"ISYON VA ITOAT" ASARIDA QAHRAMONLAR HISSIY
KECHINMALARI
Rayxonova Maxfuza, Ibragimova Fazilat
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada "Isyon va itoat" asaridagi qahramonlarning
turli vaqtdagi
turlicha dunyoqarashini badiiy tahlili haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar:
Tabib, Tursunboy, Akbar, Diana, Larisa xola, isyon, itoat.
Аннотация.
В статье обсуждается художественный анализ различных мировоззрений
главных героев «Восстания и послушания» в разное время.
Ключевые слова:
Доктор, Турсунбой, Акбар, Диана, тетя Лариса,
восстание,
послушание.
Annotation.
This article discusses the artistic analysis of the different worldviews of the
protagonists in Rebellion and Obedience at different times.
Keywords:
Doctor, Tursunboy, Akbar, Diana, Aunt Larisa,
rebellion, obedience.
Kirish
Mustaqillikdan keyingi o'zbek romanchiligidagi katta muammolardan birini
istiqlol yillari, xalqning o'tish davri ziddiyatlari hamda unga nisbatan munosabati,
qiyinchiliklar oldida turgan odamlarning o'zini tutishi masalasidir. Bunday
romanlarining eng yorqin belgilarini Ulug'bek Hamdamning «Isyon va itoat»
asari
o'zida aks ettiradi. Asarda mustaqillik davri odamlarining turli qiyofadagi vakillari
o'zining badiiy timsolini namoyon etgan. Asar orqali mustaqillikdan keyingi davrda
yurtimizning ijtimoiy hayoti haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish mumkin. Yozuvchi
davrimiz hayoti
qiyofasini jonli chizib berish, odamlarimizning o'zlarini ko'zguga
solib ko'rishlari uchun imkon yaratilgan holda bugungi kun kitobxonini, zamonamiz
yoshlarini fikrida, ahdida sobitlik,
nafs qutqusining fojialari, odamiylik mezonlari,
me'yor masalalari haqida chuqurroq o'yga toldirish maqsadini ko'zlaydi. Ulug'bek
Hamdamning "Isyon va itoat" romani qahramoni - asar oxirida yoshi oltmishlarni
qoralab qolgan Akbar butun ongli hayot davomida - Nahotki inson hayoti hech
nimaga arzimasa? Degan savolga javob qidirib o'tdi. Adolatli hukm chiqaraman, deb
qasam ichgan hakamning yuzsizligi
tufayli kesilib ketishi, ozodlikka chiqqach ham
tushungan odamlar tomonidan kamsitilishi, oila boshlig'i bo'la turib, bir tishlam
go'shtga zor bolalarning ehtiyojini qondira olmayotganligi, rus mafiyasining zulmiga
chidash, tibbiyot professorining «grippga o'xshagan kasalliklarni
vaqti-vaqti bilan
kuchaytirish kerakligi, - o'shanda mo'rtroqlaru zaifroqlardan tozalanib turishlik,
shunda - dori-darmondan ancha-muncha pul ishlab olish mumkinligi» haqidagi
nazariyasi va boshqa qator-qator o'ylab
chiqarilmagan, hayotiy ziddiyatlar asar
qahramonining isyoniga sabab. Akbar ma'naviyatga intiladi, tinmay kitob mutolaa
qiladi, qalbida ma'rifiy inqilob yuz beradi. Insoniy qadr-qimmati
toptalgan fohisha
Dianani yangi, pokiza hayotga chorlaydi, himoyasiz kampir qo'shnisiga beminnat
g'amxo'rlik qiladi. Shu tariqa isyonkor qalb itoatga keladi [1].