Yusupov FURQAT
1996-1997-yillar mavsumida Meksikaning “Monterrey” klubi
o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri – Xesus Arelyanoga “400”
raqamini bergan. Buning sababi shuki, futbolchining ona shahri
o‘zining 400 yillik yubileyini nishonlayotgan edi. Braziliyaning
“Goyas” jamoasi darvozaboni Xarli ham 400-yubiley o‘yinida aynan
shu raqamli futbolkadan foydalangan. Avstriyalik Andreas Xersog
terma jamoadagi o‘zining 100-o‘yinida egnidagi libosga 1 va 2ta nol-
ni yozib, muxlislarni hayratga solgandi.
1958-yilgi jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kirit-
gan Braziliya terma jamoasi darvozaboni Jilmar “3” raqami ostida
harakatlangan. Gollandiya terma jamoasi golkiperi Yangblad esa
mundialda “8” raqami ostida ishtirok etgan.
2011-yilgi Osiyo kubogida hamyurtlarimizning yarim finalga
chiqishlarida katta xizmat qilgan Ulug‘bek Baqoyev hujumchilar
uchun noodatiy “2” raqamida 2ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol
urgani barchamizga ma’lum.
Yaponiyada ko‘plab futbolchilar 4 - raqamli libos ostida o‘ynash-
dan bosh tortishadi. Fonetika nuqtai-nazaridan, “kunchiqar mam-
lakat”da “4” raqami “o‘lim” so‘zi bilan ma’nodosh. Shu tufayli
yapon futbolchilari bu raqamni xosiyatsiz sanab, undan yiroqroq
yurishadi.
Chililik Ivan Samorano “Real”dan Milanning “Inter” klubiga
o‘tgach, o‘zining sevimli raqami - “9”dan foydalanardi. Lekin keyin-
chalik jamoaga Ronaldo kelgach, Samoranoning raqamini braziliya-
lik futbolchiga berishdi. Shunda “Ivan Grozniy” “18”ni o‘ziga oldi,
faqat raqamlar orasiga “}” belgisini qo‘shib qo‘ydi.
“Inter”ga o‘tib, Ivandan “9” raqamini “tortib” olgan Ronaldo
esa, “Milan”da shu raqamni jamoaning fantastik hujumchisi Filippo
Inzagidan ololmadi. Shu sababli u 2ta to‘qqizni birlashtirishga qaror
qildi va “99”ni hosil qildi. Qizig‘i, u “Milan”dagi faoliyati mobaynida
281
FUTBOL FALSAFASI
aynan 9ta gol urdi. Keyinchalik “Milan” tarkibiga qo‘shilgan brazili-
yalik yana bir mashhur futbolchi Ronaldino ham odatiy raqami band
bo‘lganligi bois o‘zining tug‘ilgan yilini eslatuvchi “80” raqamini
olishga qaror qildi. Ushbu futbolchilardan keyin “Milan”ning yana
ikki a’zosi noodatiy raqamlarni ko‘z-ko‘z qildi. Robino “70” raqami-
ni olgan bo‘lsa, Antonio Kassano Ronaldodan qolgan “99”ni tanladi.
Argentina futbol federatsiyasi 1974-yildan 1986-yilgacha bo‘lgan
davrdagi jahon chempionatlarida janjallar oldini olish maqsadida
futbolchilarga raqamlarni alfavitga qarab taqsimlashni odat tusiga
aylantirgandi. Shu sababli kiper Ubaldo Filol o‘z darvozasini dastlab
“5”, keyin esa “7” raqami ostidagi liboslarda qo‘riqlardi, yarim hi-
moyachi Osvaldo Ardiles esa JCh-82da “1” raqami ostida maydonga
tushib, hatto raqib darvozasini ishg‘ol etishga musharraf bo‘lgan...
“Rubin” futbolchisi Kokdeniz Karadeniz libosidagi “61” raqa-
mi Trabzon hududining avtomobil kodini anglatadi. “Spartak”dan
“Chelsi”ga o‘tgan Yuriy Jirkov “18” raqamida maydonga tushgan-
di. Bu uning 18 mln. funt sterlingga sotib olinganini bildirib turgan
emish.
Maksim Shatskixning sobiq jamoadoshi – Vladislav Vashuk
“Spartak”dan “Dinamo”ga o‘tgach, “27” raqamini tanlagandi. Bun-
ga o‘g‘lining 27-sanada tug‘ilganligi sabab bo‘lgan ekan.
282
Do'stlaringiz bilan baham: |