Karimboyeva shohida +


III. Yangi mavzu bayoni va mustahkamlash



Download 300,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana13.04.2022
Hajmi300,34 Kb.
#548189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
yordamchi soz turkumlarini orgatish usullari

III. Yangi mavzu bayoni va mustahkamlash: Yangi mavzu: “Yordamchi 
so‘z turkumlari” ertak usulida tushuntiriladi. Ertak quyidagi shaklda bo‘lishi 
mumkin: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim o‘tgan zamonda Morfologiya degan 
bir mamlakat bor ekan. Unda yashovchi mustaqil so‘lar hukmdor ekan, yordamchi 
so‘zlar bo‘lsa qullar ekan. Mustaqil so‘zlar yordamchi so‘zlarga o‘z aytganini 
so‘zsiz qildirar ekan, bu holdan yordamchi so‘zlar norizo ekan. Bir kuni yordamchi 
so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama uyushishib o‘zaro maslahat qilishib, 
mustaqil so‘zlardan shikoyat qilishib, biz ularga ne uchun ergashishimiz kerak 
deyishib, bir-birining gapini ma’qullashib, mustaqil so‘zlar oldiga borib arzlarini 
aytishga qaror qilishib, yo‘lga ravona bo‘libdilar. Yo‘l bo‘yi o‘zlarini haq, mustaqil 
so‘zlarni nohaq bilib, ularni aybdor, o‘zlarini mansabdor qilishib podshoh huzuriga 


53
yetib boribdilar. Mustaqil so‘zlar darhol ular kelishining sababini so‘rabdi. Shunda 
yordamchi so‘zlardan ko‘makchi masalani birinchi bo‘lib boshlab beribdi: 

Podshohi olam ne sababdan bizni o‘zingizga tobe qilib qo‘yibsiz? 
Podshoh javob beribdi: “Men sizlarni tobe qilib olmadim, aksincha, 
o‘zlaringiz bizga ergashishni ma’qul ko‘rdingiz. Ko‘makchi bu javobni rad qilibdi. 
Shunda podshoh debdi: 

Qani, unda o‘zing anglatadigan ma’noni aytib ber? 
Ko‘makchi bunga hech narsa deyolmay qolibdi. Shunda bog‘lovchi 
ko‘makchiga nima uchun jim turibsan, o‘zingning atash ma’nongni bilmaysanmi, 
deb jerkib beribdi. Buni eshitib turgan podshoh bog‘lovchiga: u-ku bilmadi, qani 
sen o‘zing ayt-chi, deya unga yuzlanibdi. Bog‘lovchi tiliga so‘z kelmay men…, 
men…, deya duduqlanib qolibdi. Bu holni kuzatib turgan yuklama o‘zicha jasorat 
ko‘rsatib, podshohga shunday savol qo‘yibdi: 

Qani, o‘zingiz anglatadigan ma’noni aytib bering. 
Shunda Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, ravish, fe’l, olmosh birikib 
anglatadigan ma’nolarini birin-ketin aytib berishibdi.
O‘qituvchi: Qani, o‘quvchilar, mustaqil so‘zlardan ot so‘z turkumi nima 
degan bo‘lishi mumkin? 
O‘quvchi: Biz ot so‘zlari narsa-hodisaning nomini bildirib, kim? nima? 
qayer? so‘roqlariga javob bo‘lamiz va gapda ko‘p hollarda ega vazifasida 
qo‘llanamiz. 
Aytib bo‘lganlaridan so‘ng podshoh yordamchi so‘zlarga, qani uchalang 
birgalikda bitta hikmatli so‘z aytib bering, deya vazifa topshiribdi. Besh daqiqa 
o‘tibdi, o‘n daqiqa o‘tibdi, ulardan sado chiqmabdi. Shunda podshoh ularga qarata 
shunday javob qilibdi: Mana ko‘rdingizlarmi, men sizlarga atash ma’nongizni 
ayting dedim, aytmadingiz. Chunki anglatadigan atash ma’nongizning o‘zi yo‘q. 
Savollarimga javob talab qildim javob berolmadingiz, sabab umuman so‘roqqa 
javob bera olmaysiz. Bitta vazifani bajar dedim, mustaqil bajara olmadingiz


54
negaki biz belgilab bergan, boshlagan topshiriqlarni faqat bizlar bilangina bajara 
olasizlar, debdi va oxirida shunday xulosa qilibdi: Biz sizlarni o‘zimizga qaram 
bo‘lsa-da, o‘z panohimiz ostiga olgan edik. Endi sizlarning nonko‘rligingiz tufayli 
biz bu qarorimizdan voz kechdik va sizlarni Morfologiya mamlakatidan surgun 
qilishga ahd qildik. Bu ahvoldan yordamchi so‘zlar ko‘makchi, bog‘lovchi, 
yuklama qayg‘u chekishib mustaqil so‘zlardan kechirim so‘rabdilar va bu holni 
qayta takrorlanmaslikka va’da beramiz, deb dod-faryod qilibdilar. Podshoh shunda 
ham ularni kechirmabdi. Bu holni kuzatib turgan amaldor Sifat so‘z turkumi 
mustaqil va yordamchi so‘zlarga shunday sifat beribdi: Mustaqil so‘zlar siz 
o‘zlaringiz mustaqil fikr yuritib, berilgan so‘roqlarga javob berib, vazifani bajara 
olasiz, lekin o‘sha vazifani bajarishda yordamchi so‘zlar yordamiga muhtoj 
bo‘lasiz. 
Sizlarga bitta hikmatli gap aytaman. Hayot har doim o‘zining haq-u adolati 
bilan go‘zaldir, biroq buning aksi bo‘lsa-chi , shu darajada xunuk ko‘rinadi. Mana 
ko‘rdingizlarmi, “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”. Sizlar bir-biringizsiz yashay 
olmaysizlar. Shuning uchun ham Morfologiya mamlakatining So‘z turkumlari
poytaxtida birga yashashga majbursizlar va bundan quvonishingiz kerak, deb 
gapiga yakun yasabdi. Bu gaplardan mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar 
o‘zlarining qilgan xatolarini anglashib, bir-biriga qo‘l uzatib do‘stlashib olibdilar 
va hech qachon urushmaslikka so‘z beribdilar. 
154-mashqda berilgan matnni mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratib 
jadvalga joylashtirish sharti sinf taxtasida yozib bajariladi. 
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. Hunarsiz 
kishida xosiyat bo‘lmaydi. Mehnatdan, ilm-u hunar o‘rganishdan uzoqlashma. 
Mustaqil so‘zlar 
Yordamchi so‘zlar 


55
Mashqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar baholanadi. 
Yangi mavzu: “O‘yla, izla, top” o‘yinini bajartirish orqali mustahkamlanadi. 

Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish