O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Immun rag‘batlantiruvchi vositalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet460/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 
Immun rag‘batlantiruvchi vositalar 
Immuntanqis holatlarda, surunkali infeksiyalar, xavfli o‘simtalarning 
kompleks terapiyasida immun jarayonlarni rag‘batlantiruvchi (meyorlashtiruvchi) 
vositalar qo‘llaniladi. Immunrag‘batlantiruvchi sifatida biogen moddalar (timus, 
interferon, interleykin-2 dori vositalari, BSJ) va sintetik birikmalar (masalan 
levamizol) qo‘llaniladi.
Tibbiyot amalyotida timusning immun javobni rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega 
bo‘lgan qator dori vositalari (timalin,taktivin, va boshqalar) qo‘llaniladi.Ular 
polipeptid yoki oqsil tabiatli birikmalardir.Taktavin(T-aktavin) T-limfotsitlar soni 
va funksiyasini meyorlashtiradi (immuntanqis holatlarida) sitokinlar ishlab 
chiqarilinishini rag‘batlantiradi, T-killerlarni susaygan funksiyasini tiklaydi va uni 
immuntanqis holatlarda (onkologik bemorlarni nur bilan davolash va 
kimyoterapiyasi, surunkali yiringli va yallig‘lanishli jarayonlar va shunga 
o‘xshash) limfagranulomatozda, limfaleykozda, tarqoq sklerozda qo‘llaniladi. 
Sitokinlar guruhiga mansub bo‘lgan interferonlar viruslarga qarshi immun 
rag‘batlantiruvchi va antiprolifirativ ta’sirlarga ega. α-, β- va γ- interferonlar 
farqlanadi. Immunitetni kuchli darajada boshqarish xossasiga γ- interferon ega. 
Interferonlarni immunotrop ta’siri makrofaglarni, T-limfotsitlarni va tabiiy killer 
hujayralarni faollashtirishda namoyon bo‘ladi. Inson donor qonidan olinadigan 
interferonlarni tabiiy (interferon, interlok), hamda rekombinant interferonlar ( 
reaferon, intron-A, bettaferon )dori vositalari chiqarilmoqda. Ularni ko‘pincha 
virusli infeksiyalar (masalan: gripp, gepatit), hamda ba’zi o‘sma kasalliklarida ( B-
hujayralarning limfomasi ) qo‘llashadi.
Bundan tashqari immunorag‘batlantiruvchi sifatida ba’zan endogen 
interferonlar ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi interferonogen deb ataluvchilarni 
(masalan: poludan, prodigiozan) qo‘llashadi.Immunorag‘batlantiruvchi sifatida 
ba’zi interleykinlarni masalan: rekombinant interleykin-2 ni tavsiya etishadi.
BSJ-silga qarshi vaksinatsiya uchun qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ushbu dori 
vositani ba’zan xavfli o‘simtalarni kompleks davolashda qo‘llashmoqda. BSJ 


- 794 -
makrofaglarni, chamasi, T-limfotsitlarni rag‘batlantiradi. Bir qancha ijobiy 
natijalar o‘tkir mieloid leykemiyasida , limfomalarni ba’zi xillarida (xodjikin 
limfomasiga tegishli bo‘lmagan ), ichak va ko‘krak bezi rakida , peshob 
xaltasining yuzaki rakida qayd etilgan. 
Sintetik dori vositalardan biri bo‘lib, levamizon (dekaris) hisoblanadi . 
Gidroxlorid ko‘rinishida qo‘llaniladi. Kuchli darajada gijjalarga qarshi va immun 
rag‘batlantirish ta’siriga ega. Oxirgisining mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. 
Levamizon makrofaglar va T-limfotsitlarga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi 
haqida ma’lumotlar mavjud. Antitelolar ishlab chiqarilishini u o‘zgartirmaydi. 
Binobarin levomizonning asosiy ta’siri hujayra immunetetini me’yorlashtirishda 
namoyon bo‘ladi. Uni immuntanqis holatlarda, ba’zi surunkali infeksiyalarda, 
revmotoid artiritda va qator o‘smalarda qo‘llashadi. Levomizolni spetsifik ta’sir 
ko‘rsatuvchi dori vositalar bilan birgalikda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Bir 
marta ichilganda noxush ta’siri rivojlanmaydi. Shu bilan bir qatorda levamizonni 
davomli , ayniqsa katta dozalarda , qo‘llaganda turli xil va anchagina jiddiy noxush 
ta’sirlar yuzaga keladi. Jumladan kuchli darajada allergik reaksiyalar (toshma, 
isitmalash, stomatit) qon hosil bo‘lishini susaytirishi (neytropeniya, agranulotsitoz) 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari nevrologik (qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh 
og‘rig‘i, boshaylanishi) va dispeptik o‘zgarishlar kuzatiladi. Qon hosil bo‘lishi 
susayishi mumkinligini inobatga olib levamizolni davomli qo‘llashda periferik qon 
holatini nazoratga olish darkor.
Polioksidoniy va imunofan ham immun 
rag‘batlantirish xossasiga egadirlar. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish