texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, PhD.
Kirish
Mamalakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining
salmog‘i katta. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini
modernizatsiyalash va texnik kayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta
xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bо‘yicha kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Paxtachilik tarmogini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori
qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab
chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chikish,
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yunalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni
izchil amalga oshirish maqsadida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida
ma’muriy isloxotlar konsepsiyasiga muvofik “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
Shunga asosan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
22 iyunidagi 397 sonli Paxta-tо‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi qaroriga asosan 96 ta paxta-tо‘qimachilik ishlab
chiqarish va klasterlari faoliyat yuritadi.
Zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilg‘or ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy qilish, sohaga investitsiyalar jalb etish, xom ashyoni
qayta ishlashga beruvchi sifatida paxta tozalash korxonalariga ular tomonidan
paxta-tukimachilik klasterlari tizimida faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va
tajriba-eksperimental tadqiqotlarni rivojlantirish, sohaga innovatsion goya,
ishlanma va texnologiyalarni joriy etish belgilangan.
Bunday ishlarni talabalar "Mashinalarni loyihalash asoslari" fanini
mukammal o‘zlashtirishlari zarurdir. Har bir amaliy mashg‘ulot ishiga talaba
bеrilgan adabiyotlarga asosan tayyorgarlik qilishi kеrak. Talabaning oldiga
qo‘yilgan savollarga u amaliy mashg‘ulot ishida javob topishi mumkin.
Amaliy mashg‘ulot ishidan so‘ng talaba chizmalarni bajargan holda
mashinalarga quyiladigan texnologik talablarni, uskunalarning asosiy ishchi
qismlarini hisobi bajariladi. Yakunniy xulosalar aniq va qisqacha bajarilishi kеrak.
Amaliy mashg‘ulot ishini bajarish kafеdra qoshidagi kichik paxta tozalash
korxonasining ekspеrimеntal va ishlab chiqarish uskunalarini o‘rganib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: