14-mavzu. Taqsimlash logistikasi. Reja


taqsimlash  (distrib‟yutsiya)



Download 386,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.04.2022
Hajmi386,26 Kb.
#550187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU

taqsimlash 
(distrib‟yutsiya)
– tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi (yoki 
o’rtadagi) iste’molchilar, sotuvchi tashkilotlar sari harakatlari, sotuvdan oldingi va 
keyingi servis xizmatlaridan iborat logistik faollikdir. “Tashkilotni boshqarish” 
yo’nalishidagi entsiklopedik lug’atga ko’ra 
tarqatish (taqsimlash, yetkazib 
berish)
– tovarning foydalanish sohasiga o’tish jarayonining dastlabki bosqichi; 
tovarni tarqatish; tovar oldi-sotdisi. Mazkur lug’atda keltirilishicha, 
taqsimot 
logistikasi
logistikaning mahsulotni taqsimlash qonun va qonuniyatlarini o’rganish 
haqidagi bo’limidir. 
Bunday faoliyat bozor ehtiyojlarini o‟rganishdan boshlab 
samarali transport-ekspeditsiya xizmatini tashkil etish asosida ularni to‟la-
to‟kis qondirishgacha bo‟lgan taqsimlash zanjirini o‟z ichiga oladi. 


A.Kanseni tushunchasiga ko’ra, 
taqsimot logistikasi bu
– tayyor 
mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun amalga oshiriladigan tashish, ortish-
tushirish, omborlashtirish, axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi 
operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi fandir. 
V.Radionova va boshqa mualliflarning fikricha, 
taqsimot logistikasi
material 
oqimni turli ulgurji xaridorlar o’rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan 
o’zaro bog’langan funktsiyalar kompleksidir. Bunday taqsimlash kerakli tovarlarni 
kerakli manzillarga, o’z muddatida, minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish 
maqsadida amalga oshiriladi. 
Tayyor mahsulotni taqsimlash moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqarish 
va ularni iste’mol qilish o’rtasidagi bo’g’in bo’lib, ishlab chiqarishdagi aylanma 
vositalarning aylanish uzluksizligini ta’minlovchi muhim omildir. Eski sotsialistik 
mamlakatlar iqtisodiyotida uzoq muddat davomida mahsulotni taqsimlash sohasiga 
yetarli e’tibor berilmadi. G’arb mamalakatlarida esa bu eng asosiy yo’nalish 
hisoblanar edi. Bundan tashqari, mahsulot va tovarlarni taqsimlash hamda yetkazib 
berish sohasi oqimlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchigacha bo’lgan 
sekinlashuvchi harakati bilan xarakterli edi, bunda qondirilmagan talablar yuqori 
darajada, mahsulot va tovarlar yetishmovchiligi, iste’molchi ehtiyojini ishonchli 
ta’minlash darajasi va xizmat ko’rsatish sifatining pastligi kabi jiddiy kamchiliklar 
mavjud edi. 
O’tgan davrlarda mahsulot va tovarlarni taqsimlash sohasi doimo “qoldiq 
tamoyili” ostida moliyalashtirilib, boshqaruv rahbariyatida mazkur soha 
ahamiyatini kamaytirish va odilona tushunmaslik kamchliklari mavjud edi. 
Taqimlash sohasining ko’p turdagi material oqimlarni boshqarish tizimi tashkiliy-
texnologik bazasi va infrastrukturasi o’zaro yetarli darajada bog’lanmagan vertikal 
tekislikda markazlashgan tarmoq va hududiy ta’minot hamda tarqatish organlari 
tashkil etardi. Ularga misol sifatida sobiq Ittifoq miqyosida faoliyat ko’rsatgan 
“Davta’minot”, “Davqurilish”, “Davagrosanoat” va “Davneftmahsulot” kabi 
tuzilmalarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davrda sobiq Ittifoq tasarrufida bo’lgan 
barcha respublikalar ishlab chiqaruvchilari hozirgacha ham ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni sotish va taqsimlashda, bozor qitisodiyotini o’rganishda, iqtisodiy 
jihatdan eng ratsional sotuvchi va taqsimlash kanallarini tanlashda katta 
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bunday holatning asosiy sabablari sifatida 
logistik xarajatlar yuqoriligi, tovar harakatini ta’minlovchi infratuzilmaning sekin 
rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar tovar harakatida, tashishda, uni 
omborlashtirish va saqlashda keng qo’llanilmasligi hamda shu kabi ko’plab 
kamchiliklarni keltirish mumkin. 
Hozirgi paytda tayyor mahsulotlarni taqsimlashda logistik xizmatlar 
autsorsingi ahamiyati oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning logistik funktsiyalari 


autsorsingsiz kam va mutlaqo samarasiz bo’lib qoladi. Bu esa ishlab chiqarish va 
infratuzilmaga oid faoliyatlar afzalligini tenglashtirib qo’yadi, ko’p hollarda 
ularning afzalliklari o’rnini almashtiradi. CHunki autsorsing kompaniya uchun 
bajarish mushkul va samarasiz bo’lgan yo’nalishlarda shunday faoliyatga 
ixtisoslashgan boshqa firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanishni ko’zda tutadi. 
Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan va hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti 
mexanizmlarini rivojlantirayotgan ko’plab mamlakatlarning xom ashyo, tovar va 
materiallar yetkazib berish tizimida Rossiyaga xos deb ko’rsatilgan quyidagi 
kamchiliklar mavjud: 
-
asosiy diqqat-e’tibor ishlab chiqarishga qaratilganligi hamda 
taqsimlash va ta’minlash sohasiga yetarli e’tibor berilmayotganligi; 
-
taqsimlash va ta’minlash sohalarining “qoldiq tamoyili”ga ko’ra 
markazlashgan holda moliyalashtirilishi; 
-
tovar material resurslarning markazlashgan taqsimlash shakllari bekor 
qilinganligi va yagona tovar o’tkazish tizimi izdan chiqib ketishi; 
-
tovarlarning 
ishlab 
chiqaruvchilardan 
iste’molchilarga sekin 
harakatlanishi; 
-
qondirilmagan talablar ko’pligi va yetishmovchilik mavjudligi; 
-
iqtisodiyotni boshqarishda tovarlarni taqsimlash va ular bilan 
iste’molchilarni ta’minlash masalalariga e’tibor sustligi; 
-
sanoat va savdo-sotiq sohalarida taqismlash tizimlarini kompleks 
rivojlantirish rejalari tuzilmaganligi; 
-
tovar aylanishi tizimida xarajatlar yuqoriligi va ulgurji savdo 
tashkilotlarida tovarlar bo’yicha ixtisoslashish yo’qligi; 
-
omborxona majmuasidan samarali foydalana olmaslik oqibatlari
-
o’rta va yuqori darajadagi ulgurji savdo tizimlarida tovar bozorlari 
tashkil etilmaganligi; 
-
tarqatish 
va 
ta’minot 
tizimlarining 
zamonaviy 
axborot-
kommunikatsiya texnologilari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori 
emasligi; 
-
avtomobillarda va mulьtimodal tashish tizimlari va terminallarning 
texnik, texnologik darajasi yuqori emasligi; 
-
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy transport vositalari 
yo’qligi; 
-
transport vositalarining eskirib ketganligi; 
-
ombor xo’jaligining texnik, texnologik bazasi past darajada ekanligi; 
-
yuklarni qayta ishlash, qadoqlash va o’rashga oid zamonaviy 
texnologik qurilma va uskunalar yetishmasligi; 


-
ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi 
pastligi; 
-
zamonaviy tara va o’rash vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar 
rivojlanmaganligi va sh.k. 
Taqsimot logistikasini boshqarish ob’ekti yuqorida ta’kidlanganidek, bu 
material oqim va uning harakatini ta’minlovchi axborot, moliya, xizmat va shu 
kabi ishlardir. Moddiy oqimlar harakati jarayonini boshqaruvchi sub’ektlar 
quyidagilar bo’lishi mumkin: 

ishlab chiqaruvchilar; 

vositachi institutlar (savdo sotiq va funktsional vositachilar); 

oxirgi iste’molchilar 
Yuqorida ko’rsatilgan vositachi instiutlarning ko’pligi va ulardan 
foydalanish mezonlari va variantlari turlichaligi tovar va mahsulotlarni tarqatish 
(etkazib berish) jarayonini optimal boshqarishni qiyinlashtiradi. Bir tomondan 
tovar - material oqimini yetkazib berish jarayonining logistik zanjir o’rtasida 
turuvchi bo’g’inlarni kamaytirish asosida tezlashtirish maqsadiga intilsak, ikkinchi 
tomondan har bir bug’inda bajariladigan funktsiyalarni ixtisoslashtirish istagi 
o’rtada turuvchi vositachilar sonining oshishini taqozo etadi. 
SHunday qilib, o’rtada turuvchi vositachi institutlar orqali mahsulot va 
tovar tarqatish jarayonlarini tizimli takomillashtirish – taqsimot logistikasining 
asosiy vazifasi va uning faoliyatini muhim sohasi hisoblanadi. 
Taqsimot logistikasining mikro va makro darajalardagi funktsional 
ta’minlanishini uning ob’ekti va sub’ekti bilan bog’langan holda aniqlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Taqsimot logistikasining ob’ekti – tovar-material va uni 
ta’minlovchi yordamchi oqimlar hisoblanadi. Uning sub’ekti esa –tarqatuvchi 
tarmoq ishtirokchilari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, tovar-material oqim harakatini 
ta’minlovchi, turli funktsiyalarni umumlashtiruvchi vositachi institutlar va oxirgi 
iste’molchilardir. Taqsimot logistikasi sub’ektlariga quyidagi elementlarni kiritish 
mumkin:
-
makrodarajada yetkazib beruvchi (tarqatuvchi) tashkilotlar, 
taqsimlash markazlari va omborlar, transport tashkilotlari, sug’urta 
kompaniyalari, axborot ta’minoti korxonalari, savdo tashkilotlari, konsalьting 
firmalar; 
-
mikrodarajada logistika bo’limi, taqsimot bo’limi, omborlar, 
transport va axborot bo’limlari, moliya, standartlashtirish va sifat bo’limlari; 
Taqsimot logistikasining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: 
-
makrodarajada taqsimlash (tarqatish) kanallari va tarmog’ining 
tashkiliy tuzilmasini yaratish, taqsimlash kanallarida distryubьyutiv 
markazlar (bazalar, omborlar) va boshqa logistik bo’g’inlarni joylashtirish, 


tayyor mahsulotni tashish, taralarni qayta tashib kelish, tarqatish va yig’ish, 
omborlar tizimida tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, joylashtirish va 
saqlash, zahiralarni boshqarish, tayyor mahsulotga egalik huquqini berish, 
tovarlarning buzilmasligi va himoyalanishini ta’minlash; 
-
mikrodarajada buyurtmalar olish va qayta ishlashni ta’minlash, 
mahsulot va tovarlarni sotishni tashkil etish, ularni o’rash variantlarini 
tanlash va komplektlashtirish, mahsulotni jo’natish, iste’molchi manziliga 
tashib yetkazilishini nazorat qilish va topshirish, sotuvdan keyingi 
xizmatlarni tashkil etish, omborlarda tovar harakatini hisobga olish. 
Taqsimot logistikasining ta’minlovchi funktsiyalari standartlashtirish, 
moliyalashtirish, tavakkalchilikni sug’urtalash, axborot va ilmiy ta’minot hamda 
logistik servisdan iborat bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali 
bajariladi: 
-
makrodarajada 
– tavakkalchilikni sug’urtalash, narxni 
shakllantirish, mahsulot va tovarlarni tarqatish va bunda maxsus logistik 
funktsiyalarni 
bajarishning 
axborot-kompьyuter 
tizimida 
qo’llab- 
quvvatlashni amalga oshirish; 
-
mikrodarajada – tayyor mahsulot sifatini saqlash borasidagi 
standartlar bajarilishini ta’minlash, soliq to’lovlari, mahsulotni yetkazib 
berish rejasi bajarilishini nazorat etish. 

Download 386,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish