Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 471,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/46
Sana03.01.2021
Hajmi471,08 Kb.
#54482
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

 

 

YAXSHI SO’Z -MUXTASAR 

Bir donishmanddan shogirdlari: 

-Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz?- deb so’radilar.  




 

23 


Donishmand: 

-Hech qayerda hech kimga birorta so`z so`zlamang, sukut eting ,-deb javob 

berdi. 

Shunda shogirdlari: 

-Axir,doim  sukut  etib  yuraveramizmi,  bu  mumkinmi?  Boshqacha  yo`l 

ko`rsating!-dedilar. 

Donishmand maslahat berdi: 

-Sukut  eta  olmasangiz,  so`zlang  ,  lekin  qisqa  va  ma`noli  so`zlang  , 

og`zingizdan sira nojo`ya so`z chiqmasin. Yomon so`z tinglovchining so`zini xira 

qiladi, bundan saqlaning. 

Bayt: 

Yaxshi so`zdan ko`rasan mehr-u vafo, 



Nomunosib so`zlasang, yetkay jafo. 

Ha,  til  bo`lsa  ham,  bo`lmasa  ham  -  boshga  balo.  Shuning  uchun 

donishmandlar  so`zni  doriga  o`xshatadilar.  ”Ortiqchasi  zarar  keltiradi,”-  deydilar. 

Bu fikrni ulug` bobokalonimiz Yusuf  Xos Hojib  o`zining ”Qutadg`u bilig” nomli 

ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: 

Tilingni avayla – omondir boshing, 

So`ziningni avayla – uzayar yoshining. 

Kishi so`z tufayli bo`ladi malik, 

Ortiq so`z qiladi va boshni egik. 

Bu  fikrlar  bundan  o`n  asr  ilgari  aytilgan.  Shundan  buyon  bu  mavzuda  yana 

qanchadan-  qancha  durdona  fikrlar  dunyoga  keldi,  ammo  odamlarning  SO`Zga 

bo`lgan munosabati hamon turligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri                        

 

         Tolib Yo`ldosh shunday izohlaydi:  



         Bir so`z bilan har kishi  

          O`zligini ko`rsatar, 

         So`z gavharin ko`pincha  

         Dono olar,  ko`r sotar. 

Afsuski,  o`zlarining  bo`lar-  bo`lmas  gaplari,  mahmadonaliklar  bilan 

kishilarning  asabiga  tegadigan  va,  eng  muhim,  ularning  sog`lig`ini,  qimmatli 

vaqtlarini og`irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq 

maktubday  yoyib  yuradigan  bunday  kimsalrga  ko`cha-ko`yda  ham,  oshxona  va 

majlislarda ham, bazm –u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. 

Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan 

itga  o`xshatadi  va  davom  etib  yozadi:  “O`z  gapirmoq  hikmatga  sabab.  Og`ziga 

kelganni demoq- nodonning ishi va oldiha kelganni yemoq- hayvonning ishi “ 

  Bayt: 

Ko`p demak birla bo`lmagil nodon,  

Ko`p yemak birla bo’lmagil hayvon. 

Demak,  inson  har  qanday  sharoitda  ham  kerakli  so`zlarnigina  aytishi,  tiliga 

ortiqcha erk bermasligi lozim. (181) 

 


Download 471,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish