- 892 -
Etambutol (diambutol, miambutol) yuqori darajada
silga qarshi faollikka
ega.
Eksperimental
tadqiqotlar
natijasiga
ko‘ra enteral qo‘llaganda
etambutolning faolligi izoniazidnikiga teng. Boshqa mikroorganizmlarga ta'sir
etmaydi. Etambutolning ta'sir mexanizmi hujayra qobig‘inining sintezini
susaytirish bilan bog‘liq deb hisoblashadi. Mikobakteriyalarning etambutolga
chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.
MITdan dori vosita to‘liq bo‘lmasada (tahminan ¾ qismi)
bakteriostatik
ta'sir etish uchun yetarli miqdorda so‘riladi.
Asosan buyrak orqali 1 sutka davomida ajraladi. Peshobda o‘zgarmagan
etambutol va uning metabolitlari aniqlanadi. Ularning kamroq qismi ichak orqali
ajraladi.
Etambutolni silning har-xil shakllarida, odatda boshqa dori vositalar bilan
birgalikda (masalan, rifampitsin + etambutol + izoniazid; rifampitsin+etambutol;
izoniazid+etambutol) qo‘llaniladi.
Etambutolning noxush ta'sirlari sifatida ko‘rishning buzilishi eng xos
hisoblanadi (Shu jumladan,
rang ajratish, ayniqsa, yashil va qizil ranglarni).
Agar ko‘z nervining yallig‘lanishi boshlansa bu asorat og‘ir kechadi.
Ko‘rishning buzilishlari odatda etambutol bilan davolash boshlangandan 2-6
oydan keyin yuzaga chiqadi va dori vositaning dozasiga bog‘liq. O‘z vaqtida
dori vositani qabul qilish to‘xtatilsa ko‘rish asta-sekin tiklanadi. Etambutol bilan
davolashda ana Shunday asorat yuzaga chiqish ehtimoli mavjudligidan ko‘zning
funksiyasini muntazam nazorat qilib turish lozim. Etambutol ta'sirida allergik
reaksiyalar kamdan-kam bo‘ladi.
Etionamid (tionid, trekator)ning ta'sir spektri
sil mikobakteriyasi va
moxov qo‘zg‘atuvchisi bilan cheklangan. Unga sil mikobakteriyasi tez ko‘nikish
(chidamlilik) orttirganligidan uni har doim boshqa dori vositalar bilan qo‘shib
ishlatiladi.
MIT dan yaxshi so‘riladi. Etionamid GEB dan yaxshi o‘tadi. Jigarda tez
parchalanib faolsizlanadi va peshob tarkibida asosan metabolitlar tarzida
- 893 -
ajraladi. Dori vosita ichishga va rektal kiritishga tavsiya etiladi. Tomirga kiritish
uchun etionamid gidroxloridini qo‘llashadi.
Etionamid
tez-tez
noxush
ta'sirotlar
rivojlantiradi.
Mahalliy
ta'sirlantiruvchi xossasi unda juda kuchli. Shu sababli ichilganda, tahminan 50%
bemorlarda, dispepsiya (ba'zan og‘ir kechadi) rivojlanadi.
Ularni kamaytirish
uchun nikotinamid beriladi. Shu bilan bir qatorda allergik reaksiyalar ham
uchraydi. Ba'zida gepatit, ortostatik kollaps,
periferik va markaziy nerv
sistemasida buzilishlar va boshqa noxush ta'sirotlar rivojlanadi.
Pirazinamid (treventiks) etionamidga o‘xshash dori vosita. U kam
zaharroq ekanligi xaqida ma'lumotlar mavjud. Pirazinamid tuberkulostatik (sil
qo‘zg‘aiuvchini rivojlanishini to‘xtatish) faolligi bo‘yicha PASKdan ustun
bo‘lsa ham, izoniazid, rifampitsin va streptomitsindan kuchsizroq.
Boshqa
mikroorganizmlarga ta'sir etmaydi. Faqat pirazinamidni o‘zini qo‘llaganda sil
mikobakteriyalarining unga chidamliligi tez rivojlanadi.
MITdan
yaxshi
so‘riladi.
Gematoensefalik
barerdan
o‘tadi.
Pirazinamidning asosiy mqdori va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi.
Boshqa dori vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Pirazinamidni kuniga 3-4
martadan enteral qo‘llashga (ichishga) beriladi. Noxush ta'sirotlardan eng
jiddiysi gepatotoksikligidir. Shu sababli pirazinamidni qo‘llaganda jigar
funksiyasini muntazam nazorat qilish darkor. Jigar funksiyasining buzilishi dori
vositani qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘ladi. Ko‘pgina bemorlarda dispeptik
o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Pirazinamid ta'sirida organizmda peshob kislotasini
to‘planib qolishi podagra xastaligi xurujlarini rivojlanishiga olib keladi. Allergik
reaksiyalar rvojlanishi mumkin (istmalash,
dermatitlar, eozinofiliya va
boshqalar)
Do'stlaringiz bilan baham: