Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
«Zafarnoma»sini qo‘liga olib varaqladi. 
Bu kitobning muqaddimasida Shomiyning Amir Temurdan qanday topshiriq olgani hikoya 
qilingan edi. Sohibqiron jangnomalar va tarix kitoblarida ko‘p uchraydigan hashamdor 
takalluflarni suymas ekanlar, ortiqcha lof urishlar, mubolag‘alar ichida haqiqat yo‘qolib 
ketishini, dabdabali uslub chindan sodir bo‘lgan voqealarning ma’no va mohiyatini 
odamlardan to‘sib qo‘yishini aytgan ekanlar. «Shuning uchun siz bor haqiqatni aniq 
ravon qilib yozing, toki uning ma’nosini avom xalq ham anglagay, xos kishilar ham 
maqbul ko‘rgay», — deb sohibqiron Shomiyga maxsus tayinlagan ekanlar. 
Afsuski, Shomiy bu topshiriqni to‘liq uddalay olmagan ekan. Amir Temur uning 
«Zafarnoma»sini o‘qiganda qanoatlanmaganini Bobur onasi in’om qilgan sandiqdagi 
boshqa qo‘lyozma manbalardan bildi. Ehtimol, shundan so‘ng Amir Temurning ko‘rgan-
kechirganlari va yaratgan tuzuklari uning o‘z tilidan aniq, iliq va ravon uslubda bayon 
etilgandir? 
Hozir Boburning diliga eng yaqin uslub mana shu edi. U xotira yozishda ham sohibqiron 
bobokalonidan saboqlar olar, boshidan kechirgan barcha hodisalarni, yutuq va xatolarini 
eng ishongan sirdoshiga aytib dardlashgan kabi samimiyat bilan qalam tebratardi. Faqat 
uning endigi sirdoshi — o‘ziyu mana shu daftari edi. «Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror 
topmadim!» deb g‘azal bitgan Bobur endi barcha ko‘rgan-kechirganlarini mana shu 
mahramiga roz aytganga o‘xshab xotira yozardi. 
Bu rozlar orasida faqat jabru jafolar emas, yodga tushganda ko‘ngilni ko‘taradigan 
voqealar ham yo‘q emas edi. Boshiga tushgan ko‘rguliklar Boburni nihoyatda 
chiniqtirgan, goho yalang oyoq qor kechib yurar, ammo shamollash nimaligini bilmas 
edi. Shu haqdagi bir lavhani daftariga yozib qo‘ydi: 
«Xashtiyak kenti yaqinida mahkam zarb sovuq edikim, ikki-uch kishi sovuqning 
shiddatidan o‘lub edi. Manga g‘uslga ehtiyoj bo‘ldi. Bir ariq suvidakim chekkalari qalin 
muz to‘ng‘ib edi, o‘rtasi suvning tezligidan yax bog‘lamaydur edi, bu suvga kirib g‘usl 
qildim, o‘n olti qatla suvga cho‘mdim». 
O‘shandagi sovuqning ta’siri yodiga tushib, eti yana bir junjikdi, lekin o‘n olti marta muz 
orasiga cho‘mgan bo‘lsa ham, sog‘-salomat qolgani — vujudida qanchalik pahlavonona 
kuch-quvvat yig‘ilganidan dalolat berishini o‘ylab suyunib qo‘ydi. 
Ammo shundan keyingi voqealarni qalamga olganda Ahmad Tanbalga in’om qilgan 
bag‘dodiy qilichi aylanib kelib Boburning joniga qasd qilgani ko‘z oldida tahlikali tarzda 
gavdalandi. 
O‘sha yili Bobur Ahmad Tanbal bilan qaytadan jangga kirishib, O‘sh va O‘zganni qo‘lga 
kiritgan, Andijon yaqinida uning askarlariga shikast yetkazib, qo‘rg‘on ichiga chekinishga 
majbur qilgan edi. 
Biroq kechasi Bobur qorovullikka tayin etgan nav-karlar beparvolik qilib uxlab qolganmi 
yoki tunda Tanbal bilan yashiriqcha til biriktirganmi, har qalay, tong qorong‘isida kimdir 
«Yog‘iy bosdi!» deb qichqirdi-da, ura qochdi. Xakan arig‘i yaqinida ochiq joyda uxlab 
yotgan odamlar cho‘chib uyg‘onishdi-yu, vahima ichida tum-taraqay bo‘lib ketishdi. 
Bobur tez otga minib, yoni-veriga qarasa, o‘ntacha odami qolibdi. Nariroqda yovning 
jangdovullari qochganlarning ketidan o‘q otyapti: 
— To‘xta! Qaytinglar! — deb qichqirdi Bobur o‘z odamlariga. Ammo hech kim qaytmadi. 
Yov jangdovullari ozdek ko‘rindi. Bobur yoydan ularga qarab o‘q otdi. Jangdovullar 
qochdi. Bobur ularni quvish bilan bo‘lib, daraxtlar orasidan chiqib kelgan yuzga yaqin 
otliqlarni ancha kech ko‘rdi. 
Tong yorishib qolgan edi. Hammadan oldinda qo‘lida qalqon tutgan, qilich 
yalang‘ochlagan Ahmad Tanbal kelmoqda edi. 
Bobur uni tanigach, otining jilovini tortib, yon-veriga qaradi. U bilan faqat Tohir va yana 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish