Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
Mahmudxonning suyukli xotini Roziya Sulton singlisiga o‘zi turgan qasrdan joy berib, uni 
eng yaxshi tabiblarga qaratgan va yaxshi parvarish qilib, oyoqqa turg‘izgan edi. 
Bobur shuning hurmatini qilib, avval Roziya Sulton begim huzuriga kirdi. Oyisha 
begimga qilgan parvarishlari uchun qaynegachisiga minnatdorchilik bildirdi-yu, endi 
xotinini O‘ratepaga olib ketmoqchi ekanini aytdi. Laqabi «Qorako‘z begim» bo‘lgan o‘ttiz 
yoshlardagi bu chiroyli juvon shahlo ko‘zlaridan uchqunlar sochib: 
— Amirzodam, Oyisha begim sargardonlikdan to‘ygan, endi uni chekka joyga 
yubormagaymiz! — dedi. 
— Taqdirimizda bori shu bo‘lsa, nachora, hazrat begim? 
— Meni ma’zur tuting, amirzodam, ammo har kimning taqdiri o‘z peshonasiga bitilur. 
— Biroq... kemaga tushganning joni bir bo‘lmasmi? 
— «Jonimiz bir» deb bechora singlimga shuncha azob berganlaringiz yetar. Ozib cho‘p 
bo‘lib keldi. Endi sog‘ayganda yana sarsonlik, yana lomakonlik! 
Bobur bugun mayda-chuyda behurmatliklarga bardosh berishni zimmasiga olib kelgan 
bo‘lsa ham, lekin xonning boyagi kinoyalari ustiga qaynegachisining bu beandisha 
gaplari qo‘shilib, jon-jonidan o‘tib ketdi. 
— Hazrat begim, maqsadingizni ochiq ayting — endi singlingizni mendan ajratib 
olmoqchimisiz?! 
— Men undoq deganim yo‘q! Siz ham sargardonlikni bas qiling, amirzodam. Endi 
Toshkentda muqim turing! 
Bobur: «Sizga sig‘indi bo‘libmi?» degisi keldi-yu, lekin yana o‘zini bosib: 
— Taklifingiz uchun tashakkur! — dedi va xayrlashib chiqib ketdi. O‘sha kuni oqshom u 
Oyisha begim bilan yolg‘iz qolganda Roziya Sulton begimning gaplaridan norozi 
bo‘lganini aytdi: 
— To‘n ilig‘ini egasi bilur, deydilar. Roziya Sulton begim bizni o‘zimizchalik bilmasalar 
kerak. Ko‘p aralashmasalar yaxshi bo‘lur edi. 
— Ammo men egachimga hamma gapni aytib berganmen, Mirzam. 
— Er-xotinning hech kimga aytmaydigan sirlari bo‘lmagaymi? 
Oyisha begimning ilgarigi uyatchanliklari endi qayoqqadir yo‘qolgandi. U ham opasiga 
o‘xshab, Boburga tik gapirdi: 
— Mening egachimdan yashiradigan sirim yo‘q, Mirzam! 
Bir vaqtlar Boburni ulug‘lab, «hazratim» deydigan Oyisha begim endi xonga o‘xshab, 
balandroqdan kelib, «mirzam» deyishi ham g‘alati edi. 
Bobur kinoya bilan so‘radi: 
— Demak, endi sizga men kerak emasmen, faqat egachingiz kerak? 
— Nechun unday deysiz? Men hali ham sizning nikohingizdamen! 
— Unday bo‘lsa, men sizni bu yerdan olib keturmen. Safar tayyorgarligini ko‘ring! 
Yo‘l azobiga chidami yo‘q Oyisha begim ozorlanib so‘radi: 
— Yana O‘ratepagami? Men o‘sha yo‘llarni eslasam, ko‘nglim behuzur bo‘ladir. Hazratim, 
mening jonimni yo‘l oldi! Samarqandga bejon bo‘lib bormasam edim, jigarporam o‘lmas 
edi. Mana hozir bir yoshga kirib tetapoya bo‘lib yurib ketur edi! 
Oyisha begim go‘dak o‘lgan qizalog‘ini eslab, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. O‘shandagi 
o‘limning sovuq nafasi Boburning ham yuziga tegib o‘tganday eti uvushdi. 
— Ajalga davo yo‘q ekan, begim. Lekin undan berida bir boshga necha qayta oftob 
tegib, necha marta kulfat tushar ekan. Yosh bo‘lsak ham buni ko‘p ko‘rdik. O‘lmasak, 
hali yana yorug‘ kunlarga yetishurmiz, farzandlik ham bo‘lurmiz. Shu mushkul damlarda 
bir-birimizni tark etmaylik. Men bilan birga yuring. 
— Birga yurgan paytlarimda siz menga qaradingizmi, Mirzam? Hamisha saltanat 
tashvishiyu urush-yurishlar... Men sizni deb shuncha sargardon bo‘ldim. Siz meni oylar 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish