Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
qolganda ko‘rdilaru shosha-pisha ta’zimga chiqdilar. Mirzo otini to‘xtatdi. Orqadagi 
mulozimlardan ikkitasi — rikobdor* bilan jilovdor tez otdan tushdilar. Biri Mirzo mingan 
qora qashqa otning oltin jilovidan, ikkinchisi kumush uzangisidan tutdi. Mirzo kattagina 
qorin qo‘ygan semiz odam edi, otdan ehtiyot bilan sekin tushdi. 
Marg‘ilon va Qo‘qonga uchadigan maxsus kabutarlar keltirildi. Naycha qilingan qisqa 
xatlar ularning qanotlari tagiga mahkamlandi. Umarshayx mirzo kabutarlarni o‘z qo‘li 
bilan uchirishni yaxshi ko‘rar edi. U havorang chiniy kabutarni qo‘liga olib, yog‘och zina 
bilan kabutarxonaning tomiga chiqdi. 
Tomdan atrof juda yaxshi ko‘rinar edi. Uzoqdagi tog‘ ortidan quyosh jimgina ko‘tarilib 
kelar, pastda shovullayotgan daryoning to‘lqinlari nafis jilolanib turar, g‘ir-g‘ir esayotgan 
ertalabki shabada ipakday mayin tuyular edi. Umarshayx mirzo tom tepasida turib, o‘zi 
mustahkamlatgan va poytaxtga aylantirgan Axsiga ko‘z yugurtirib chiqdi. Qo‘rg‘onning 
qo‘l yetmas balandlikka qurilganidan va atrofi chuqur o‘ngirlar bilan ihota qilinganidan 
alohida bir mamnuniyat sezdi. «Hali bu jarlarga qanchadan-qancha yog‘iylarim 
qulagay», degan o‘y ko‘nglini shod qildi. 
Biroq bu bahaybat o‘ngirlar oyoq ostidagi zaminni ichdan hilviratib qo‘yganini, 
kabutarxona ortidagi jarning tagini suv o‘yib ketganini, yer o‘pirilgudek bo‘lib turganini 
Mirzo ham, uning atrofidagi mulozimlar ham mutlaqo sezmas edilar. Tuprog‘i to‘kilib, 
qulashga bahona topolmay turgan jarning qa’rida xatarli bir sharpa borligini hozir faqat 
kabutarlar sezayotgan bo‘lsa ehtimol. Chiroyli to‘rlar va ozoda kataklar ichida o‘tirgan bu 
jonivorlar bugun kechasi negadir juda bezovtalanib, patir-patir qilib chiqishdi. Hozir ham 
ular don-suvga qaramay, nuqul tashqariga intilishar, katak chi-viqlarini asabiy cho‘qishar 
edi. Kabutarbonlar buning sababini tushunmay hayron edilar. 
Faqat Umarshayx mirzoning qo‘lidagi chiniy kabutar katakdagi xatardan qutulganday 
osoyishta bo‘lib qolgan edi. Hozir butun olam Umarshayx mirzoga mana shu kabutarday 
ma’sum va osuda tuyuldi. U tom o‘rtasiga borib, kabutarning mayin qanotini yuziga 
bosdi. Uni uchirishdan oldin: 
— Marg‘ilonga uch, qanotli choparim! — deb shivirladi.
Tagidan nurab turgan jar shu asnoda birdan o‘pirildi. 
Kabutarlar qo‘nadigan ayri yog‘och «shaq» etib pastga uchib ketdi. Odamlar nima 
bo‘layotganini tushunib ulgurmaslaridan kabutarxonaning narigi devori jar bilan birga 
o‘ngirga qulab, tomni ham tortib ketdi. Tomning o‘rtasida turgan Umarshayx mirzo 
chang-to‘zon ichida qattiq bir chayqaldi-yu, gandiraklab yiqildi. Uning jon achchig‘i bilan 
qichqirgani vahimali qarsillash va gursillashlarga qo‘shilib eshitildi. U yiqilib 
tushayotganda qo‘lidagi kabutarni qo‘yib yuborgan edi. Chiniy kabutar chang-to‘zon 
orasidan yulqinib chiqib, osmonga qarab otildi. Mirzoning o‘zi esa tom yog‘ochlariga, 
somon su-voqlariga, jar tuproqlariga aralashib, uch terak bo‘yi pastga qulab ketdi. 
Mirzoning ketidan tomga endi chiqqan kabutarbon zinapoyadan o‘zini yerga otdi. 
Mulozimlar va qo‘rchilar kutilmagan falokatdan vahimaga tushib orqaga qochdilar. Otlar 
hurkib, no‘xtalarini uzgudek siltanishar va kishnashardi. 
Hazrati oliyni xavf-xatardan asraymiz, deb yurgan qo‘rchilar avval nima bo‘lganini 
fahmlay olmay esankirab qoldilar. Keyin ular jar o‘pirilganini fahmladilar, lekin Mirzoning 
oldiga tezda yetib bora olmadilar. Chunki bosh aylanadigan balandlikdan pastga tushib 
bo‘lmas, nurab turgan jarning labiga odam borsa yana o‘pirilishi mumkin edi. Qo‘rchilar 
va mulozimlar qal’adan ot choptirib chiqib, Mirzo qulab ketgan jar etagiga yetib 
borgunlaricha, so‘ng uyilib yotgan tuproq, kesak va yog‘ochlar orasidan uni topib, kavlab 
olgunlaricha o‘n jonidan biri ham qolmagan edi. 
Uning jasadini arkka kiritib yuvdilar. Majaqlanib, tanib bo‘lmas holatga kelgan yuzini oq 
shohi bilan yopib qo‘ydilar. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish