Birinchi sinfdan boshlab o‟quvchilarda nuqta, to‟g‟ri chiziq va egri chiziq,
to‟g‟ri chiziq kesmasi, siniq chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptiriladi. Ma‟lumki,
nuqta, to‟g‟ri chiziq tushunchalari maktab geometriya kursining ta‟riflanmaydigan
asosiy shunchalardan biridir. Nuqta, to‟g‟ri chiziq deb nimani aytiladi degan savollar
berilmaydi, lekin ular yuzasidan tasavvur beriladi. Masalan: qalam uchining
qog‟ozdagi izi, bo‟rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvur beradi. I sinf
o‟quvchilarida to‟g‟ri chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptirish ularning har xil
amaliy ishlarni bajarishlarida sodir bo‟ladi. Masalan: bo‟r surtilgan ipni, kanotni
tarang tortib turib qo‟yib yuborilsa, doskada to‟g‟ri chiziq bir qismining obrazi hosil
Masalan: qog‟oz varag‟ini buklash yo‟li bilan to‟g‟ri chiziq hosil qilish
mumkin, buklash chizig‟i to‟g‟ri chiziq bo‟ladi. Qog‟oz varag‟ini har xil yo‟nalishda
bukilganda ham natija bir xil bo‟lib, to‟g‟ri chiziq tasviri hosil bo‟ladi. Doskada
to‟g‟ri chiziq vaziyatini o‟zgartirish, ya‟ni uni gorizontal, vertikal va qiya holatda
chizish ham muhimdir. To‟g‟ri chiziq bilan bir vaqtda bolalarni egri chiziq bilan ham
tanishtiriladi. Agar tarang tortilgan ip doskada to‟g‟ri chiziq izini qoldirgan bo‟lsa,
shu ipni bo‟shatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur
beradi. O‟quvchilar atrof muhitdan egri chiziq va to‟g‟ri chiziqlarni izlash bo‟yicha
72
Masalan: sinf doskasining chekkalari, eshik, deraza, parta qirg‟oqlari to‟g‟ri
chiziq haqida tasavvurni bersa, sinf xonasidagi tuvak qirg‟oqlari, gul yaproqlari,
barglar, deraza, parda gullari egri chiziq tasavvurini beradi. Mashqlar bajarish
prosessida o‟quvchilar to‟g‟ri va egri chiziqlarning ba‟zi xossalari bilan tanishadilar.
Masalan: nuqtadan chiziqlar o‟tkazish bo‟yicha mashq qilish, bir nuqta orqali
istalgancha to‟g‟ri va egri chiziq o‟tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‟g‟ri
chiziq, istalgancha egri chiziq o‟tkazish mumkin degan xulosaga kelinadi. Kesma
bilan ham o‟quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to‟g‟ri chiziqqa ikkita nuqta qo‟yilsa,
to‟g‟ri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi to‟g‟ri chiziqning kesmasi
yoki kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar bilan belgilash mumkin.
Atrof-muhitdan to‟g‟ri chiziq kesmasini ko‟rsatishga doir mashqlar kesma haqidagi
tasavvurni mustahkamlaydi. O‟quvchilarni siniq chiziq bilan tanishtirishda bir bo‟lak
sim olinadi, uni bolalarning ko‟z oldida sindirib bir necha qismlarga ajratiladi. Men
simni, chiziqni, kesmani bir necha qismga sindirdim, yangi figura hosil bo‟ldi, buni
siniq yoki sindirilgan chiziq deb aytiladi. Siniq chiziq kesmalardani iborat bo‟ladi,
uni siniq chiziqning bo‟g‟inlari deyiladi. Siniq chiziqlar ochiq va yopiq bo‟lishi
mumkin. YOpiq siniq chiziqlar uchburchak, to‟rtburchaklarning chegaralaridir.
Masalan: uchta bo‟g‟indan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir
degan tushunchalar bolalarga o‟rgatiladi. SHundan keyin o‟quvchilarga siniq chiziq
uzunligini topish uchun uning har bir bo‟g‟ini uzunligini topish va topilgan sonlarni
qo‟yish kerakligi o‟rgatiladi. Siniq chiziq uzunligini topishga oid mashqlar
o‟quvchilarni ko‟pburchak perimetri tushunchasini idrok qilishga olib keladi.
2.
Ko‟pburchaklar bilan bolalar ham maktabgacha bo‟lgan yoshlaridayoq
o‟rganishgan. Bolalarda bu figuralar haqida tushunchalar asta-sekin boshlang‟ich
ta‟lim jarayonida va yuqori sinflarda shakllanib beradi. Dastlabki paytda birinchi
o‟nlik o‟rganilayotganda geometrik figuralardan didaktik material sifatida
foydalaniladi. Bolalar unga tayanchi holda sanashni, masalalarni echishni,
hisoblashni taqqoslashni va boshqalarni o‟rganadilar. Ayrim figuralar haqida
tasavvurlar almashtiriladi, ularning nomlari, doira kvadrat, uchburchak eslab kilinadi.
O‟qituvchning keyingi vazifasi o‟quvchilarning geometrik figuralar haqidagi
bilimlarini kengaytirish, ularni figura elementlarini ajrata olishga o‟rgatish,
figuralarni chizishga o‟rgatish, figuralarning ba‟zi xossalari bilan tanishtirishdan
iborat. O‟qituvchi qog‟ozdan qiyilgan har xil ko‟rinishdagi, har xil rangdagi va har
xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanish bolalarni uchburchak bilan tanishtiradi.
Tanishtirishni quyidagicha olib borish mumkin. Uchburchaklarni ko‟rsatib bular
uchburchaklardir. Ularning uchtadan uchi, tomoni va burchagi bor. Uchburchakni
uchi nuqtadan, tomoni esa kesmadan iborat. Uchburchakning burchagini ko‟rsatish
uchun uning bir burchagini uzib olish kerak. SHudan keyin bolalarni to‟rtburchaklar,
beshburchaklar, oltiburchaklar bilan tanishtirishda shu plan asosida ish bajariladi.
Figuralarni belgilarini ajratishga doir ikki va undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir
berilgan belgilari bo‟yicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda
figuralar modellaridan foydalanish mumkin.
Masalan:
1. To‟rtta tomoni va to‟rtta burchagi bo‟lgan figurani, beshta tomoni va
beshta burchagi bo‟lgan figurani ko‟rsating.