Radioaktivlik
Radioaktivlik (radio... va activus —
taʼsirchan) — kimyoviy element beqaror
izotopining elementar zarralar yoki
yadrolar chiqarib oʻz-oʻzidan boshqa
element izotopiga aylanish krbiliyati.
Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda
boʻladigan R. tabiiy R., yadro reaksiyalari
vositasida olinadigan izotoplarning R.i
sunʼiy R. deyiladi. Sunʼiy va tabiiy R.
orasida hech qanday farq yoʻq. Ikkala
holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish
jarayoni bir xil qonunlarga boʻysunadi.
R. hodisasini birinchi marta 1896 y.da A.
A. Bekkerel kashf qilgan. U uran
tuzlaridan nomaʼlum nurlar chiqishini, bu
nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil
moddalardan oʻtishini, fotografiya
plstinkasini qoraytirishini birinchi boʻlib
aniqladi va ularni radioaktiv nurlar deb
atadi. Tez orada toriyning R.gi aniqlandi.
1898 y.da esa M. Sklodovskaya Kyuri va
P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element
(poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E.
Rezerford va yuqorida nomlari zikr etilgan
olimlarning kuzatishlari natijasida
radioaktiv moddalar oʻzidan uch xil
koʻrinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi
aniqlandi va bu nurlarning tabiati
oʻrganildi: anurlar ikkita musbat zaryadga
ega boʻlgan geliy atomining yadrosidan
iborat; rnurlar manfiy zaryadga ega
boʻlgan elektronlardan iborat; unurlar
rentgen nurlariga oʻxshaydigan
elektromagnit nurlanishdir.
R.ning maʼlum boʻlgan asosiy turlari
quyidagilardan iborat: 1) sxemirilish; 2)
remirilish (shu jumladan, Ktutish); 3)
protonli R.; 4) ogʻir yadrolarning spontan
ravishda boʻlinishi. Radioaktiv yemirilish
natijasida hosil boʻlgan yadrolar
radioaktiv boʻlishi va ularning
yemirilishidan hosil boʻlgan yangi yadrolar
ham yana radioaktiv boʻlishi mumkin va
h.k. Tabiatda uchta radioaktiv kator
mavjud ekanligi aniqlangan boʻlib, ular
uran, toriy va aktinouran elementlaridan
boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi
mahsulot qoʻrgʻoshin izotoplari, yaʼni
birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv,
ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida 207Rv
boʻladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi
koʻrsatadiki, dt vaqt ichida yemiriladigan
yadrolarning soni dN radioaktiv
yadrolarning umumiy soni TV ga
proporsional boʻlib, radioaktiv yemirilish
eksponensial qonun boʻyicha kechadi:
N=Noe~x"; bunda N —t paytdagi
yemirilmagan yadrolar soni, No —
boshlangʻich paytdagi yemirilmagan
yadrolar soni va ^.yemirilish doimiysi;
yadroning ichki tuzilishiga bogʻliq boʻlgan
oʻzgarmas miqdor. Radioaktiv
yemirilishning eksponensial qonuni
statistik qonun boʻlib, faqat juda katta
sondagi atomlar uchun oʻrinlidir.
Boshlangʻich paytdagi yadrolar miqdori
yarmisining yemirilishiga ketadigan vaqt
moddaning yarim yemirilish davri T
deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan
quyidagicha bogʻlangan: T=0,603 X.
Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi
uran nU, torii ^Th va aktinouran 92i
elementlarining yarim yemirilish davrlari,
mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va
7,13YU8 yilga teng .
R., asosan, kyuri yoki uning ulushlari
orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 kyuri sifatida
radioaktiv moddaning bir sekundda
Do'stlaringiz bilan baham: |