w-zarracha
" deb ataydilar.
Uni inglizcha
weak
- zaif, kuchsiz ma'nolaridagi so‘zning bosh harfidan olingan.
Gravitatsiya ham zaif bo‘lsa-da, harholda sezilarli kuch bo‘lganligi uchun, uni ham qandaydir zarrachalar tashishi turgan gap.
Fiziklar gravitatsiyani tashuvchi zarrachani
graviton
deb nomlaganlar. Nazariy fizika gravitonning xossalarini ham aniqlab bo‘lgan. Unga
ko‘ra, graviton elektr zaryadga ega bo‘lmagan, ya'ni, neytral zaryadli zarrachadir.
Boz ustiga, graviton massaga ham ega emas.
Massasi bo‘lmagandan ushbu zarracha yorug‘lik tezligida harakatlanishi mumkin. Graviton barqaror zarracha bo‘lib, u
elementar zarra
,
ya'ni, tarkibiy qismga bo‘linmaydi. Ya'ni, u shunday yaratilgan.
Agar mutolaachilar ichida neytrino bilan tanishlar bo‘lsa, uning va gravitonning xossalari o‘zaro juda-juda o‘xshashligini payqagan
bo‘lishsa ajab emas.
Haqiqatan ham, ushbu ikki elementar zarracha bir-birining ko‘p xossalarini takrorlaydi. Neytrino ham massaga ega
emas va u ham yorug‘lik tezligida harakatlanadi. Neytrinoning ham elektr zaryadi neytraldir.
Shunga qaramay, graviton va neytrino muayyan farqlarga ham ega. Neytrino ikki xil bo‘ladi: elektron neytrino va myu-mezon neytrino.
Ularning har ikkalasi o‘z antizarrasiga ega.
Bu degani, tabiatda neytrinoning to‘rt xil shakli mavjud demakdir. Graviton esa yakka
zarrachadir. U bir vaqtning o‘zida ham o‘zi uchun antizarra bo‘ladi.
Gravitonning spini 2.
Neytrino esa, aksariyat subatom zarrachalar singari ½ spinga ega (shuningdek, 0 spinga ega bo‘lgan ayrim
mezonlar hamda, spini 1 bo‘lgan foton mavjud).
Endi balki, fiziklar singari, sizning ham hafsalangizni pir qiladigan gapni aytarman (faqat mendan o‘pkalamang iltimos
), gravitonni
shu paytgacha hali hech kim "tutib" ola olmagan. Ya'ni, u amalda aniqlanmagan. Graviton hali hanuz
nazariy - gipotetik zarracha
sifatida qolmoqda va nazariyotchi hamda amaliyotchi fiziklarga tutqich bermay kelayotir. Uni tutish nihoyatda qiyin. Neytrinoni tutish
11.03.2022, 09:08
Tutqich
bermas graviton
https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=69%3Aqiziqarli-fizika&id=792%3Atutqich-bermas-graviton&tmpl=component&print=1&layout=… 6/6
Yangilаndi: 04.12.2018 10:35
fiziklar uchun nihoyatda qiyin bo‘lgan edi. Neytrino massaga va elektr zaryadiga ega bo‘lmasa ham, harqalay muayyan qiymatdagi
energiyaga ega zarrachadir. Ushbu energiyani esa qandaydir yo‘l bilan o‘lchasa bo‘ladi. Aslida ham neytrinoni
aynan energiyasidan
"ushlab" "tutib" olishgan.
Gravitonchi?
10
42
soni esingizdami?
Alohida bir yakka holdagi graviton neytrinodan ham trillionta trillion marta kam energiyaga ega bo‘ladi. Neytrinoni o‘zini kashf etish
qanchalik qiyin bo‘lganini bilgan va ongli ravishda tahlil qilgan holda, qo‘rqmay aytish mumkinki, gravitonni "tutish" undan ham mushkul
bo‘ladi. Gravitonni tutish mutlaqo imkonsiz deyish fikridan yiroqman. Lekin, uni yaqin yillar ichida kashf qilinishi ham unchalik ishonib
bo‘lmaydigan narsa...
Nima ham derdik, amaliyotchi fiziklardan yangiliklarni kutib qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:
https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:
@OrbitaUz
Google+ :
https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:
https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi
kеyingi >