B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/99
Sana14.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#550930
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Nazorat savollari: 
1. Lasossimon baliqlarning umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari qanday? 
2. Lassosimon baliqlarning sistematikasi bo’yicha sanang? 
3. Lasossimon baliqlarning sanoatdagi ahamiyatiqanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 


12-MA’RUZA 
Mavzu: Karpsimon baliqlar va ularning biologiyasi. 
Reja: 
1.Karpsimon baliqlar vakllarining sistematik, biologik, ovlanish xususiyatlari.
2. Karpsimon baliqlarning o‘ziga xos belgilari. O 
3. Orol dengizi havzalaridagi vakillari. Karpsimon baliqlarning jahon akvakulturasida 
istiqbolli obekti sifatida.
 
 
 
Tayanch iboralar:
Cypriniformes, jabra yoylari, tishlari, halqum tishlari, veber apparati, 
v’yunlar, mezokaroid, sikloid, metamormoz, vebyer apparati, pilorik pridatkilar, 
akklimatizatsiya, ikra, 
Karpsimon baliqlar
turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilar. Karpsimon 
baliqlar
(
Cypriniformes
) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko‘pchiligi chuchuk 
suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar baliqlar 
seldsimonlarga o‘xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar, miya 
qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan. 
Karpsimon baliqlarning xarakterli belgilari: 
-
og‘zida tishlari bo‘lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o‘rnashgan halqum tishlari bor; 
-
suzgich pufagi ichak bilan bog‘langan;
-
suzgichlari yumshoq; 
-
suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning labirint pardasi bilan 
tutashtiruvchi suyakchalar sistemasi – veber apparati bor. 
Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o‘tkinchi baliqlar bo‘lib, 
mo‘‘tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida – 
tog‘ daryolaridan tortib to balchiq ko‘llargacha yashaydi. Bularga qizilko‘z - chavoq, yaz, lin, 
karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog‘ora va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik turlari o‘troq - 
qizilko‘z, yaz, lin, karas. Lekin ayrim turlari yuqorida aytganimizdek o‘tkinchi - vobla, taran, 
qutum va boshqalar bular urchish uchun daryoga o‘tadi. 
Karpsimon baliqlar turkumining 4 ta kichik turkumlari bor 
1.
Xaratsinsimonlar (Characinoidei) 
2.
Elektr ugrilar (Gymnotoidei) 
3.
Karpsimonlar (Cyprinoidei) 
4.
Somsimonlar (Siluroidei) 
Somsimonlar laqqa baliqlar ham deyiladi.
Karpsimon baliqlar kichik turkumining 6 ta oilasi bor. 
1.
CHukuchanovlar oilasi 
2.
Vyunlar oilasi 
3.
Karplar (Cyprinidae) oilasi 
Karpsimonlarning tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan yoki yolong‘och. Bular asosan 
chuchuk suv baliqlari. Ba’zilari sho‘r suvda ham uchraydi.
Karplar oilasining xarakterli belgilari –
-
jag‘larida tish bo‘lmaydi,
-
xitinni va boshqa oziqni maydalash uchun xizmat qiluvchi orqa jabra yoyida 
joylashgan, 
-
tomoq tishlarining bo‘lishi; 
-
yog‘ suzgichlari yo‘q. 
Unchalik katta emas, uzunligi 20-40 sm. Ayrimlari 1 m etadi, masalan oq amur, usachlar, 
do‘ng peshona, sazan va boshqalar. 


Oziqlanishi turli – tuman. Masalan, sazan – hamaxo‘r, do‘ng peshona va oq amur – 
o‘simlikxo‘r, lesh – bentofag. Tuxum qo‘yib ko‘payadi, tirik tug‘adigan formalari yo‘q.
Karplar oilasi vakillari chuchuk suvlarda keng tarqalgan baliqlardir. Bu oilaga daryo va 
ko‘llarda yashaydigan qizilko‘z – chavoq, ya’ni plotva (Rutilus rutilus), Kaspiy-Volga havzasida 
yashaydigan Kaspiy voblasi (Rutilus rutilus caspius) (vobla o‘tkinchi baliq), daryo yazi 
(Leuciscus idus), Volga kaspiy leshchi (Abramis bramas) (leshch o‘tkinchi), zog‘ora baliqlar 
(Cyprinus carpio) va uning xonaki irqi karp, karas (Carassius carassius), lin (Tinca tinca) va 
boshqalar kiradi.
Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida 
uchraydigan mo‘ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga 
kiradi.
Plotvalar avlodiga plotva, taran, kaspiy voblasi, orol plotvasi kiradi. 
Qora amur avlodiga qora amurni o‘zi kiradi. Suzgichlari qora. Iqlimlashtirilgan.
Oq amur avlodiga oq amur kiradi. Tana rangi och rang.
Elsilar avlodiga oddiy elsi, chebak, amur chebagi va boshqalar kiradi.
Qizil qanot avlodi, jerexlar avlodi, shemaylar avlodi, leshch avlodi, lin avlodi va boshqalar 
kiradi. 
Usachlar kenja oila – usachlar avlodi, xramuli avlodi kiradi. 
Keng qorinli karplar kenja oilasiga marinkalar kiradi.
Sazanlar kenja oilasiga – sazan yoki karp, karaslar (oltin karas, kumush kras) kiradi.
Do‘ng peshona kenja oilasiga oq do‘ng peshona, chipor do‘ng peshona kiradi. 
Sultirine kenja oilasiga leshlar kiradi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish