Reja:
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati va
ularning manbalari
2. Marketing sohasining axborot tizimi sifatida
shakllanishi
3. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning
rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati
4. Axborotlar yig’ish, qayta ishlash va boshqarish
uchun tayyorlash
Marketingda axborotlarning ahamiyati
va
ularning manbalari
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojIanishi boshqarish tlzimini mukam
mallashtirish, axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy
iqtisodiyotnlng barcha tarmoqIari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib
vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va
tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnlka
taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi
ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va
murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar
intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan
axborotlaming miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon
mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100
mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab
chiqarish talab qilinadi. Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to‘la
foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki
bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega
bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1996-
yilda mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, bu
korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarini 92.5 foizi zarur
axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va
marketing muammolarini yechish uchun har
qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va
haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini,
raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar
to‘g‘risidagi ma’Iumotlarga ega bo‘lmasdan turib,
har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat
qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur
amerikalik marketologlardan biri shunday degan
edi: «Biznesni boshqarish — bu uning kelajagini
boshqarish, kelajagini boshqarish — axborotga
egalik qilishdir».
bozor
to‘g‘risidagi
axborotning
asosiy manbai
korxona xo‘jaIik faoliyati va uning
raqobatchilari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
mamlakat, rayon, tarmoq va
boshqalarning umumiy ijtimoiy-
iqtisodiy rivojIanlsh ko‘rsatkichIari
maxsus tadqiqot va
kuzatish natijalari
Korxona xo‘jaIik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichIari bilan
xarakterlanadi:
o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar)
sotishning mutlaq va qiymat miqdori;
xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish
quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xomashyo, zaxiralar darajasi,
mehnat unumdorligi;
sotishni tashkil qilish, tovar harakatlari yo‘nalishlari;
savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati,
baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;
kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi,
vazifalarning taqsimlanishi, yuqori lavozimlarning o‘rnini
bosish imkoniyatlari, ishchi va xizmatchilarning soni;
bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus
kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol
xususiyati; oxirgi va oraliq iste’molchilarning soni;
Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga
ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar
kiradi:
demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
aholi va korxonalarning daromadi, xarajati iste’mol
jamg‘armalarining tarkibi;
baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik
faoliyatini rivoj- lantirish, nazorat qilish va tartibga
solish shartlari;
qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;
raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham
ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |