Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
oliy tabaqa ayollari «g‘alvira» deb ot qo‘ygan sho‘x bir qiliq qiladi. Bu bilan u ellik olti 
yoshlik xonni qoyil qilmoqchi, balki uning ilhomini oshirmoqchi bo‘ladi. Biroq ko‘p marta 
uylangan, qancha qiz-juvonlar bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan xon umrida bunday 
qiliqlarni ko‘rmagan ekan. U avval sarosimaga tushadi, keyin Qorako‘z begimning 
avvalgi yosh erini eslaydi. Begim bunday qiliqlarni avvalgi eriga ham qilganlarini ko‘z 
oldiga keltiradi-yu, hafsalasi birdan pir bo‘ladi va so‘kinib o‘rnidan turib ketadi. 
Begim bu sho‘xlikni xonga yoqish uchungina qilganini, Hirot asilzodalari orasida bu joiz 
ekanini kanizlar haram bekasiga tushuntirdilar. Begimga rahmi kelgan haram bekasi 
xonning oldiga chiqib, uni jahlidan tushirishga tirishdi: 
— Hazratim, ayb faqat bu begimda emas! Ayb unga shu qiliqni o‘rgatganlarda! Hirotda 
behayolar ko‘p ekan. 
— Bu shahar — dindan qaytgan rofiziylar* uyasi!— dedi xon ham endi g‘azabini boshqa 
tomonga yo‘naltirib. — Bu juvonning qaynonasi Xadicha begim — bezbetlarning eng 
kattasi! Eng avval o‘shani tutib jazosini berish kerak. 
Shayboniyxon xobgohga qaytib kirmadi. Qorako‘z begimni tavfiq va hayo yo‘liga 
qaytarishni haram bekasi bilan habash qullarga topshirdi-yu, o‘zi borgohga joy soldirib 
yotdi. Ammo tong otguncha uxlay olmadi. 
Ertalab azonda borgohdan hirgohga o‘tdi-yu, lashkarboshilardan Ubaydulla Sultonni, 
mulozimlardan Muhammad Solihni, mavlono Binoiyni va Mansur baxshini chaqirtirdi. 
Eng avval jiyani Ubaydulla Sultonni so‘roqqa tutdi: 
— Ixtiyoriddin qal’asi olindimi, yo‘qmi? 
— Xon hazratlari, bugun-erta oling‘usidir! 
— Bitta buzuq xotin bekitib yotgan qal’ani shuncha lashkar bilan haligacha ololmaysan! 
Yo o‘zim borib olaymi? 
Xonga kechasi bir balo bo‘lganini hamma sezdi. Yigirma yoshli devqomat Ubaydulla 
Sulton ulkan gavdasini egib, xonga ikki bukilib ta’zim qildi: 
— Hazratim, qal’ani shu bugun olamiz. Hozir men o‘zim borib hamla qilamen! 
— Hamla qilamen deb, lashkaring dehqonlarning ekinini toptab ketibdi. Biz Hirotga 
mehmon bo‘lib kelganimiz yo‘q. Dehqonning hosili o‘zimizga kerak! Bog‘larni ham ot 
bosmasin! Mevasini o‘zing yeysan! Sen temuriyzodalarning urug‘ini qurit! O‘shalarga 
xizmat qilib quturgan shialarni bos! 
— Barcha aytganlaringizni bajo keltiramiz, hazratim! 
Ubaydulla Sulton ketishga chog‘landi. Shunda Shayboniyxon: 
— Agar qal’ani bugun oladigan bo‘lsang, Mansur baxshini ham olib ket! — dedi. — Bu 
baxshi yana bo‘ydoq yuribdi. Bunga xotin chidamaydi. Xadicha begim shunga o‘xshagan 
zo‘r bir er topolmay yurgan emish. Qal’a-ni olsang, o‘sha xotinni Mansur baxshiga 
nikohlab berasan! 
Semirib, avvalgidan battar yo‘g‘onlashib ketgan o‘tovday katta Mansur baxshi: 
— Aynalayin sizdan, xon hazratlari! — dedi. — Samarqandda nikohlab bergan Zuhra 
begimingiz o‘lgandan beri so‘qqaboshlik jonimga tegib yurgan edi! 
— Lekin sen baxshi hadeb nafsingni o‘ylay berma!— dedi xon. — Hirotning eng katta 
boyliklari Xadicha begimning qo‘lida. Menga axboroti kelgan, bu xotin oltindan gul 
yasatgan emish, barglari zumraddan emish. Gulga qo‘nib turgan bulbulning og‘zida 
gavhari bor emish. 
— Xon hazratlari, bunisini men sizga toptirib beraman! — dedi Mansur baxshi. — 
Xazinasi ham sizniki! Menga o‘zi bo‘lsa bas! 
Bu sho‘x gaplardan keyin Shayboniyxonning chehrasi sal ochildi-yu, Ubaydulla Sulton 
bilan Mansur baxshiga ketish uchun ruxsat berdi. Muhammad Solih bilan mavlono Binoiy 
xon qarshisida hamon qo‘l qovushtirib, oyoq ustida sukut saqlab turishardi. Qizil kimxob 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish