Yusupov FURQAT
Xristo Stoichkov (Bolgariya):
– Men Kataloniya tarixini juda yaxshi bilaman. “Barsa” uchun “Real”
nima, “Real” uchun “Barsa” nima ekanligini ham tushunaman. Agar
Mad ridga atom bombasini tashlashni ixtiyor etadigan biror inson topilsa,
uning qo‘lini siqib qo‘yishga tayyorman (“Barselona”ning afsonaviy o‘yin-
chisi, “Real” haqida).
– Bir paytlar, meni to‘xtatish uchun pistolet kerak, deyishardi. Messini
to‘xtatish uchun esa hatto pulemot ham yetarli emas.
Zlatko Zaxovich (Sloveniya):
– “Manchester Yunayted” bilan o‘yinda stadionni to‘ldirish uchun ye-
tarli darajada muxlis topilmaydi. Sizlar yaxshisi xokkey o‘ynaganinggiz
ma’qul. Bu ish sizning qo‘linggizdan yaxshi keladi (Ruslar haqida).
Vinni Jons (Uels)
– Birinchi bo‘lib kimni urganman, bilasizmi? Tug‘ilayotgan vaqtimda
onamga doyalik qilgan hamshirani urganman.
– Agar Krishtianu bizning vaqtimizda o‘ynaganida, unga hali o‘n yard
uzoqdaligimdayoq og‘riqdan baqirib yotgan bo‘lardi.
– Xudo futbolchilarning oyog‘ini nega yaratgan, bilasizmi? Men
tepishim uchun.
– Men kitob o‘qishni yoqtiraman. Ayniqsa, buyuk insonlarning biografi-
yasini qiziqish bilan o‘qiyman. Hozir o‘zimning biografiyamni o‘qiyapman.
Ajoyib kitob ekan.
165
FUTBOL FALSAFASI
– Men zinhor zo‘ravonlikni targ‘ib qilmayman. Shunchaki, ba’zilarning
o‘zi shunday qilishadiki, menda boshqa yo‘l qolmaydi.
– Men hech qachon futbol simulyatorlarini o‘ynamayman. Bu menga
juda qimmatga tushadi. Joystik faqat bir taymga yetadi, televizor esa bir
yarim taymda rasvo bo‘ladi.
– Eng tez chetlatish? Menimcha, pastki oltinchi tishim milki pilla
bo‘lganda jag‘im shishib ketganda tish uzdirganim bo‘lsa kerak. Darvoqe,
bu kareramdagi men rozi bo‘lgan yagona chetlatish bo‘ldi.
– O‘yin paytida birovning oyog‘ini to‘p bilan adashtirib yuborish juda
oson. Ayniqsa, o‘sha oyoq egasining basharasi menga yoqmay turgan
bo‘lsa…
– Shu o‘yin paytida doktorlar yugurib maydonga chiqib kelishadi-ku,
shuning o‘rniga ikkita chiroyli qizlar chiqsa bo‘lmaydimi? Ishoning, bu
ko‘proq muzlatgan bo‘lardi.
– Ha, men nomunofiq hududda ulg‘ayganman. Biroq hamma men
o‘sgan hududdagi va aynan men to‘p tepgan futbol maydonini muvofiq deb
bilardi.
– O‘yin oldingi ko‘rsatmalar chog‘ida murabbiy hech qachon menga
taktika yoki sxemalarni tushuntirmasdi. U shunchaki raqib futbolchisining
familiyasini aytib qo‘yardi.
– Aytishadi-ku, agar birov sening chap yuzingga ursa, sen uning o‘ng
yuzini majag‘lab tashla. Iye, bunaqa deyishmasdi?
166
Do'stlaringiz bilan baham: |