Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

 
 
 
 
 
 
 
 
340 


KIBERMAKONDA YOSH AVLODNI SALBIY AXBOROTLARDAN 
HIMOYALASH TIZIMLARI 
 
Kurganbayev Jasurbek Ikromjon o‘g‘li, 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Axborot xavsizligini boshqarish” 
yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi globallashayotgan bir davrda yoshlarning 
internet tarmog‘ida ma’lumotga ega bo‘lishda turli xil ma’lumotlarni tahlil qilib, 
ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi. Shu bilan bir qatorda, 
olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi 
texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham 
ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 
yoshlar tashkil etadi. 
Kalit so‘zlar: xavf-xatar, AKT, tahdid, tahlikalar, kontent xavfi, kommunikatsion 
xavf, texnik xavf. 
Dunyo bo‘ylab shiddat bilan o‘tayotgan axborot asrining globallashuv 
jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda 
mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida 
tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur 
masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Yurtimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga 
yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va 
Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarasini oshirish 
omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Dunyoda shiddat bilan taraqqiy 
etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish 
yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga 
imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan 
hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, bizning yosh avlod o‘z 
intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun 
ularga shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib 
yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil 
etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. 
Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, pedagoglar va boshqalar 
tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy 
ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, internetdan 
foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. 
341 


Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega 
axborotlardan himoya qilish, ularda internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri 
foydalanish madaniyatini shakllantirish, yurtimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, 
xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy 
yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida 
axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, 
tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli 
g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz 
foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. 
Hozirgi kunda internet tarmoqlarida ijobiy axborotlar bilan bir qatorda salbiy 
oqibatli axborotlar va o‘yinlar ham ko‘plab tarqatilmoqda. Internet va ijtimoiy 
tarmoqlarda har xil o‘yinlar, online qimor o‘yinlari, pornografik saytlar va 
ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlar 
tarqatilmoqda. Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari 
ko‘p axborot olishi va ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishlari ularning aqliy 
rivojlanishi, xotiraning pasayishiga, tarbiyasiga va ijtimoiy munosabatlarga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 
Bu borada vazifalarni amalga oshirishda “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar 
yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida” gi (2018-yil 22-oktabr 848-
son) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining Qarori ishlab chiqilgan. 
Ushbu qarorda voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab 
tayyorlangan bo‘lib, bolalarni internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va 
ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha qator amaliy 
tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qarorda voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 
yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) 
bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va 
tavsiyalar berilgan. 
Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki bola 
tarbiyaga oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam 
manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. 
Ayrim ota-onalar farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech 
qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni 
muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. 
Xavf-xatarlar - ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud: 
- Kontent xavfi - yosh avlodning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy 
ta’sir etuvchi (matnlar, tasvirlar, audio, video-fayllar, havolalar) noqonuniy, 
axloqsiz va zararli bo‘lgan turli axborotlarning (zo‘ravonlik, yovuzlik, 
hayosizlik, odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va millatlararo 
342 


nizolarni keltirib chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va 
psixotrop moddalar targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet 
tarmog‘ida doim mavjud; 
-Kommunikatsion xavf - Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish 
bo‘lmagan) shaxslar bilan muloqot jarayonida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi 
anonimlik va javobgarlikka tortilmaslikni anglash hissi ko‘p foydalanuvchilar 
tomonidan xaqorat, qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj qilish kabi 
holatlarga yo‘l ochadi. 
-Texnik xavf - zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi 
dasturlar), dasturiy mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar 
yoki shaxsga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik. 
Tahdidlar - mutaxassislar tomonidan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da 
bolalar duch keladigan va ularning ruhiyatiga so‘zsiz salbiy ta’sir etishi mumkin 
bo‘lgan tahdidlarning asosiy turlari tasniflanib berildi. Mazmunan zo‘ravonlik, 
yovuzlik, hayosizlik, axloqsizlik, internetdagi qimor o‘yinlar, narkotik moddalar 
to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy nafratlanishga oid sayt va materiallarga 
(foto, video, audio va bosma materiallar) oson kira olish imkoniyati. 
Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli shubhali 
forumlar vositasida muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish. 
Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, 
ya’ni nazorat qilinmaydigan jarayon internet orqali xarid qilish va onlayn 
o‘yinlarda nazoratsiz vaqt o‘tkazish. 
Tahlikalar - axborot xavfsizligi ekspertlari tomonidan 5 ta asosiy tahlika 
tasnifi belgilab berildi. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, bolalarga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Internetdan nazoratsiz foydalanish oqibatida ota-ona obro‘sining zaiflashuvi. 
Gohida ota-onalar «farzandim ulg‘aydi yoki bolam biror-bir mashg‘ulot bilan 
band bo‘lib, menga xalaqit bermasin», deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz 
qoldiradilar. Bunday holatlar bolalarning internetdan nazoratsiz foydalanishining 
birinchi qadami hisoblanib, oqibatda, bolalar o‘z ota-onalarini tinglamay, ularni 
aldash va mensimaslikni odat qilib olishadi. 
Hayotning ushbu murakkab davrida o‘spirin o‘zini ko‘rsatishi va jamiyatda 
o‘z o‘rnini egallash yo‘llarini izlaydi. Mustaqil bo‘lish kayfiyatiga ehtiyoj 
sezadi. Ushbu yo‘lda internet tarmoqlarida tarqalayotgan va targ‘ibot 
qilinayotgan aksilmadaniyat tizimi, xususan, «got», «emo» va boshqa 
submadaniyat oqimlari, diniy-ekstremistik oqimdagi mafkuralar hali shaxs 
sifatida barqaror shakllanib ulgurmagan yosh avlodga katta xavf tug‘dirmoqda. 
Bundan tashqari, tarmoqlarda odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, 
343 


tushkunlik, insoniyatga nafrat, jinoyat olamiga xos mazmundagi qo‘shiqlarni 
ham uchratish mumkin. Ayrim qo‘shiqlarda jamiyatga qarshi borish, qonunlarga 
hurmatsizlik, nizolar, jinoyat, suiqasd, narkotik moddalari iste’moli kabilar ham 
mavjud. Ularning ijobiy jihati mutlaqo bo‘lmagani bois, ularga ortiqcha ta’rifga 
hojat yo‘q. 
Ta’kidlash kerakki, onlayn muloqot o‘zining tabiati bilan jonli muloqotdan 
tubdan farq qiladi. Bu yerda mutlaqo o‘zgacha xulq me’yorlari, etika 
standartlari, farqli mezonlar amal qiladi. Forumlar, chatlar, hamjamiyatlarda 
noma’lum shaxslar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Anonimlik holati 
foydalanuvchilarga internetda real hayotda ayta olmaydigan fikrlar va harakatlar 
sodir qilishga izn beradi. Anonim muloqotlar haqorat, kiberbulling, kamsitish va 
xiralik qilish singari harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bolalarning xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtayi nazaridan 
qaralganda, farzandlarining internet orqali tanishuv masalalarini ota-onalar 
nazorat qilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun 
yoshlarni internet tarmog‘idan ongli va to‘g‘ri foydalanishga yo‘naltirish asosida 
katta mehnat yotadi. 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish