yuzalarining loyihadagi talablarga javob
berishi;
deformatsiya, yoriqlar, oqib tushgan beton qoldiqlari, kovak va
bo‘shliqlarning yo‘qligi;
kerakli bo‘lgan ariqcha, nishlar (tokchalar), chiqarilgan
armaturalar, payvandlash detallarining zanglashdan himoya qoplamasi
bilan qoplanganligi.
Agar buyum sifatsiz bo‘lsa, u holda u yaroqsiz deb topilib, bosh pudratchi,
montaj qilayotgan tashkilot va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona vakillari
ishtirokida maxsus reklamatsiya dalolatnomasi tuziladi. Iloji bo‘lsa
mahsulot
ta’mirlanadi yoki ishlab chiqargan korxonaga qaytarib yuboriladi. Qurilish
maydoniga uning o‘rniga, yangi va sifatli mahsulot yetkaziladi.
8.1.6. Yig‘ma elementlarni taxlash
Konstruktsiyalarni asrashga ketgan mehnat sarfi montaj ishlarining umumiy
mehnat sarfidan metall konstruktsiyalar uchun 12 ...25% ni, temir beton
konstruktsiyalar uchun – 13...27% ni tashkil etadi.
Omborlar tekislab tayyorlangan maydonlarga joylashtiriladi, bunda
yog‘ingarchilik va erigan suvlarning oqish yo‘nalishi hisobga olinadi.
Omborlar
329
yuklarni keltirish yo‘llari yoqasida joylashgan markaziy omborlar va ob’ekt oldi
omborlarga bo‘linadi.
Yig‘ma konstruktsiyalar zahirasining miqdori ularni yetkazib berish
sharoitga bog‘liq bo‘lib, butun binoga yetarli elementlar hajmidan nolgacha
o‘zgarib turadi transport vositalarida montaj qilinganda. Odatda konstruktsiyalar
zahirasi montaj ishlarini bajarayotgan kranning 3...7 kun ishlashiga yetarli bo‘lishi
kerak. Alohida ekstremal sharoitlarda konstruktsiyalar zahirasi 1 oyga yetadigan
miqdorga yetkaziladi.
Konstruktsiyalarni ob’ekt oldi omborlarida asrash uchun quyidagilarga rioya
qilish kerak:
yig‘ma elementlarni taxlash va shtabellarga joylashtirish montaj
qilish ketma-ketligini hisobga olgan
holda montaj kranlarining
harakatlanish zonasiga joylashtirish;
katta massaga ega bo‘lgan konstruktsiyalarni montaj krani
yaqiniga joylashtirish;
yig‘ma elementlarni egilmaydigan va ifloslanmaydigan
sharoitlarda asrash;
ombor hududiga o‘tish va yurish yo‘llari ko‘rsatkichlarini
o‘rnatish;
hamma elementlarni o‘lchamlari 6 x 6 va 8 x 8sm li yog‘och
tagliklar ustiga taxlash, bunda elementlarning bir o‘qda yotishini
ta’minlash va konstruktsiyalar betonida yorilish va zo‘riqish
bo‘lmasligining oldini olish taqozo etiladi (8.2-rasm);
Omborlarda og‘irligi katta konstruktsiyalar
montaj kraniga yaqin qilib,
yengillari esa uzoqroqqa joylashtiriladi. Ombor maydonini qisqartirish maqsadida
konstruktsiyalar odatda tekis taxlab shtabellarda saqlanadi. Shtabellar orasidagi
o‘tish joylarini bo‘ylama tomonidan har ikkita yonma-yon shtabeldan keyin
ko‘ndalang tomonida 25 m dan kam bo‘lmagan masofada qoldiriladi.
330
Ko‘ndalangiga qoldirilgan o‘tish joylarining eni 0,7 m dan, shtabellar oralig‘idagi
uzilishlar 0,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Elementlarni taxlanishni shunday
tashkil etish kerakki, istalgan konstruktsiyaga yaqinlashib
markasini aniqlash va
montajga tayyorlash uchun imkoniyat bo‘lishi kerak.
Orayopma panellari, ustunlar, rigellar, ustun ustiga qo‘yiladigan va oraliq
plitalar shtabellarda gorizontal holatda tekis taxlanib saqlanishi kerak.
Shtabellarning eng maqbul o‘lchamlari: ustunlar uchun –4 qator, rigel va progonlar
uchun – 3qator, tomyopma va orayopma plitalar uchun – 10...12 qator,
lekin
shtabelning maksimal balandligi – 2,5 m dan oshmasligi shart.
331
8.2
– rasm. temirbeton (a) va b) metall konstruktsiyalarni(b)taxlanishi: 1–tagliklar;
2–oraliq qistirmalar; 3–metall tayanchlar; 4–kasseta.
Omborlarda devor panellari vertikal yoki metall piramida hamda
kassetalarda qiya holatda o‘rnatiladi, katta o‘lchamdagi pardevorlar ham xuddi
shunday yog‘och kassetalarga vertikal holatga yaqin qilib taxlanadi.
Bir qavatli sanoat binolarining temirbeton va metall karkas elementlari
o‘rnatiladigan joyiga yaqin qilib taxlanadi: yengil ustunlar – yuqori tomoni
poydevorga qilib, og‘ir ustunlar pastki tomoni poydevorga qaratib (8.3-rasm), kran
osti to‘sinlari – ustun qatorlariga parallel holatda orasidagi masofa 40...50 sm qilib
joylashtiriladi. Omborda yig‘ma elementlarni shunday joylashtirish lozimki, ularni
ko‘tarish va loyihaviy joyiga o‘rnatish paytida kran strelasi o‘zgarmasligi
ta’minlanishi, ya’ni kran strelasi montaj vaqtida ko‘tarilmasligi
va pastga
tushirilmasligi kerak.
8.3 rasm. Montaj zonasida ustunlarni taxlash
Do'stlaringiz bilan baham: