Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
emas, faqat uzun, ingichka mo‘ylovi bor. Burgut burun. Ko‘zlari katta-katta. Ozariy tilda 
gapirdi, so‘zlarining hammasiga tushundim. Shialarning imomlari Bibi Fotimaning 
avlodlari bo‘lgan emasmi, shuning uchun ular ayol zotini juda hurmat qilar ekanlar. Men 
buni yo‘lda ham ko‘p sezdim. 
— Lekin o‘zimizda ham ilgari ayollarga ehtirom kuchli bo‘lgan, — dedi Bobur.— 
Samarqandda Bibi Xonim nomli madrasa qurilgan, Tuman oqa maqbarasi bor. Hirotda 
Gavharshod begim madrasasi mashhur. 
— Bilmadim, u zamonlarda ulug‘ ayollar ko‘p bo‘lganmi yoki ularning ilmu san’atga 
ishtiroklari katta bo‘lganmi? — dedi Mohim begim eriga qarab. — Hozir nechukdir undoq 
emas-da, hazratim? 
— Falakning gardishi ajib! — dedi Bobur. — Ayollarga munosabat hamisha ilmu san’-
atga munosabat bilan rost kelur. Ilmu san’at barq urgan davrlarda ayollarning hurmati 
ham baland. Chunki ilmu san’at ayollarning ishtiroki bilangina astoydil yuksalgan. 
Ma’naviy inqiroz davrlarida olimlaru san’atkorlar nechog‘lik xor bo‘lsa ayollar ham 
shunchalik kamsitilmishdir. 
— Siz aytgan shu inqiroz hozir Movarounnahrni chirmab olgan, hazratim! — dedi 
Xonzoda begim. — Ko‘chmanchi xonu sultonlar mamlakatning quruq gavdasini egallab 
olmishlar. Uning ruhi bilan ishlari yo‘q. O‘lgan odamning arvohini ranjitish adolatdan 
emas. Shayboniyxon parokanda bo‘lib yotgan o‘lkalarni birlashtirdi. Samarqandda o‘z 
nomiga madrasa qurdirdi. Ko‘hak* daryosining ustiga ko‘prik qurdirdi. Savob ishlari shu 
bo‘ldi. Lekin olimlaru san’atkorlarga muomalasi qandoq durusht bo‘lsa, ayollarga ham 
shundoq edi. Te-muriylar ayollarning nomiga madrasayu maqbaralar qurdirganini 
aytsangiz, g‘azabi kelur edi. Uningcha, Ulug‘bek ilmu san’atga berilib, dinu imonni 
unutgan emish, ayollarni taltaytirib, xalqning axloqini buzgan emish. Xon yozdirgan 
«Shayboniynoma», «Nusratnoma» degan kitoblarning birontasida birorta ayolning nomi 
tilga olingan emas. Shahzodayu sultonlarning onalari yoki xotinlari haqida so‘zlash zarur 
bo‘lib qolsa, «falonchining qizi», «falonchining xotini» deb, faqat otasi yoki erining 
nomini yozurlar. Chunki ayollarning nomini nomahramlar tilga olsalar gunoh bo‘lur 
emish! Hali bu— madrasa ko‘rgan ilmlik xonning davrida bo‘lgan ishlar. Hozir tirik 
qolganlarida shu ilm ham yo‘q. Faqat dag‘al bir kuchu bid’atu xurofot. Ilmu san’at ahli 
sultonlar zulmidan qochib, biri Xurosonga, biri Istambulga ketdi, biri Kobulga keldi. Endi 
butun umidimiz sizdan, Boburjon! Siz Movarounnahrning ulug‘ ruhini tiklarsiz, ilmu 
ma’rifat quyoshini yurtimizga qaytarib olib borursiz deb, yo‘lingizga ko‘z tikkanlar ko‘p! 
Bobur opasining aytganlari quruq gap emasligini bilardi. Shayboniyxon o‘lgandan keyin 
Samarqanddan, Buxorodan, Toshkentdan Boburga maxfiy xatlar va choparlar kelgan 
edi. Ko‘chmanchi sultonlar zulmidan bezgan odamlar Boburni tezroq yurtiga qaytishga 
chor-lar edilar. 
— O‘tgan hafta Andijondan xushxabar keldi, — dedi Bobur opasiga mamnun ko‘z 
tashlab.— Farg‘ona vodiysidagi barcha xayrixohlarimiz ko‘chmanchi sultonlarni quvib 
yuboribdir. Menga kitobot keldiki, «Qorategin orqali Andijonga tezroq yetib keling, ota 
yurtingiz sizga muntazir!» 
Xonzoda begim quvonch bilan: 
— Tangrimga ming qatla shukr! — dedi. 
— Hazratim bizni Kobuldan Qunduzga olib kelganlarining boyisi ham shuki, — dedi 
Mohim begim ovozini pasaytirib, — tezroq vatanlariga qaytmoqchilar! 
— Andijongami? — shivirladi Xonzoda begim inisiga.
Bobur o‘ychan kulimsirab bosh chayqadi — u Andijonga ishonchli bir kishisini 
yubormoqchi, o‘zi esa Hisor orqali Samarqandga yurish qilmoqchi edi. Lekin Bobur 
o‘zining bu niyatini tarix sahnasida paydo bo‘lgan yangi bir kuch — Shoh Ismoil bilan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish