Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi
bо‘yicha kategoriyalari.
Yemirilgan tog‘ jinslari bog‘liqlik darajasi bо‘yicha kategoriyaga bо‘linadi:
I kategoriya
- sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari. Bо‘laklar orasidagi
kо‘p qavat oraliqlar soni bilan tavsiflanadi, lekin alohida bо‘laklar siqilishi va ular
orasida ilashish bо‘lishi mumkin. Jinslar sochiluvchan bо‘ladi va tо‘g‘ri kо‘rinishli
qiyalik hosil qiladi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K
p
=1,4-1,65 oralig‘ida, ba’zida
undan ham katta bо‘ladi.
II kategoriya
- bog‘liqli sochiluvchan yemirilgan tog‘ jinslari.
Alohida
tabiiy bо‘lmalar va bо‘laklar orasidagi katta bо‘lmagan oraliqlar (bо‘shliqlik) soni
bilan tavsiflanadi. Yumshanuvchanlik koeffitsenti K
p
=1,2—1,3.
III kategoriya
— bog‘liqli yemirilgan jinslar. Bir-biri bilan tо‘liq
ajralmagan, massivning tabiiy yoriqligi kо‘rinishda bо‘ladi. Yumshanuvchanlik
koeffitsenti K
p
=1,03—,05, ba’zida 1,05-1,1. Pog‘onalar tik qiyalikka ega.
Bо‘laklikni bо‘lakning о‘rtacha chiziqli о‘lchami bо‘yicha topiladi.
Buzilgan jinslar bо‘lakligi bо‘yicha beshta kategoriyaga bо‘linadi.
I kategoriya
— juda ham mayda yemirilgan jinslar eng katta bо‘lagi
о‘lchamlari 0,4÷0,6 mm gacha; d
cp
=0,1.
II kategoriya
—
mayda yemirilgan jinslar, bо‘laklar о‘lchami 0,6÷1,0
m.gacha; d
sp
=0,5÷0,25.
III kategoriya
— о‘rtacha yemirilgan jinslar, bо‘laklar о‘lchami 1,0 —1,4
m. gacha: d
cp
=0,25÷ 0,35 m.
IV kategoriya
- katta yemirilgan jinslar. Eng katta bо‘lagi о‘lchami 1,5÷2,0
m. d
cp
=0,4÷0,6 m.
V kategoriya
— eng katta yemirilgan jinslar. Tarkibidagi alohida bо‘laklar
о‘lchami 2,5÷3,0 m va undan ham katta bо‘ladi: d
cp
=0,7÷0,9 m.
Juda ham mayda, mayda va о‘rtacha yemirilgan sochiluvchan jinslar uchun
yumshanuvchanlik maksimal koeffitsenti chegaralangan va u asosan 1,5 dan
oshmaydi.
Portlatish usuli bilan yumshatilgan jinslar tegishli holda juda ham katta,
katta, о‘rtacha, mayda va eng mayda portlatilgan jinslar deb aytiladi.
Mexanik
yumshatish (yumshatgichlarda) natijasida olingan, bо‘laklari kattaligi 0,2 metrdan
katta bо‘lmagan mayda yumshatilgan jinslar,
maydalangan jinslar
, 0,1m dan katta
bо‘lmaganlarini esa
kichik qilib maydalangan jinslar
deb aytiladi.
Juda xam
maydalangan jinslarga bо‘lakchalar kattaligi 70, 40, 20, 10 mm ni tashkil etadigan
qirrali shag‘alli mayda shag‘al kiradi.
Qazib olishning texnologik sharoitlari bо‘yicha ruxsat etilganidan katta
о‘lchamiga ega jinsli bо‘laklar
noо‘lchamli
deb aytiladi. Ular qо‘shimcha
maydalanishi kerak. Noо‘lchamli bо‘laklar о‘lchami va chiqishi nisbiy tushuncha
bо‘lib, tashuvchi va yuklovchi vositalarning quvvati bilan aniqlanadi.
Ruxsat
etilgan bо‘lak о‘lchami qancha katta bо‘lsa, bir xil sifatli portlashdan noо‘lchamli
bо‘lakning chiqishi shuncha kam bо‘ladi.