GLOBALLASHUV DAVRIDA AXBOROT OQIMLARINI
BOSHQARISH VA UNING YOSHLARGA ZARARLI TA’SIRLARINI
CHEGARALASH MASALALARI
Muxammadjonov Xojiakbar Zafarjon o‘g‘li,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Axborot xavfsizligini
boshqarish” mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi globallashayotgan bir davrda yoshlarning
internet tarmog‘ida ma’lumotga ega bo‘lishda turli xil ma’lumotlarni tahlil qilib,
ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi. Shu bilan bir qatorda,
olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi
texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham
ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, internetdan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini
yoshlar tashkil etadi. Shu sababli ushbu maqolada asosiy mazmun yoshlarni
internetdan to‘g‘ri foydalanish masalasiga qaratilga.
Kalit so‘zlar: shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish, Onlayn o‘yinlar, Zararli dasturlar,
axborotlarniNg ta’siri, AKT, tahdid, Google hisobidagi imkoniyatlar, Family link.
Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish -
bu internet tarmog‘i
foydalanuvchilarining (bolalar va o‘smirlar) o‘ta ishonuvchanligi va ochiqligi
344
bois sodir bo‘ladi. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish
paytida, onlayn xaridlar qilayotganda, chat va forumlarda anketalarni to‘ldirish
chog‘ida kuzatiladi. Shaxsiy ma’lumotlar to‘plami yovuz niyatli kishilar uchun
juda qulay o‘lja bo‘lib, bundan ular o‘zlarining g‘arazli va noqonuniy
maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy
tarmoqlardagi akkauntlar (sahifalar) shaxsiy ma’lumotlar yo‘qoladigan asosiy
joy bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p sonli yosh foydalanuvchilar o‘z akkauntlarida erkin
foydalanish uchun barcha ma’lumotlarni, ya’ni tug‘ilgan kuni va ismini (telefon
raqami, maktabi, yashash manzili, qaysi joylarda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini,
kayfiyati va xarakterini yozishni xush ko‘radi), shu jumladan, katta hajmda
fotosuratlarni ham joylashtiradi.
Onlayn o‘yinlar haqiqatan ham qiziqarli, ularning yaratuvchilari bolalar
o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari uchun barcha choralarni
ko‘rib qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda ma’lum bosqichlardan o‘tish
va o‘yin qahramonlarini takomillashtirib borish uchun ko‘p vaqt talab etiladi va
bu jihatlar, o‘z navbatida bolalarning o‘yin jarayonida uzoq vaqt qolib
ketishlarini ta’minlaydi. O‘spirinlar o‘zlarini namoyon qilishga ehtiyoj
sezganlari bois, bunday imkoniyatni aynan ana shunday onlayn o‘yinlardan
axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram
bo‘lib qolishiga olib keladi. O‘yinlarga qaram bo‘lib qolib, ko‘p bolalar
ovqatlanish, dars tayyorlashni unutib, uyqusizlikka ham duchor bo‘ladilar.
Zararli dasturlar (viruslar, spamlar, josuslik dasturlari, fishinglar) orqali
dasturiy mahsulotlarni shikastlash. Firibgarlar aksariyat hollarda yosh
foydalanuvchilarning ishonuvchanlik va turli xil hujumlar haqida bexabarligidan
foydalanib, ularning kompyuteriga o‘zlarining zararli dasturlarini kiritishga
erishidilar. Shu bois, notanish havolalarga o‘tish, noma’lum saytlardan dasturlar
va multimedia fayllarni yuklab olish, notanish «do‘stlar»dan kelgan xatlarni
o‘qish, o‘z navbatida, kompyuterni virus bilan zararlanishi kabi salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda
qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish
mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab
chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish
so‘raladi.
Hozirgi globllashuv jarayondagi axborotlashgan makonda yoshlar ongiga
axborotlarnig ta’siri quyidagicha:
345
-
Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan
behayolik, ma’naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid;
-
Ta’lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidi yoshlarning xulq
atvori va ro‘yxatiga ta’siri;
-
Ta’lim-tarbiya jarayonida salbiy axborotlar tahdidini bartaraf etish va
himoyalash modellari.
Shu bilan birgalikda tashqi axborotlarni aqliy rivojlanishga salbiy ta’sirlari
ham bir qancha:
-
Internet texnologiyalarining aqliy rivojlanish va bilim qobiliyatining
о‘zgarishiga ta’siri;
-
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish statistikasi;
-
Salbiy oqibatli tashqi axborotlarni potensial ta’sirlari;
-
O‘qish qobiliyatining pasayishi;
-
Analitik fikrlashning yuqolishi;
-
Xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatish;
-
Axborotni tahlil qilishning sekinlashishi;
-
Diqqatni jamlay olmaslik.
Axborotni muntazam qabul qilish jarayonida inson miya faoliyatida ham
salbiy ta’sirlar ko‘rsatish xavfi yuqori, xususan, bu yoshlarda judayam ko‘p
kuzatiladi. Ularni quyida keltirib o‘tamiz:
-
Diqqatni jamlay olmaslik kasalliklari;
-
Texno stress;
-
Qaror qabul qilish qobiliyatining pasayishi;
-
Nazoratni yo‘qotish hissi;
-
Ma'lumotni tanlashda xato va kamchiliklar;
-
Ishdan qoniqish darajasi pasaygan.
Bugungi globallashuv jarayonida salbiy axborotlardan yoshlarni himoya
qilish tizimi ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Ota-ona nazorati bu
masalada alohida ahamiyat kasb etadi. Salbiy axborotga qarshi immunitetga ega
bo‘lmagan internet foydalanuvchilarnig asosini yoshlar tashkil qiladi. Bu esa o‘z
– o‘zidan kelib chiqadiki, ota-onalar o‘z farzandlarini axborotlarni qabul qilish
manbalarini nazorat qilib turishi lozim. Salbiy oqibatli tashqi axborotlardan
346
himoyalash tizimlari, modellari alohida ahamiyat kasb etishiga shubha yo‘q.
Salbiy oqibatli axborotlardan yoshlar ongini himoyalash model va tahlili asosida
bir qancha ish jarayonlar nazarda tutilgan.
Yuqorida keltirilgan model asosida salbiy axborotlar oqimni bir qancha
bartaraf qilish nazarda tutilganligini hisobga olsak, to‘rt asosiy bo‘limga
ajratilingan, ya’ni model bo‘yicha bog‘liq holda bajariladigan ish jarayonlari.
Xavf va zararni kamaytirish maqsadida axborot-profilaktik kompaniyalarini
ochish, internetdan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotni oshirish ishlari nazarda
tutilgan. Yordam xizmatlarini ko‘rsatish ham alohida ahamiyat kasb etishini
inobatga olib bir qancha tashkil qilinishi mumkin ishlar ko‘zda tutilishi
keltirilgan, ya’ni servis va ijtimoiy xizmatlarni kuchaytirish nazarda tutilib
o‘tilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy darajadiga, ya’ni hukumat dorasida
harakatlar amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlarni ham alohida nazarda tutish
lozim, ya’ni zararli internetdan foydalanish muammosini hal qilish uchun
hukumat bo‘linmalari tuzish nazarda tutilishi lozim. Salbiy axborotlardan
yoshlarni himoyalash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish ham ushbu masalaga
sezilarli ta’sir ko‘rsatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, internetdan
foydalanish va samarali choralari ta’sirlari bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar olib
borilishi nazarda tutib o‘tilmoqda.
Farzandlarimiz Google hisobidagi imkoniyatlar biznikidan farq qilmaydi va
u shaxsiy hisobi orqali Google mahsulotlari va xizmatlari, jumladan, bolalar
uchun m
о
‘ljallanmagan xizmatlarga kira oladi. Family link ilovasidan
foydalanish orqali ota-onalar farzandlarini internet va ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish jarayonini bevosita boshqara oladilar va farzandlarini qayerda
ekanliklarini kuzata oladilar. Family link imkoniyatlari anchagina foydali
hisoblanadi. Uning imkoniyatlari bir qancha hisoblanadi, jumladan, farzandlar
uchun raqamli gadjetlardan foydalanish tartib-qoidlarini belgilaydi, qurilmadan
foydalanish vaqtini belgilaydi, ilovalardan foydalanishga ruhsat berish yoki
ularni bloklash ishlarni amalga oshira oladi, farzandning qurilma joylashuvini
bir zumda aniqlaydi.
Bugungi kunda yoshlar asosiy vaqtlarini internet va ijtimoiy tarmoqlarda
o‘tkazishmoqda, bu esa yoshlarimizga moddiy va ma’naviy zarar yetkazmoqda.
Salbiy oqibatli tashqi axborotlarni yoshlar ongiga ta’siridan himoyalashda ishlab
chiqilgan modellar va dasturlar yoshlarni to‘laligicha himoya qila olmaydi,
chunki internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
online o‘yinlar, online qimor o‘yinlari, pornografik saytlar va reklamalar juda
ko‘p uchraydi.
347
Do'stlaringiz bilan baham: |